Telegram'ning navbatdagi yangilanishi shu yerda!

Telegram'ning navbatdagi yangilanishi shu yerda!

Bir necha oylik beta sinovlari va Apple'ning ikki haftalik ko'rib chiqish jarayonidan so'ng, vanihoyat, Telegram'ning navbatdagi yangilanishi chiqarildi. Quyida ushbu yangilanish nimalarni o'z ichiga olganligi bilan tanishamiz.

Topiklar (yoxud guruhlardagi mavzular)

Telegram guruhlari 100 minglab odamlarni o'z ichiga sig'dira oladi. Endilikda Telegram ushbu guruhlarda suhbatlashishni yanada osonroq qilish uchun topiklar, ya'ni guruhlar ichida kichik guruhlar ochish xususiyatini qo'shmoqda. Bunda 200 dan ortiq obunachilarga ega guruhlar topiklarni yoqishlari va turli mavzularda alohida "xona" ochishlari mumkin bo'ladi.

Topiklar xuddi mustaqil chatlardek ishlaydi, ya'ni ularda ulashilgan media va fayllar asosiy guruhda ulashilganlarga aralashib ketmaydi. Shuningdek, ular ham o'zining alohida bildirishnoma sozlamalariga ega va ularda ham so'rovnomalar yaratish, xabarlarni pin qilish yoki botlarni qo'shish mumkin.

Administratorlar o'zlarining Guruh Sozlamalari orqali topiklarni yoqishlari va kimlar topiklar yaratishlari/boshqarishlari mumkinligini belgilay olishadi.

Kolleksiyalanadigan yuzerneymlar

Navbatdagi Telegram yangilanishi bilan siz o'zingizning oddiy yuzerneymingiz yoniga Fragment platformasidan sotib olingan "kolleksiya qilsa bo'ladigan yuzerneym"larning bir nechtasini ham qo'shishingiz mumkin bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, siz bunday yuzerneymlarni guruh yoki kanalingizga ham ulashingiz mumkin. Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari ham oddiylari kabi Telegram global qidiruv natijalarida paydo bo'ladi va ular ham username.t.me va t.me/username kabi havolalarni ham qo'llab-quvvatlaydi. Xohlovchilar o'zlarining qo'shimcha yuzerneymlarini yo'qotmasdan ularni qidiruvlarda chiqmaydigan qilib o'chirib qo'yishlari ham mumkin. 

Oddiy yuzerneymlardan farqli o'laroq kolleksiyalanadigan yuzerneymlar 5 harfdan ham kam bo'lishi mumkin. Sotib olingan foydalanuvchi nomlari egalari ular ustida to'liq boshqaruvga ega bo'lishadi, ya'ni xohlasalar ularni qayta sotib yuborishlari ham mumkin bo'aldi.

Video xabarlarda ovozni matnga aylantirish

Albatta, Telegram Premium egalari uchun ham yangi funksiya mavjud: endi siz yumaloq video xabarlardagi ovozlarni ham matnga aylantirishingiz mumkin.

Yangi emoji to'plamlari

Premium obuna egalari uchun yana bir kichik yangilik: Telegram dizaynerlari avvalgi maxsus emojilarga qo'shimcha tarzda yana 12 ta yangi emoji to'plamlarini chiqarishdi.

iOS uchun yangi dizaynlangan tungi rejim

Telegram'ning iOS uchun ilovasida tungi mavzu dizayni yangilangan bo'lib, bunda ranglar yanada muvozanatlashtirilgan, hamda, chatlardagi xabarlarni varaqlashda xiralashtirish effekti yaxshilangan.

Android uchun ilovada matn o'lchamini o'zgartirish

Android uchun Telegram ilovasi ham kichik sozlama o'zgarishi mavjud: Chat sozlamalarida matn o'lchami o'zgartirilganida, endi nafaqat matnlar, balki javob qaytarilgan xabarning oldindan ko'rinishi ham va boshqalar o'lchami ham oʻzgaradi.

Kichik dizayn yangilanishlari

Yuqoridagilarga qo'shimcha tarzda, Telegram'da xabarga javob berish uchun uni chapga surilganida yangi animatsiya, foydalanuvchi profilidagi telefon raqamiga bosilganida bir nechta chaqiruv variantlariga ega yangi menyu ochilishi va chatlardagi xabarlarni yuklash vaqtida yangi matn bloklari animatsiyasi ham qo'shilgan.

Yangi interaktiv emoji va reaksiyalar

Yangilanish, shuningdek, yettita yangi interaktiv emojilarni ham o'z ichiga oladi. Ular birga-bir chatlarda to'liq ekran effektiga ega, qolaversa ularni reaksiya sifatida ham ishlatish mumkin.

Eslatib o'tamiz, yangilanish endigina e'lon qilindi va u hozirda barchaga tarqatilmoqda. Agar sizga yangilanish kelmagan bo'lsa, birozdan so'ng qayta urinib ko'ring.

O'QING: Qanday qilib firibgarlar yangicha usul bilan Telegram akkauntingizga kirib olishi haqida

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.