Terabayt Daily: «Malika» savdo markazida Samsung smartfonlari narxlari, Facebook’dan haydaladigan Sukerberg, minglab iPhone 6S modellarini qaytarib olayotgan Apple, Google Chrome uchun eng kerakli kengaytmalar, noutbuk tanlashdagi 6 xato va boshqalar

Terabayt Daily: «Malika» savdo markazida Samsung smartfonlari narxlari, Facebook’dan haydaladigan Sukerberg, minglab  iPhone 6S modellarini qaytarib olayotgan Apple, Google Chrome uchun eng kerakli kengaytmalar, noutbuk tanlashdagi 6 xato va boshqalar

«Malika» savdo markazida Samsung smartfonlari narxlari (2017 yil 6 fevral)

Bilamizki, yurtimizda shu firma smartfonlariga ham qiziqish katta. Keling, ularning narxlari bilan tanishamiz. >> Batafsil

Sukerbergni raislikdan haydashmoqchi!

VentureBeat nashrining yozishicha, Facebook aksionerlarining bir guruhi kutilmagan taklif bilan chiqdi: Mark Sukerbergni kompaniya direktorlari boshqaruvi raisi lavozimidan chetlatish! >> Batafsil

Apple batareyadagi nosozlik sabab minglab iPhone 6S modellarini qaytarib oladi

Apple Birlashgan Arab Amirliklari hududida sotuvga chiqarilgan yirik partiyadagi (taxminan 88 700 dona) iPhone 6S smartfonlarini qaytarib oladi, deb xabar bermoqda Gagadget nashri. Ushbu holat mazkur smartfonlarga o‘rnatilgan nosoz batareyalar bilan aloqador. >> Batafsil

Google Chrome uchun eng kerakli kengaytmalar

Har qanday brauzerning qo‘shimcha o‘rnatiladigan ilovalari – turli funksiyalarga ega kengaytmalari mavjud. Jumladan, Google Chrome brauzerida ham. Lifehacker sayti o‘z versiyasiga ko‘ra mazkur kengaytmalar orasida eng keraklilarini e’lon qilgan. Agar bu brauzerdan foydalanish bo‘yicha tajribangiz kam bo‘lsa, u holda quyidagi ro‘yxat aynan sizga atalgan. Tajribali foydalanuvchilar uchun ham qiziqarli narsalar bor bu yerda…>> Batafsil

Noutbuk tanlashdagi 6 xato

Shubhasiz, noutbuk tanlash jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng katta xato – reklamaga ishonishdir. Shunday bo‘lsa-da, bir qator boshqa omillar ham yo‘q emas ekan. Ferra nashri noutbuk tanlash paytida kuzatiladigan 6 ta xatoni jamlab, ularni o‘quvchilar e’tiboriga havola qildi. Demak, quyida ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz. Kelgusida noutbuk xarid qilish paytida ular sizga asqotishi ajab emas. >> Batafsil

Elektron qaroqchilikka qarshi kurashadigan Denuvo firmasining sayti xakerlar tomondan buzildi

DRM-himoya dasturlarini tayyorlaydigan Avsraliyaning Denuvo Software kompaniyasi kundan-kun o‘zining mijozlarini yo‘qotib bormoqda. Agar oldin mazkur firma dasturlari bilan himoyalangan o‘yinlar bir necha oylab xavfsiz saqlangan bo‘lsa, ayni paytda Denuvo himoya tizimlarini buzish uchun bir necha kun kifoya qilmoqda. >> Batafsil