Terabayt Daily: 139 mln smartfon sotgan Huawei, Apple’ni kuchaytirgan iPhone 5S, xarid oldidan smartfon qanday tekshiriladi?

Terabayt Daily: 139 mln smartfon sotgan Huawei, Apple’ni kuchaytirgan iPhone 5S, xarid oldidan smartfon qanday tekshiriladi?

Kunning eng muhim va qiziqarli xabarlari

2016 yildagi eng ko‘p smartfon sotgan 10 ta Xitoy brendi

IHS Technology agentligi 2016 yilda jahon bo‘ylab eng ko‘p smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan 10 ta yiri Xitoy brendini o‘z ichiga olgan ro‘yxatni tayyorladi. >> Batafsil

Xarid oldidan smartfonni tekshirish (videoqo‘llanma)

Yangi narsa sotib olayotib, uning nuqsonli chiqishini hech kim istamaydi, ayniqsa, smartfon masalasida jiddiy qarash kerak. Xarid oldidan smartfonni tez va to‘g‘ri tekshirish usullari bilan tanshiamiz. >> Batafsil

Mobil tavsif: Huawei P9 lite – akasining munosib ukasi

Huawei P9 lite o‘rta segmentga mansub smartfon bo‘lishiga qaramay, bir qator ilg‘or funksiyalar bilan ta’minlangan. Hozirgi paytda hamyonbop o‘rta darajadagi smartfonlar bozorida eng optimal yechim, desak adashmaymiz. Model sifatli displey, tiniq audio, yaxshi kommunikatsiya imkoniyatlari va tushunarli interfeysga ega. Dizayni flagmanlarga xos tarzda ishlangan, korpusning asosiy qismi metalldan tayyorlangan, bu esa qurilmani tashqi ta’sirlarga chidamli etadi. Ergonomika jihatidan telefonga hech qanday e’tiroz yo‘q – undan foydalanish juda qulay. >> Batafsil

iPhone, iPad yoki iPod touch’ni Apple ID’dan ajratamiz

Apple texnika mahsulotlari sohiblari vaqt o‘tishi bilan yangi modeldagi qurilmalar xarid qilishlari mumkin, bunda eskisini biror yaqiniga hadya etish yoki sotib yuborish zarurati tug‘iladi. Biroq bitta kichik muammo bor – gadjet o‘z egasining Apple ID akkauntiga bog‘langanligi. Zero, qurilma biriktirilgan Apple ID identifikatori iCloud servislari bilan bevosita bog‘langan; demak, uning sobiq sohibiga tegishli kontaktlar, qaydlar, fotosuratlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarga yangi egasi ham kira oladigan bo‘lib qoladi-da. Shu bois iPhone, iPad yoki iPod touch qurilmalarini sotish yoki birovga sovg‘a qilishdan oldin Apple ID akkauntidan ajratish – eng maqbul yo‘ldir. Buning qanday amalda oshirilishini esa quyida ko‘rib chiqamiz. >> Batafsil

Xiaomi vitse-prezidenti Facebook’da virtual reallik yo‘nalishini boshqaradi

Facebook asoschisi Mark Sukerbergning yozishicha, Barra bundan buyon Facebook kompaniyasida virtual reallik yo‘nalishini boshqaradi. Jumladan, u Oculus Rift garniturasini takomillashtirish va virtual reallik uchun zarur dasturiy ta’minotlarni yaratish bilan shug‘ullanadi. >> Batafsil

iPhone 5S tufayli Apple`ning Rossiya bozoridagi o‘rni mustahkamlandi

Rossiyada hozirgacha 2013 yilda chiqarilgan iPhone 5S ommaboplikda boshqa “Olma” gadjetlarini ortda qoldirmoqda. > > Batafsil

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!