Telegram’ning yangi funksiyasini allaqachon sinab ko‘rishingiz mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  1807
  •  30.09.2020 16:51

Telegram’ning yangi funksiyasini allaqachon sinab ko‘rishingiz mumkin! (+video)

O‘zbekistonda juda ommalashgan Telegram messenjerining navbatdagi yangilanishida undagi kanallarning postlariga (publikatsiyalariga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlar (kommentariylar) yozish mumkin bo‘ladi. Ayni damda esa ushbu funksiya ilovaning beta-talqinida ishga tushirilgan.

O‘QING: Telegram’da mana shu niklarni aslo ishlata ko‘rmang!

Ta’kidlab o‘tish muhimki, foydalanuvchilar publikatsiyalarga izoh yoza olishlari uchun o‘sha kanalga biriktirib guruh ochilgan bo‘lishi hamda kanal muallifi izoh yozishga ruxsat bergan bo‘lishi lozim.

Kanallardagi postlarni izohlash funksiyasi Android uchun Telegram 7.1.0 raqamli hamda macOS uchun Telegram 7.0.1 raqamli beta-versiyalarda sinab ko‘rilmoqda. Buning qanday ishlashini esa quyidagi videolavhada tomosha qilamiz:

Agar hali ommaga taqdim etilmagan ushbu yangi funksiyani sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, u holda Android-qurilmaga ilovaning beta-talqinini mazkur havola orqali o‘rnatib olishingiz mumkin. macOS tizimli gadjetlarga esa messenjerning beta-versiyasini mana bu havola orqali yuklab olib, o‘rnatsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Telegram'da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?