Telegram’ni o‘zbekchaga o‘girishda ko‘maklashing!

  •   DiMaX
  •  2055
  •  14.10.2019 10:11

Telegram’ni o‘zbekchaga o‘girishda ko‘maklashing!

Maxfiylikka katta ahamiyat berishi bilan tanilgan Telegram messenjeri ko‘p mamlakatlarda juda ommalashgan. Kompaniya mazkur servisini turli tillarga o‘girish uchun ochiq platforma tashkil etib qo‘ygani esa messenjerning lokallashuvida katta rol o‘ynamoqda.

O‘QING: Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

Telegram Support jamoasining ishtirokchisi tashkil etgan norasmiy Telegram Uzbekistan kanali barcha qiziquvchilarni messenjerni o‘zbek tiliga o‘girish bo‘yicha hamkorlikka chorlamoqda.

Buning uchun siz https://translations.telegram.org/uz havolasi orqali rasmiy va ochiq Tarjimalar platformasiga qo‘shilishingiz va interfeysning barcha qismlarining o‘zbek tilidagi tarjimalaringizni taklif qilishingiz lozim bo‘ladi.

Ingliz yoki rus tilidan o‘zbekchaga mukammal tarjima qila olasizmi? Unda o‘zbek tili paketi ommaga tezroq taqdim etilishi uchun platformada taklif etilayotgan tarjimalarni tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘ling.

Buning uchun ushbu yo‘riqnomani puxta o‘rganib chiqing va u yerda ko‘rsatilgan profilga murojat qiling.

Kuch birlikda! Telegram’da o‘zbek tilining rasman paydo bo‘lishi o‘z qo‘limizda!

Bu borada savollar tug‘ilsa, @Rustamov_Davronbek profiliga murojaat etishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!