TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

  •   DiMaX
  •  5631
  •  04.04.2020 18:53

TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Xiaomi shu yilning sentyabrida Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlarini Xitoyda namoyish etgandi. Atigi uch oy ichida 10 million dona sotilgan ushbu modellar O‘zbekistonda ham xaridorgir.

O‘QING: Xiaomi uchta arzon smartfoniga Android 10 tayyorlayapti, yana biriga barqaror global proshivka tarqatyapti ham!

Lekin ko‘pchilik e’tibor bermaydigan bir jihat bor: ushbu smartfonlarning ikkalasi ham O‘zbekiston bozoriga ikki xil versiyada kirib kelmoqda. Biri – Hindistonda mahalliy bozor uchun ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ikkinchisi – Yevropada sotishga mo‘ljallangan global versiyadagi smartfondir. Garchi model nomi bir xil bo‘lsa-da, ularning ayrim juz’iy farqlari mavjud.

Sizlarga sevimli Terabayt.Uz sayti esa global va Hindiston versiyalaridagi Redmi Note 8 Pro smartfonlarining o‘zaro farqlarini qiyoslab videolavha tayyorladi va YouTube-kanalida e’lon qildi. Shuningdek, taqqoslashda Redmi Note 8 modelining shunday ikki versiyasi qadoqlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, smartfonlarning Hindiston va global versiyalari, avvalo, qutisining dizayniga ko‘ra farqlanadi. Birinchisida qadoqning ostki qismida smartfonning ko‘plab xususiyatlari aks ettirilgan va «Made in India» yozuvi tushirilgan bo‘ladi, yana yon tomonlarida ham tegishli yozuvlar mavjud. Global versiyasining qutisi esa uning yonida anchagina kamtarona ko‘rinadi.

O‘QING: Xiaomi eng mustahkam smartfonini ikki xil hamyonbop – Lite-versiyada chiqaradi!

Ikkinchi farq esa qutilarini ochib, ichidagi aksessuarlarini solishtirganda ko‘rinadi, aniqrog‘i – ularning quvvatlagichi ikki xil. To‘g‘ri, har ikkalasida ham tok kuchi va kuchlanish ko‘rsatkichlari bir xil, ammo global versiyadagi smartfon zaryadchigidan qarqli ravishda, Hindiston versiyasidagisi bizning rozetkalarga tushmaydi – qo‘shimcha perexodnik olish kerak bo‘ladi. Yana ularning ranglarini aytmasa, boshqa aksessuarlari deyarli bir xil.

Smartfonning ekranidagi plyonkada jiddiy farq bor: global versiyadagi Redmi Note 8 Pro plyonkasida narigisiga nisbatan ko‘proq ma’lumot aks ettirilgan. Smartfonlarning ishlash tezligi, protsessor va boshqa jihatlari bir xil, faqat interfeysida ham ozroq farq mavjud – videoda bularga o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari, videolavhamizda Redmi Note 8 Pro modelining narxi, o‘ziga xos jihatlari, qo‘shimcha imkoniyatlari ham ko‘rsatib berilgan. Kameralarining imkoniyatlari «jonli» tarzda – turli rejimlarda video suratga olib namoyish etilgan.

Demak, agarda siz Redmi Note 8 Pro modelidan olishga qaror qilgan bo‘lsangiz, videorolikdagi ma’lumotlardan foydalanib, uning Hindiston yoki global versiyasini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, mana bu havola orqali YouTube-kanalimizga obuna bo‘lib qo‘ysangiz, keyingi tavsiflar va taqqoslarni birinchilar qatorida tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

O‘QING: Redmi buni uddaladi: ekranosti daktiloskopga ega LCD-displeyli ilk smartfonni qarshi oling! (+video)