Telegram’ning yangi talqini: kanallar statistikasi, Android’da xabarlarni jildlarga saralash va boshqalar!

  •   DiMaX
  •  2263
  •  26.03.2020 10:23

Telegram’ning yangi talqini: kanallar statistikasi, Android’da xabarlarni jildlarga saralash va boshqalar!

Ommaviy messenjer – Telegram turli tillardagi foydalanuvchilar uchun uni o‘z tillariga o‘girish imkonini beruvchi Tarjimalar platformasi joriy etganidan xabaringiz bor. Unda paydo bo‘lgan yangi yozuvlar esa ushbu messenjerning keyingi talqinida qo‘shiladigan yangi funksiyalardan xabar bermoqda.

O‘QING: Telegram’ni o‘zbekchaga o‘girishda ko‘maklashing!

Ularga qaraganda, Telegram’ning navbatdagi versiyasida kanallar statistikasi qo‘shilmoqda.

Ya’ni, kanallarning ma’murlari (administratorlari) endi quyidagi ma’lumotlarni ko‘ra oladigan bo‘ladilar:

— Obunachilarning grafik shaklidagi soni.

— Postlarni ko‘rishlarning grafik shaklidagi soni (soatlar/kunlar bo‘yicha).

— Kanal o‘quvchilarida o‘rnatilgan til.

— O‘quvchilar postga qaysi manbadan o‘tganliklari.

— Postlarni ko‘rishlarning va ulardan ulashilgan repostlarning o‘rtacha soni.

— Kanal obunachilarining necha foizida bildirishnoma yoqiq ekanligi.

O‘QING: Telegram’da yirik tozalash: O‘zbekistondagi 13 million obunachi yo‘q qilinib, kanallarga qizil tamg‘a urildi!

Bundan tashqari, mazkur messenjerning Android-kliyentining beta-versiyasiga allaqachon yangi imkoniyatlar joriy etildi. Ulardan eng asosiysi – foydalanuvchilar endi Telegram’dagi xabarlarni jildlar (yoki varaqa – «vkladka»lar) ko‘rinishida saralashlari mumkin!

Esingizda bo‘lsa, avvalroq Telegram’ning barqaror macOS ilovasida ushbu funksiya joriy etilgan, yaqinda esa messenjerning iOS-kliyenti beta-talqinida ham shu imkoniyat taqdim qilingan edi.

Bundan tashqari, Android uchun versiyasida yana quyidagi o‘zgarishlar mavjud:

— Sozlamalarning yangilangan dizayni.

— O‘yin soqqasi.

— Chatning umumiy medialarida GIF-animatsiyalar uchun alohida varaqa.

Android-smartfonlar egalari ushbu imkoniyatlarni sinab ko‘rish uchun Telegram’ning 5.16.0 (18979) raqamli beta-talqinini mana bu havola orqali ko‘chirib olib o‘rnatishlari mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!