TeraTarmoq: Telegram kanalimizda so‘rovnoma, muxlislar uchun guruh va Youtube'dagi sovrin g‘olibi

TeraTarmoq: Telegram kanalimizda so‘rovnoma, muxlislar uchun guruh va Youtube'dagi sovrin g‘olibi

Saytimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida har kuni eng so‘nggi, dolzarb va qiziqarli yangiliklarni sizga ulashish bilan bir qatorda, ko‘ngilochar so‘rovnomalar va tanlovlar ham o‘tkazib turamiz. Shular qatorida kuni kecha Youtube'dagi sovrinimiz g‘olibini aniqladik, shuningdek, Telegram'dagi sahifamiz orqali “Siz qaysi kompaniyaga tegishli smartfondan foydalanasiz?” nomli so‘rovnoma o‘tkazdik. Qo‘yida ushbu natijalar haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Telegram'dagi sahifamizda 1 kun davomida o‘tkazilgan so‘rovnomada jami 3464 ta odam ishtirok etdi. Natijalar esa qo‘yidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Xiaomi – 1378 ta ovoz.

  2. Samsung – 1286 ta ovoz.

  3. Apple – 400 ta ovoz.

  4. Huawei – 191 ta ovoz.

  5. LG – 66 ta ovoz.

  6. Meizu – 44 ta ovoz.

  7. Artel – 44 ta ovoz.

  8. Nokia – 30 ta ovoz.

  9. HTC – 14 ta ovoz.

  10. MDC – 11 ta ovoz.

Ko‘rib turganingizdek Xiaomi va Samsung kompaniyasiga tegishli smartfonlardan foydalanuvchi ajralib qolgan. Shuningdek, Apple va Huawei kompaniyasiga ishonch bildirganlar ham kam emas. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda LG, Meizu, Artel, Nokia, HTC va MDC brendlari egallagan. Agar smartfoningizni yangilamoqchi bo‘lsangiz sizga ushbu ma’lumot asqotadi degan umiddamiz. Zero, yillar davomida sinalib, foydalanuvchilar ishonchini qozongan modellar sizni ham uyaltirib qo‘ymaydi. Shuningdek, yap-yangi smartfonlarni chegirmalar asosida, eng arzon narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan harid qilishingiz mumkin. Barcha smartfonlar kafolat muddatiga ega bo‘lib, siz yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Muloqot guruhimizga qo‘shiling!

Biz doim mushtariylarimiz bilan birgamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan tashqari, Telegram tarmog‘ida axborot texnologiyalari yangiliklariga qiziquvchilar uchun guruh tashkil qilingan. Ushbu guruhda siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz, saytimiz hodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishingiz va o‘z murojaat va takliflaringizni bildirishingiz mumkin. Guruhga qo‘shilish uchun shu yerga bosishingiz lozim.

Mi Band 3 g‘olibi aniqlandi!

2 iyun kuni Facebook'dagi sahifamiz orqali jonli efirda Youtube'dagi sovrinli o‘yinimiz g‘olibini ham aniqladik. Unga ko‘ra Toshkent shahrida yashovchi Dilshod Tokhirov akkauntidagi muxlisimiz ajoyib Mi Band 3 egasiga aylandi. Qizig‘i, g‘olibimiz ham Xiaomi kompaniyasiga tegishli Redmi 5 Plus modelidan foydalanar ekan. So‘rov natijalarida ushbu kompaniya g‘olib bo‘lganligini shundan ham anglash mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va Siz ham ajoyib sovg‘alar egasiga aylaning!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!