TeraTavsif: Apple iPhone 13 Pro Max

TeraTavsif: Apple iPhone 13 Pro Max

Har yili smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining yangi qurilmalarini taqdim etishadi. Bu yil ko‘pchilikning etibori, odatdagidek, Apple'ning iPhone 13 Pro Max smartfonida bo‘ldi. Yangi smartfonning dizayni uncha o‘zgarmagan, biroq Apple unga yangi apparat ta’minoti hamda yangi dasturiy ta’minot funksiyalarini qo‘shdi. Bu yilgi modelning kamera va displey imkoniyatlari yanada yaxshilandi.

O‘QING: iPad mini (2021)'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yangi iPhone, shuningdek, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, MagSafe zaryadlash texnologiyasi, IP68 standartiga ega. Qurilma displeyining yuqorisidagi qosh 20% kichraydi.

Foto: GSMArena

Pro hamda Pro Max modellarini displey hajmi hamda akkumulyator sig‘imi ajratib turadi. Ular orasidagi narx tafovuti esa 100 dollarni tashkil qiladi. Xuddi o‘tgan yildagidek, smartfon qutisidan quvvatlash adapteri o‘rin olmagan. Qadoq tarkibida smartfon bilan birga faqatgina Lightning kabeli bo‘ladi. Apple hozirda quvvatlash adapterini 19 dollar, MagSafe quvvatlagichini esa 39 dollar narxda sotmoqda.

iPhone 13 Pro Max'ning 4 xil xotira hajmiga ega bo‘lgan turlari bor bo‘lib, eng kichik xotira hajim bu - 128GB, eng katta hajmli turi 1TB ni tashkil qiladi. Tezkor xotiraning esa 4GB hamda 6GB turlari mavjud. Shuningdek, smartfonning to‘rt xil rangdagi turlari bo‘lib, ular Graphite, Gold, Silver va Sierra Blue'dan iborat. Kompaniya smartfonning akkumulyator sig‘imini kengaytirgan, bu esa o‘z navbatida uning avtonomlik vaqtini ham uzaytirgan.

Dizayn

> Korpus: zanglamas po‘lat, Ceramic Shield hamda Gorilla Glass shishasi.

> O‘lchamlari: 160.8 x 78.1 x 7.65mm

> Og‘irligi: 240g

> Himoya: IP68 standarti - suv va changdan himoya

> Ranglar: Graphite, Gold, Silver, Sierra Blue

Avvalgi avlod iPhone 12 Pro Max bilan taqqoslaganda yangi avlodning dizayni umuman o‘zgarmaganini ko‘rish mumkin. Biroq iPhone 13 Pro Max avvalgi avloddan 12 grammga og‘irroq hamda 0.15 millimetrga qalinroq. Smartfon juda katta. Uning displey hajmi 6.7 dyuymni tashkil qiladi. Displey atrofidagi ramkalar ingichkalashgan bo‘lib, uning forma faktori 19.5:9 ni tashkil qiladi. Smartfonni cho‘ntakda olib yurish hamda undan bir qo‘lda foydalanish biroz qiyin. 20:9 forma faktoriga ega bo‘lgan Galaxy S21 Ultra'ga qaraganda, iPhone 13 Pro Max'ning korpusi biroz enliroq.

Foto: GSMArena

Displey yuqorisidagi qosh 20% ga kichraygan. Smartfonni blokdan chiqarishda Face ID'dan foydalanish kerak bo‘ladi. Bu yilgi iPhone 13 seriyasiga ham barmoq izi skaneri o‘rnatilmadi.

Foto: GSMArena

Qurilmada IP68 suv va changdan himoya standarti mavjud. Undagi stereo dinamik avvalgi avlodnikiga nisbatan yaxshiroq. Smartfonni quvvatlash uchun Lightning portidan yoki MagSafe texnologiyasidan foydalanish kerak bo‘ladi. Apple kompaniyasi iPad'larni USB-C porti bilan jihozlab kelayotganiga ancha bo‘ldi. Biroq iPhone'lar masalasida kompaniya hali ham o‘zining Lightning portidan voz kechgani yo‘q.

Albatta, qurilmada audio jek mavjud emas, Apple birinchilardan ushbu portdan voz kechgan kompaniya hisoblanadi.

Old va orqa tomondan smartfonni Gorilla Glass hamda Ceramic Shield shishalari himoyalab turadi. Apple hamda Corning smartfonga qaysi turdagi Gorilla Glass shishasi o‘rnatilganini aniq aytib o‘tmadi. Katta ehtimol bilan bu shisha Gorilla Glass Victus'ning yangi versiyasi bo‘lishi mumkin.

Apple, shuningdek, yangi Sierra Blue rangdagi iPhone 13 Pro Max'ni ham sotuvga chiqardi. Ushbu rang juda chiroyli bo‘lib, Gold, Silver hamda Graphite ranglardan ko‘ra zamonaviyroq ko‘rinadi.

O‘QING: Apple iPhone 13 Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Displey

• 6.7 dyuymli OLED
• 2,778 x 1,284 rezolyutsiya
• 458ppi zichlik
• 19.5 5:9 forma faktori, 120Hz ekran yangilanish chastotasi

Apple nihoyat bu yilgi iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max smartfonlariga 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi displeyni o‘rnatdi. Displey adaptiv rejimda ishlaydi, ya’ni joriy ilovaga qarab, displey 120Hz yoki pastroq chastotalarga avtomatik tarzda o‘tish imkoniyatiga ega. Bu esa o‘z navbatida qurilmaning quvvatini tejashga yordam beradi.

Foto: GSMArena

Misol uchun, Safari brauzeri faqat 60Hz ishlaydi, uning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Chrome esa 120Hz chastotani qo‘llab-quvvatllaydi. Apple'ning ta’kidlashicha, uchinchi tomon ilovari ham 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq hozirda ushbu ilovalarning aksariyati faqatgina 60Hz chastotada ishlamoqda. Ilova 120Hz chastotada ishlashi uchun unga qo‘shimcha sozlanmalarni kiritish kerak. Shuni ham unutmaslik kerakki, agar barcha ilovalar 120Hz chastotada ishlasa, bu smartfonning akkumulyator avtonomligi vaqtiga ta’sir qilishi mumkin.

Displeyning yorqinligi 1000 nitni tashkil qiladi. Ekranning kontrast nisbati hamda ranglar aniqligi juda yaxshi darajada.

Unumdorlik

• Apple A15 Bionic
• Besh yadroli Apple GPU
• 6GB RAM
• 128GB/256GB/512GB/1TB ROM

iPhone 13 Pro Max Apple'ning eng so‘nggi A15 Bionic chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u hozirgi kundagi eng unumdorligi yuqori bo‘lgan chip hisoblanadi.

GeekBench'dagi natijalarga ko‘ra, iPhone 12 seriyasidagi A14 Bionic bilan taqqoslaganda, yangi chip bir yadrolik tesda 8%, ko‘p yadroli testda esa 22% yaxshiroq natija qayd etgan. Grafik protsessor bo‘yicha ham smartfon unumdorligi ancha oshgan.

Skrinshot: GSMArena

Apple iPhone 13 Pro Max GeekBench 5 va 3DMark testlarida ancha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Uning unumdorligi hozirgi flagman Android smartfonlarnikidan ham yaxshiroq. Taqdimot chog‘ida Apple o‘zining so‘nggi iPhone'larini Android smartfonlariga qaraganda 50% ga kuchliroq ekanligini aytib o‘tgan edi. Bu hali o‘z isbotini topgani yo‘q, biroq bir yadroli testda iPhone 13 Pro Max'ning protsessori hamda grafik protsessori juda yuqori natijalarni ko‘rsatib, Apple'ning taqdimot namoyishida aytgan gaplarini isbotlab qo‘ydi.

Skrinshot: GSMArena

Shuningdek, Apple kompaniyasi iPhone 13 Pro Max'ga 6 gigagertsli mmWave 5G tarmog‘ini o‘rnatdi. Shuningdek, qurilma eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi funksiya va imkoniyatalar smartfonda yetarli bo‘lsa-da, kamchiliklar ham yo‘q emas. Misol uchun, hozirgi flagman smartfonlarda bo‘lgan Bluetooth 5.2 hamda Wi-Fi 6E kabi eng so‘nggi simsiz bog‘lanish imkoniyatlari yangi iPhone'da mavjud emas.

Akkumulyator

• 4,374 mAs
• 29 vatt quvvatlash texnologiyasi, USB Power Delivery 2.0
• 15 vatt MagSafe simsiz quvvatlagich
• 7.5 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati

Bu yilgi iPhone 13 Pro Max akkumulyatorining sig‘imi anchaga oshgan. Avvalgi avlodda 3,687 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘lsa, bu ko‘rsatkich yangi iPhone'da 4,373 mAs ni tashkil qiladi. Bu o‘z navbatida akkumulyator avtonomligini ham oshishiga sabab bo‘ladi.

Foto: GSMArena

Albatta, akkumulyatorning quvvati qanchaga yetishi bu foydalanuvchining uni qanday ishlatishiga bog‘liq. Agar internet, ijtimoiy tarmoqlar hamda ba’zan videolar ko‘rilsa, smartfon to‘liq quvvat bilan to‘qqiz soat ishlab bera oladi. Smartfonda, shuningdek, o‘yin ham o‘ynab ko‘rildi. Bunda ikki soat ichida qurilmaning quvvati atigi 30% ga kamaydi. Bu juda yaxshi natija.

O‘QING: iPhone 13'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Kamera

> Asosiy kamera: 12MP, qo‘sh riksel PDAF, dual OIS, ƒ/1.5, 1.9µm

> Ultrakeng kamera: 12MP, 120 daraja, PDAF, ƒ/1.8

> Telefoto kamera: 12MP, ƒ/2.8, qo‘sh OIS, 3x optik zum

> Qo‘shimcha sensor: TrueDepth 3D

> Selfi kamera: 12MP , ƒ/2.2

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@24/30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek, 10‑bit HDR, Dolby Vision HDR, ProRes, Cinematic rejimi, stereo ovoz yozish imkoniyati; Selfi kamera: 4K@24/25/30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120 kadr/sek, gyro-EIS.

Apple smartfonlari doimo yaxshi suratlarni olishga qodir. Ayniqsa, katta sensorlarga ega bo‘lgan Pro Max modeli bu borada o‘zini yaxshi ko‘rsata oladi. Qurilmada olingan suratlarda ranglar uyg‘unligi hamda oq rang balansi juda yaxshi darajadi. Shuningdek, suratlarda ob’yektlar aniq chiqqan.

Foto: GSMArena

Kamera ilovasi ochilganda qurilma birinchi bo‘lib, Photographic Styles funksiyasini tanlashni so‘raydi. Ushbu rejimda smartfon juda yaxshi suratlarni ola oladi.
Apple smartfonlari odatda suratga to‘qroq rang effektini beradi. Shunday bo‘lsada, rangalar balansi saqlanib qoladi. iPhone 13 Pro Max ekspozitsiya bo‘yicha biroz yomonroq taassurot qoldirdi. Qurilmada HDR funksiyasi mavjud, biroq kameraning dasturiy ta’minot funksiyalari negadir shu yillarda Android smartfonlaridan ortda qolmoqda.

To‘g‘ri, iPhone 13 Pro Max o‘tgan yligi 12 Pro Max'dan ko‘ra yaxshiroq suratga oladi, biroq ba’zi payt smartfon sensorlari suratni kerakli darajada yoritib bera olmagan.

Foto: GSMArena

Qurilma kamerasining yorug‘lik past bo‘lgan joyda suratga olish imkoniyati ham yaxshilangan. Buning uchun tungi rejimga o‘tish kerak bo‘ladi. Agar surat sifatini Galaxy S21 Ultra hamda iPhone 12 Pro Max bilan taqqoslaganda, iPhone 13 Pro Max'da olingan tungi suratlarda shovqin nisbatan kamroq.

Barcha kameralarning rezolyutsiyasi 12MP. Asosiy va ultrakeng kameralarining diafragmasi kengaytirilgan, biroq ultrakeng hamda telefoto kameralari tungi paytda asosiy kamerachalik yaxshi surat ola olmaydi.

Fokusni yaxshi ushlash maqsadida Apple avtomatik linzalarga o‘tish funksiyasini ishlab chiqardi. Misol uchun, atrof qorong‘u yoki suratdagi ob’yekt yaqin bo‘lsa, zum uchun telefoto kamera emas balki asosiy kamera ishga tilushadi. Shuningdek, agar ob’yekt bilan smartfon o‘rtasidagi masofa o‘ta darajada qisqarsa, smartfon kamerasi avtomatik tarzda makro rejimga o‘tadi. Bu funksiyani avval Galaxy S21 Ultra smartfonida ko‘rgan edik.

Modernizatsiya jarayonidan o‘tgan 3x telefoto linzalari o‘rtacha diapazonda yaxshi suratlarni oladi. Zum imkoniyatini 5x darajaga ham olib kelish mumkin, biroq bu optik emas, balki raqamli zum hisoblanadi. O‘tgan yilgi 2.5x telefoto kamera bilan taqqoslaganda, ushbu 3x zum kamera katta o‘sishga erishmagan, ammo yangi telefoto kamerada olingan suratlarda shovqin nisbatan kam. Umumiy olganda iPhone'lar hamon telefoto kamera imkoniyatlari jihatidan Android smartfonlardan ortda qolmoqda.

Qurilmaning ultrakeng kamerasi ancha yaxshilangan, rang va ekspozitsiya jihatidan hech ham asosiy kameradan qolishmaydi. Ko‘plab smartfonlarda rang va ekspozitsiyaning uyg‘unligi yetishmaydi, iPhone 13 Pro Max'da esa bunday muammo uchramaydi. Umumiy qilib aytganda, qurilma 0.5x dan 5x zum masofada juda yaxshi suratlarni olishga qodir.

Ranglar biroz to‘qroq bo‘lsa ham, selfi suratlar sifati juda yaxshi. Qo‘shimcha sath sensori yaxshi portret suratlarni olishga yordam beradi. Ammo selfi kamera bino ichida yoki yorug‘lik past bo‘lgan joylarda biroz muammolarga duch keldi.

Apple yangi iPhone 13 Pro Max'ga yangi Cinematic video rejimini qo‘shdi. Ushbu rejim orqali video vaqtida orqafonni xiralashtirish mumkin. Bunda kamera sensorlari fokusni inson yuziga qaratadi. Reklamada ko‘rsatilganidek, ushbu rejim sahnada bir nechta yuz bo‘lganda ham ishlashi mumkin, biroq bu holatda smartfon fokus olishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Ushbu rejim video tasvirchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lsada, unda video rezolyutsiyasi hamda kadr tezligini nazorat qilib bo‘lmaydi. Umumiy olganda, iPhone 13 Pro Max hozirda eng yaxshi videoga olishga qodir bo‘lgan smartfonlardan biri.

O‘tkazilgan natijalardan iPhone 13 Pro Max hamda 12 Pro Max'ning kameralari o‘rtasidagi farqlarni aytish biroz mushkul. Biroq yangi iPhone kamerasining tunda suratga olish imkoniyati yaxshilangan hamda unga bir qancha yangi funksiyalarga ega bo‘lgan.

O‘QING: TeraTavsif: Apple Watch Series 7

Dasturiy ta’minot

iCloud hamda AirDrop orqali AirPods, Apple Watch, iPad'lar o‘rtasida ma’lumotlarni oson almashinish mumkin. Kompaniyaning birinchi tomon ilovalari qurlimada juda yaxshi ishlaydi. Kompaniya foydalanuvchilarni o‘zining musiqa, yangilik hamda TV ilovalariga obuna bo‘lishga undaydi.

iOS 15 zomonaviy mobil tizimlardan biri. iOS 14'da taqdim etilgan Android formulasiga asoslangan vidjetlar ham yangi tizimda mavjud.
Ilovalar kutubxonasi ilovalarni avtomatik tarzda saralaydi, bu esa foydalanuvchiga ilovalarni tez va oson topishga yordam beradi. Bu iOS 15 tizimidagi yangi funksiya emas, Apple avvalroq ushbu funksiyani iOS 14'da taqdim etgan edi.

Skrinshot: GSMArena

Qurilmadagi Fokus rejimi bu - Bezovta qilmang rejimiga o‘xshsh bo‘lib, u foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqlar va bildirishnomalarni kontaktlar, ilovalar va joylashuv orqali filtrlash imkonini beradi.

Tizimdagi xarita ilovasi hamda portret rejimi takomillashgan, shuningdek, Safari navigatsiya boshqaruvidan foydalanish olsonlashgan. Bundan tashqari ob-havo ilovasining dizayni o‘zgargan.
Garchi ko‘p jihatdan iOS 15 avvalgi iOS 14'ga o‘xshasa-da, ba’zi ilova hamda interfeyslar boshqacharoq ko‘rinadi. Lekin bu degani yangi operatsion tizim uchun yangi smartfon sotib olish kerak degani emas. Hozirda eski iPhone modellari ham allaqachon iOS 15 tizimini qabul qilishni boshlagan. Hatto iPhone 6S ham ushbu tizimga o‘tish imkoniyatiga ega.

Skrinshot: GSMArena

Android'dan iOS tizimiga o‘tgan foydalanuvchilar bir nechta g‘alati dizayn elementlariga ko‘nikishlariga to‘gri keladi. Misol uchun iOS tizimida ortga qaytish tugamasi odatiy ekraning pasti qismida joylashmagan. Shuningdek, kameraning ayrim sozlanmalari kamera ilovasida emas, balki universal sozlanmalar oynasida joylashgan bo‘ladi.

Siri doimiy ravishda takomillashib borsa-da, Google Assistant kabi moslashuvchan yoki aqlli emas, ayniqsa aqlli uy ekotizimlari haqida gap ketganda Google Assistant o‘z ishini Siri'dan ko‘ra yaxshiroq uddalaydi.

Albatta, tizimda bir qancha chalkashliklar bo‘lsa-da, iPhone foydalanuvchilari ularga o‘rganib ketishgan. iOS 15 tizimiga bir qancha yangi xususiyatlar qo‘shilgan. Umumiy olganda, u funksional mobil operatsion tizim hisoblanadi.

Muqobillar

iPhone 13 seriyasidagi eng kuchli va eng katta smartfon bu - iPhone 13 Pro Max hisoblanadi. U nafaqat katta displey, balki eng yaxshi akkumulyator avtonomlik vaqtiga ega.

Uning boshlang‘ich narxi 1,099 dollar, eng qimmati esa 1,599 dollarni tashkil qiladi. Biroq 999 dollar narx evaziga Apple kichikroq bo‘lgan iPhone 13 Pro'ni taklif etadi. Ushbu smartfonning akkumulyatori hamda displeyining kichikligini hisobga olmasa, qolgan texnik jihatlari Pro Max bilan bir xil. Shuningdek, 799 dollar narxdagi iPhone 13'ni ham unutmaslik kerak. Biroq u telefoto kamera, yuqori ekran yangilanish chastotasi kabi “Pro“ funksiyalariga ega emas.

Foto: GSMArena

Bundan tashqari, muqobil Android flagmanlarini ham unutmaslik darkor. Ushbu narxga yuqori darajagadagi ko‘plab Android smartfonlarni sotib olish mumkin.

Birinchi bo‘lib Galaxy S21 Ultra smartfoni iPhone 13 Pro Max'ning asosiy raqibi hisoblanadi. Samsung flagmani 1,199 dollar narxda sotuvga chiqqan, biroq uning narxi hozir 1,000 dollarga pastlagan. S21 Ultra yuqori rezolyutsiyadagi displey, simsiz quvvatlanish imkoniyati, iP68 standarti, iPhone bilan taqqoslaganda yaxshiroq kamerlarga ega. Shuningdek, smartfon S-Pen'ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung ham xuddi Apple kabi o‘z smartfonlarini ko‘p yillik tizim yangilanishlari bilan ta’minlaydi.

1299 dollarlik Sony Xperia 1 III ham iPhone 13 Pro Max'ga yaxshi muqobil hisoblanadi. Xperia eng yaxshi multi-media imkoniyatlari bilan maqta oladi. Qiziqarli va ajoyib kamera sozlamalari bilan bir qatorda, u yaxshi darajadagi texnik jihatlarga ega.

Shuningdek, 1,099 yevro evaziga iPhone dizaynidagi Oppo Find X3 Pro'ni sotib olish mumkin. Bundan tashqari, ajoyib kameralarga ega bo‘lgan Xiaomi Mi 11 Ultra hamda 999 dollar narxdagi OnePlus 9 Pro smartfonlarini unutmaslik kerak.

Foto: GSMArena

Muqobillar orasida Google'ning yangi Pixel 6 Pro smartfoni ham bor. Ushbu smartfon yangi Tensor chipi, yuqori darajadagi kameralarga ega.

O‘QING: iPad mini (2021)'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xulosa

Android Authority

9.7балл

Apple ҳозирда ўз смартфонларига янги иновация киритмаётгани учун танқид қилинмоқда. Гарчи iPhone 13 Pro Max кўп жиҳатдан аввалги 12 Pro Max'га ўхшаса-да, янги iPhone эскисидан фарқли ўлароқ юқори экран янгиланиш частотасида ишловчи дисплей, юқори унумдорликни тақдим этувчи янги A15 Bionic чипи ҳамда такомиллашган камераларга эга.

Дизайн

Дисплей

Камера

Функциявийлик

Aлоқа

Унумдорлик

Aккумулятор

Qaerdan sotib olish mumkin?

Openshop.uz 19,094,000 Sotib olish

 Afzalligi

  • Ёрқин OLED дисплей ҳамда 120Hz экран янгиланиш частотаси
  • Юқори аккумулятор автономлиги
  • Сифатли стерео карнай
  • Юқори унумдорлик
  • Янги камера имкониятлари

 Kamchiligi

  • Дизайн ўзгаришсиз қолган
  • Оғир ва қўпол корпус
  • 120Hz барча учинчи томон иловари билан ишламайди
  • Тезкор қуввтлаш имконияти мавжуд эмас
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.