Tencent va Huawei «qotil Ethereum»ni ishlab chiqarmoqda

  •   Saroy
  •  520
  •  19.10.2018 11:39

Tencent va Huawei «qotil Ethereum»ni ishlab chiqarmoqda

FISCO konsorsiumi, Xitoyning yirik korporatsiyalari bo‘lmish  Tencent va  Huawei’ning qo‘llab quvvatlashi bilan kelasi oyda BCOS «blokcheyn-ekotizimi»ni namoyish etadi. U  korporativ klass (DLT) da registratorini taqsimlash uchun yechim taqdim qilishga mo‘ljallangan.

Ixtirochilarning va’da berishicha, platforma soniyada 1000 ta tranzaksiyani qayta ishlay oladi. Asosiysi, u Xitoyning regulyatori talablariga mos keladi. Ular monitoringga va ma’lumotlarni maxsus “kuzatuv” punktidan real vaqt bilan uzata oladi. Platforma ochiq kodi bilan, yetkazib berish, moliya, turizim, mualliflik huquqi, rekruting va o‘yin sohasidagi ilovalarni qo‘llab quvvatlaydi.

O‘QING:Endi yangicha versiyasi: BlackBerry Evolve va Evolve X kriptohamyoni bilan chiqadi

Tencent, Huawei va FISCO o‘z platformasini  R3 (Corda) yoki IBM (Hyperledger Fabric) ga raqobat qiladigan yechim sifatida ko‘rmoqda. Bundan tashqari, ekspertlarning taxminicha,  BCOS’da  Ethereum blokcheynning (faqat kriptovalyutasiz) barcha yaxshi tomonlari mavjud. Qolaversa, undan Xitoyning megakorporatsiyalari ham foydalanadi.

O‘QING:Telegram o‘z kriptovalyutasini qachon chiqaradi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!