TeraTaqqos: Eng arzon smartfonni qayerdan olish mumkin?

TeraTaqqos: Eng arzon smartfonni qayerdan olish mumkin?

Karantin paytida zerikkan mobil ishqibozlar uchun Terabayt jamoasidan ajoyib tuhfa!

Biz bilan uyda qolgan holda smartfonlar narxini bilib, eng arzon takliflardan xabardor bo‘lib boring! Quyida Mediapark, Radius Mobile va Olcha do‘konlaridagi Samsung Galaxy A smartfonlari narxlarini taqdim etamiz.

O‘qish amaliyotingiz yaxshiroq bo‘lishi uchun ekraningizni landshaft rejimiga o‘tkazishni yoki sahifaning kompyuter versiyasini qayta yuklashni maslahat beramiz.

Har bir smartfon uchun eng arzon narx qaysi do‘konda bo‘lsa, o‘sha do‘kondagi narxni to‘q rangda beramiz.

Eslatib o‘tamiz, narxlar 2020-yil 3-aprel sanasi holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan. Terabayt.uz sayti ushbu narxlar o‘zgarmasligi kafolatini o‘z zimmasiga olmaydi. Ma’lumot uchun Mediapark (+99871-203-77-07), Radius Mobile (+99871-200-31-00) va Olcha (+99871-202-20-21) qo‘ng‘iroq markazlari bilan bog‘laning.
Qani, ketdik!

Smartfon Mediapark Radius Mobile Olcha
Samsung Galaxy A10s 32GB 1 632 000 so‘m 1 536 000 so‘m mavjud emas
Samsung Galaxy A20s 32GB 1 940 000 so‘m 1 872 000 so‘m 1 746 000 so‘m
Samsung Galaxy A30s 32GB 2 348 000 so‘m 1 968 000 so‘m mavjud emas
Samsung Galaxy A40 64GB 2 435 000 so‘m 2 256 000 so‘m 2 377 000 so‘m
Samsung Galaxy A51 64GB 3 081 000 so‘m 2 928 000 so‘m mavjud emas
Samsung Galaxy A51 128GB mavjud emas 3 168 000 so‘m mavjud emas
Samsung Galaxy A70 128GB 3 999 000 so‘m 3 696 000 so‘m 3 735 000 so‘m
Samsung Galaxy A71 128GB mavjud emas 4 100 000 so‘m mavjud emas
Samsung Galaxy A80 128GB 4 541 000 so‘m  5 376 000 so‘m 4 462 000 so‘m

O‘QING: Galaxy S20'larda Samsung oshkor qilmagan jihat bor ekan