TeraTaqqos: Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s smartfonlarini ochib, ishlatib ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  4439
  •  07.04.2020 17:08

TeraTaqqos: Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s smartfonlarini ochib, ishlatib ko‘ramiz

Xiaomi o‘tgan yilning sentyabrida Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlarini Xitoyda namoyish etgandi. Atigi uch oy ichida 10 million dona sotilgan ushbu modellardan ikkinchisi ikki xil versiyada chiqyapti.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Yuqorida havolasi keltirilgan videoda Redmi Note 8 modeliga qisqacha to‘xtalib o‘tganmiz. Shu boisdan Xiaomi’ning mazkur hamyonbop modelini Samsung korporatsiyasining Galaxy A20s smartfoni bilan o‘zaro qiyoslab yana bitta videotavsif tayyorladik.

Har ikkala qurilmaning qadog‘i ochib, qutidan smartfonlar olib, yoqib ko‘rsatilgan va bunda xitoyliklar vakili tezkor chiqqan. Keyin esa qadoqdagi jamlanmalari o‘zaro taqqoslangan. Shuningdek, devayslarning korpuslari dizayni, kameralarning modullari va joylashuvi, SIM-karta va xotira kartasi uyachalari kabilar solishtirib ko‘rsatilgan.

So‘ng smartfonlarning ekran xususiyatlari o‘zaro qiyoslangan va bu jihatidan ham Redmi Note 8 raqibidan ustun kelgan. Shuningdek, unda to‘rt modulli kameraning asosiy datchini 48 MPlik bo‘lsa, Galaxy A20s uchtalik kamerasida bosh modul 13 MPlik. Old kamera xitoyliklar smartfonida 13 MPlik bo‘lsa, janubiy koreyaliklar vakilida 8 MPlik.

O‘QING: VIDEOTAVSIF: Hamyonbop Galaxy A20s bilan batafsil tanishamiz!

Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s modellarining yuqoridagi va boshqa xususiyatlariga videoda batafsil to‘xtalib o‘tilgan:

Xiaomi ushbu telefonida Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 665 chipsetini ishlatgan bo‘lsa, Samsung texnik jihatdan nisbatan pastroq bo‘lgan Snapdragon 450 protsessoridan foydalangan.

Videoda har ikkala qurilmaning boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – 3/32 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali variantlari narxi ham berilgan. Shuningdek, biz kuni kecha e’lon qilgan xabarda Galaxy A20s va yana sakkizta modeldagi xaridorgir smartfon uchun O‘zbekistonning uchta onlayn do‘konida belgilangan narxlar jadvalda taqqoslab ko‘rsatilgan.

Videotaqqos oxirida esa bu smartfonlarning kamera imkoniyatlari, ya’ni foto va video suratga tushirish sifatlari «jonli» tarzda ko‘rsatib berilgan. Marhamat, ushbu havola orqali o‘tib, yuqoridagi rolikka izoh tarzida o‘z fikrlaringizni ham yozib qoldirishingiz mumkin. Shuningdek, mana bu havola orqali YouTube-kanalimizga obuna bo‘lib qo‘ysangiz, keyingi tavsiflar va taqqoslarni birinchilar qatorida tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

O‘QING: Dunyodagi eng qudratli smartfon endi Lite-versiyada chiqyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.