Telegram’ning yangi Android-ilovasida ishkal chiqdi

  •   DiMaX
  •  1606
  •  26.02.2021 12:02

Telegram’ning yangi Android-ilovasida ishkal chiqdi

Kuni kechagina Telegram messenjeri o‘zining barcha platformalar uchun ilovalarini yangilagan edi. Unda xabarlarni avtomatik o‘chirish, cheksiz a’zoli guruhlar, yangi animatsiyali emodzilar, vidjetlar va vaqtincha taklif havolalari singari yangi funksiyalar joriy etilgan.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Shu bilan birga, Android operatsion tizimli qurilmalarga mo‘ljallangan Telegram 7.5 versiyali kliyentda bitta bag ham paydo bo‘lgan. Aniqrog‘i – bu messenjerda APK-fayllarni o‘rnatish funksiyasi ishlamay qolgan.

Telegram orqali kelgan APK-faylni o‘rnatishga harakat qilinganida, quyidagi mazmunda yozuvli oynacha qalqib chiqyapti: «Sizda "application/octet-stream" turidagi fayllar bilan ishlash uchun ilova yo‘q, iltimos, davom etish uchun uni o‘rnating».

Hozirda ushbu muammo Xiaomi, Asus, OnePlus smartfonlarida, shuningdek, ayrim Samsung modellarida uchramoqda.

Mazkur bag tez orada Telegram’ning navbatdagi yangilanishi bilan bartaraf etilsa kerak. Hozircha esa bu messenjer orqali kelgan APK-faylni qurilma xotirasiga yuklab olish va uni istalgan bir fayl menejeri yordamida o‘rnatib olish usulidan foydalanib turish mumkin.

O‘QING: Android uchun qulay fayl menejerlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!