Telegram’ning Android, iOS va desktop versiyasi yangilandi: videoqo‘ng‘iroq va boshqa imkoniyatlar!

  •   DiMaX
  •  2052
  •  15.08.2020 12:01

Telegram’ning Android, iOS va desktop versiyasi yangilandi: videoqo‘ng‘iroq va boshqa imkoniyatlar!

Android-qurilmalarga mo‘ljallangan Telegram kliyentida videoqo‘ng‘iroq funksiyasi qo‘shilgani haqida kuni kecha yozgan edik. Nihoyat, messenjerning Android-kliyenti yangilanib, bu imkoniyatni barcha foydalanuvchilarga taqdim etdi!

O‘QING: Telegram’da mana shu niklarni aslo ishlata ko‘rmang!

Videoqo‘ng‘iroq funksiyasini faollashtirish uchun messenjerni Telegram 7.0 talqinigacha yangilab olish lozim. Keyin esa kontaktlaridagi profilda kamera belgisini bosish kifoya, faqat suhbatdoshingizdagi Telegram ham bu funksiyani qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi.

Agar videokamera belgichasi ko‘rinmasa, dastlab oddiy ovozli qo‘ng‘iroq qilishingiz, keyin paydo bo‘lgan kamera belgichasini bosib, ovozli chatni videosuhbatga aylantirishingiz mumkin.

Telegram’dagi yangi funksiya muloqot mobaynida ovozli suhbatni videosuhbatga va aksincha aylantirish imkonini beradi. Shuningdek, videoqo‘ng‘iroq davomida uning oynasini kichraytirib burchakka taqab qo‘yib, boshqa chatlarda yozishish imkoni ham bor.

Yozishmalar va ovozli xabarlarda bo‘lgani kabi, Telegram videoqo‘ng‘iroqlarida ham shifrlash qo‘llangan. Kompaniya kelajakda bu messenjerga yangi funksiyalar, jumladan – guruhli videoqo‘ng‘iroq imkonini ham qo‘shmoqchi.

O‘QING: TOP-7: Telegram’ning siz bilmagan sirlari

Videoqo‘ng‘iroqlardan tashqari, Telegram’da yana 25 ta yangi animatsiyali emodzi ham joriy etilgan. Quyida keltirilgan emodzilardan istalgan birini alohida xabar tarzida jo‘natsangiz, uning jonlanishini ko‘rasiz:

Aytish kerakki, messenjerning Android hamda iOS kliyentlaridan tashqari, kompyuter va noutbuklarda ishlovchi Telegram Desktop dasturi ham videoqo‘ng‘iroq funksiyasi bilan yangilangan.

O‘QING: Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!