Terabayt.uz’ning Android ilovasi – doimiy hamrohingiz!

  •   DiMaX
  •  1488
  •  07.03.2017 10:57

Terabayt.uz’ning Android ilovasi – doimiy hamrohingiz!

Saytimizning muhtaram o‘quvchilari!

Xabaringiz bor – yangiliklarimiz, tavsif va maqolalarimizdan xabardor bo‘lib borishingizda qulaylik bo‘lishini hisobga olib, terabayt.uz saytining Android ilovasini ishga tushirganmiz.

Mazkur ilovani smartfoningizga o‘rnatib, zamonaviy texnologiyalarning barcha sohalariga tegishli yangiliklar, tavsif va narxlardan xabardor bo‘lib turishingiz mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Android ilovamiz orqali saytimiz xabarlarini bo‘limlar orqali ko‘rish, maqolalarni keyinroq o‘qish uchun tanlab olish hamda o‘zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlaringizga ulashish imkoniyatlari mavjud.

Bulardan tashqari, dasturda quyidagi qulayliklar bor:

— Yangiliklarni oflayn tarzda mutolaa qilish (buning uchun xabarlarni internet bor payti yuklab olish kerak);

— Rasmlar sifatini tanlash (internet trafigini tejashga yordam beradi);

— Rasmlarni tanlov asosida – Wi-Fi  yoki mobil tarmoq orqali yuklab olish;

— Rasmlarni keshlash (internet trafigini tejash va xabarlarni tez ochishga yordam beradi);

— Yangiliklar haqida push-xabarnomani yoqish yoki o‘chirib qo‘yish mumkin.

Keyinchalik ilovaning yangilangan versiyasi taqdim etildi, unda foydalanuvchilar uchun yanada xabarlarni ko‘rsatishdagi kamchiliklar to‘g‘rilandi, ilovada o‘qilgan xabarlarni belgilash va ilovani ulashish imkoniyati qo‘shildi. Shu bilan birga, internet-trafikni tejash maqsadida rasmlar hajmini 10-20%gacha qisqartirish funksiyasi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, avvalgi versiyadagi yangiliklarni oflayn rejimda o‘qish, rasm sifatini tanlash, Wi-Fi va mobil tarmoq orqali rasmlarni yuklash opsiyasi, rasmlarni keshlash va push-xabarnomalar funksiyalari yanada optimallashtirildi.

Bugungi kunga kelib, ushbu ilovamiz axborot-kommunikatsiya va texnika-texnologiya sohalariga oid qiziqarli xabarlardan o‘zbek tilida bahramand bo‘lishning eng qulay vositalaridan biridir.

Terabayt.uz saytining Android ilovasini qurilmangizga Google Play Market’dan olib o‘rnatishingiz yoki TAS-IX’dagi ilk professional ilovalar do‘koni – AndroidBozor.uz’dan yuklab olishingiz mumkin.

Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur! Ilovani yanada yaxshilash bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflaringizni kutib qolamiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!