TeraDayjest – haftaning eng muhim yangiliklari! (Smartfonlar)
Samsung yana kamida to‘rtta modelda Galaxy A smartfoni tayyorlayapti!
Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A turkumida hozirgacha to‘qqizta modelda smartfon taqdim etgan: Galaxy A10, A20, A20e, A30, A40, A50, A60, A70 va A80. Lekin u yaxshi sotilayotgan mazkur lineykani yanada kengaytirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.
Xiaomi yaratgan qotil!
Shu paytgacha xabarlarda Redmi brendining flagman smartfoni turli nomlar bilan atalib kelayotganidan xabaringiz bor. Ularga ko‘ra, bu smartfon Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2, Redmi Q va hatto Redmi K20 Pro deb nomlanishi mumkin. Xiaomi bularga rasman aniqlik kiritdi: yangi flagman bitta emas, balki bu turkumga ikkita model – Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro kiradi.
VIDEOTEST: OnePlus 7 Pro samaradorligini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!
OnePlus smartfonlari hamisha «flagmanlar kushandalari» sifatida e’tirof etilib keladi. OxygenOS grafik qobig‘i sababli ham ular boshqa kompaniyalarning aksariyat modellaridan tezkor ishlaydi.
OnePlus 7 Pro ham ushbu an’anani davom ettirmoqda: uning ishlash samaradorligini kupertinoliklarning eng zo‘r smartfoni – iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rsatishdi!
Ideal smartfon: Galaxy M40 yana bir flagmancha xususiyatga ega, ammo narxi...
Samsung kompaniyasi eng arzon Galaxy M turkumida hozircha uchtagina smartfon taqdim etgan: Galaxy M10, M20 hamda M30. Ularning davomchisi bo‘lgan Galaxy M40 esa xususiyatlari va narxiga ko‘ra hatto Galaxy A turkumining ayrim vakillaridan ham yuqori bo‘lishi aytilmoqda.
20 may kuni taqdim etilayotgan Redmi Note 7S smartfonini Xiaomi India rahbari «jonli» ko‘rsatdi
Redmi brendi o‘zining Redmi K20 flagmanini «Iblislar qiroli» deya reklama qilayotgan bir paytda, kompaniya yana bitta smartfon tayyorlabdi. Redmi Note 7S deb nomlangan ushbu yangi modelni 20 may kuni rasman namoyish etishadi.
Realme X - OnePlus 7'ga raqib, ammo atigi 220 dollar narxdagi smartfon taqdim etildi.
Nihoyat, uzoq kutilgan Realme X smartfoni taqdim etildi. Ushbu qurilma brend tomonidan shu vaqtgacha yaratilgan smartfonlar ichida eng kuchlisi hisoblanadi. Shuningdek kompaniya Realme X Lite modelini ham taqdim etdi.
Huawei Mate 20 X 5G taqdim etildi: akkumulyator «kichraygan», ammo «tezlashgan»
Xitoylik texnogigant o‘tgan yilning kuzida Huawei Mate 20 X smartfonini taqdim qilgan edi. Mazkur o‘yinbop flagman bir necha marta benchmarklarda kuchli o‘nlikka kirgan. Kompaniya uning yanada ilg‘or – beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Huawei Mate 20 X 5G versiyasini namoyish qildi.
+ BONUS: Ushbu smartfonni sotib olmang!