TeraTavsif: Apple Watch Series 7

TeraTavsif: Apple Watch Series 7

Bugundan yangi Apple Watch Series 7 oldindan buyurtmalar berish boshlandi. Ertadan esa ularni do‘konlardan sotib olish mumkin bo‘ladi. Qurilmaning narxi 399 dollar bo‘lib, ushbu narx evaziga smart soat katta hajmli ekran, qirilishlarga bardoshli korpus hamda tezkor quvvatlanish imkoniyatini taklif etadi.

O‘QING: iPhone 13'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Apple'ning ta’kidlashicha, kattaroq displey qurilmada matn yozishni osonlashtiradi. Mustahkam korpus esa smart soatni turli qirilishlardan saqlaydi. Agar siz Apple Watch Series 4 yoki undan oldingi modellardan foydalansangiz, yangi model bilan ularning o‘rtasida katta farq bor. Biroq Series 5 yoki Series 6 Apple Watch'lar bilan taqqoslaganda, yangi modelda katta o‘zgarishlar bo‘lganini aytish qiyin. Shunday bo‘lsa ham, qurilma hozirda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Apple smart soati hisoblanadi.

Displey

Apple Watch Series 7 qurilmasi 41 hamda 44 millimetrlik displeylarga ega. Avvalgi Series 4, Series 5 hamda Series 6 smart soatlariga nisbatan uning displeyi 20% ga kattaroq bo‘lsa, Series 3 hamda SE modellarnikidan 50% ga kattaroq.

Qurilmaning displey hajmi oshgani o‘z navbatida undan foydalanishni osonlashtirgan, misol uchun, kalkulyator, taymer, sekundomer kabi ilovalar kattaroq ekranda yaxshiroq boshqariladi. Shuningdek, Apple qurilmaga to‘liq QWERTY klaviaturasini ham kiritdi.

Avvalgi modellarda xabarlarni birma-bir yozishga imkon beradigan Apple Scribble hamda text-to-speech funksiyasiyalari bor edi. Bularning barchasi hali ham yangi smart soatda mavjud, ammo Scribble yoki text-to-speech funksiyasilariga qaraganda ekrandagi klaviaturadan foydalanish ancha oson.

Shuningdek, ekran hajmining kattalashishi smart soatdagi matnlar harfini ham kattalashishiga sabab bo‘lgan. Bu o‘z navbatida ko‘z sohasida muammolari bo‘lgan foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi. Agar sozlanmalardan matn harflari kattalashtirilsa, bu barcha ilovalar uchun amal qiladi.

Displey yorqinlik darajasi juda yaxshi, quyosh nurlari ostida ham bemalol ekrandagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Yangi Apple Watch Series 7'ning midnight, starlight, yashil, ko‘k va qizil rangdagi turlari mavjud.

Mustahkam korpus

Yangi smart soat displeyining himoya shishasi 50% qalinlashgan. Bu o‘z navbatida shishaning chidamlilik darajasini oshirgan. Mustahkamlik darajasi bo‘yicha yettinchi avlod Apple smart soati avvalgi modellardan ancha yaxshiroq.

Qurilmaga IP6X changdan himoya standartiga ega. Shuningdek, uning quvvatlanish tezligi ham oshgan. Apple'ning aytishicha, yangi smart soat avvalgi Series 6'dan 33% ga tezroq zaryad oladi. 0% dan 80% gacha quvvat olish uchun qurilma 45 daqiqa vaqt sarflaydi. Akkumulyator avtonomlik darajasi ham juda yaxshi, to‘liq quvvat bilan smart soat bir yarim kun ishlab bera oladi.

Nimalar o‘zgarmagan?

Apple Watch Series 7'da bir necha o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, undagi aksariyat xususiyatlarni Series 5 hamda Series 6 hatto SE seriyasida ham uchratish mumkin. Barcha smart soatlarda yurak urishi tezligini aniqlovchi sensor hamda Fitness+ mashqlar dasturi mavjud. Ular Wi-Fi hamda uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Series 7 smart soatida bo‘lgan barcha funksiyalar avvalgi Series 6 smart soatida ham bor. Bundan tashqari, ikkala smart soat ham bir xil protsessor bilan jihozlangan.

Sotib olish kerakmi?

Agar sizda Series 5, Series 6 yoki SE smart soatlari bo‘lsa, Series 7'ni sotib olishga hojat yo‘q. Chunki yangi modelda bo‘lgan barcha funksiyalar ushbu smart soatlarda ham bor. Agar kattaroq displey yoki tezkor quvvatlanish imkoniyati siz uchun muhim bo‘lsa, Series 7 smart soatini sotib olishingiz mumkin.

Shuningdek, sizda Series 4 hamda Series 3 kabi eski Apple smart soatlari bo‘lsa, u holda ham yangi Series 7 smart soatini sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Apple Watch 7 taqdim etildi: katta displey hamda qirilishlarga bardoshli korpus

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.