TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (3-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (3-qism)

Kunduzgi tasvir sifati

Mi 11 Ultra'ning asosiy kamerasida olingan 12MP rasmlar sifati a’lo darajada. Rasmdagi ob’yektlar aniq chiqqanligi bilan bir qatorda unda shovqin mavjud yemas.

Yorqin ranglar, ayniqsa, tashqarida va tabiat manzaralarida olingan suratlarda aks etadi. Sun’iy intellekt rejimida ham suratlar yaxshi chiqqan. Shuningdek, suratlarning dinamik diapazoni ham ajoyib darajada.

...

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

Telefoto kamera 5x zum yaqinlashtirish orqali surat olsa, asosiy kamera orqali ham 2x zumda ajoyib suratlarni olish mumkin. 2x zumda olingan rasmlar 1x zumda olingan rasmlar kabi detallashmagan bo‘lsa-da, Mi 11 Ultra'ning raqobatchilari Galaxy Note20 Ultra va S21 Ultra'da olingan 2x zumli suratlardan yaxshiroq chiqqan.

...

Periskop 5x zum kamera ham ajoyib suratlar oladi. Yorug‘lik yuqori bo‘lgan joyda ushbu kamerada olingan suratlar detallashgan va yoqimli mikro kontrastga ega. Telefoto kamerasida olingan suratlar asosiy kamerada olingan suratlarchalik tiniq emas. Suratlarga diqqat bilan qarasangiz, unda biroz shovqin borligi bilinadi. Biroq umumiy olganda, telefoto kamera ham yaxshi suratlarni olishga qodir.

Zum kamerada olingan suratlarda dinamik diapazon ajoyib darajada, bundan tashqari, hatto uning ekspozitsiyasi asosiy kameranikidan ham yaxshrioq. Ranglar aniqligi ham yaxshi darajada.

...

Ultrakeng kamera ham o‘z ishini a’lo darajada bajaradi. Suratlar detallashgan hamda yuqori aniqlikda. Shuningdek, ushbu suratlarda ham shovqin mavjud yemas. Dinamik diapazon hamda ekspozitsiya ajoyib darajada. 

...

Ultrakeng kamerasidagi avtofokus ob’yektlarni  yaqin masofadan suratga olishga imkon beradi. Ammo bu usulda makro kamera kabi o‘ta yaqinlashtirib olish mumkin emas. Bunday holatda kamera fokusni ushlay olmaydi.

...

Qurilmadagi uchala kamera ham Quad Bayer/Tetrapixel sensoriga ega. Asosiy kamera 50MP bo‘lsa, qolgan ikki kamera 48MPni tashkil qiladi.

...

Barcha rejimlarda olingan suratlarda shovqin bo‘lishi kutilgan edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Mi 11 Ultra'ning kameralari o‘z ishini a’lo darajada bajardi.

...

Asosiy, telefoto hamda ultrakeng kamerada yuqori sifatli suratlarni olish mumkin.

...

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (2-qism)

Past yorug‘likda suratlar sifati

Xiaomi Mi 11 Ultra'ning “Rasm sifatini oshirish“ deb nomlangan sozlamalar bo‘limida o‘zgartirish tugmasi bo‘lib, bu fotosurat rejimida avtomatik tungi rejimni yoqadi. Ushbu tugma standart ravishda smartfonda yoniq bo‘ladi.

Suratlar keng dinamik diapazon ega. Biroq kamchiliklar ham yo‘q emas. Misol uchun, ko‘chadagi chiroqlar nuri suratning ba’zi joylarida qizg‘ish rang radiyasiyasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Oq rang balansi va ranglar uyg‘unligi esa rasmda yaxshi namoyon bo‘lgan.

...

Fotosurat rejimida avtomatik takomillashtirish o‘chirilgan holda olingan bir xil sahnalar.

...

Quyida bir nechta rasmlar bo‘lib, ular maxsus tungi rejim orqali suratga olingan.

...

Oddiy foto rejimida olingan suratlarda dinamik diapazon cheklangan. Shuningdek, qorong‘i bo‘lgan joylarda olingan rasmlar detallashmagan. Ushbu holatda tungi rejimdan foydalanish afzalroq.

Standart rejim va tungi rejimni taqqoslash uchun fotosurat rejimida avtomatik takomillashtirish funksiyasini o‘chirib bir necha suratlar olindi.

...

Quyida tungi rejimda olingan suratlarga nazar tashlaymiz.

...

Smartfonning qolgan ikki kamerasida ham tungi rejim mavjud. Ultrakeng kameradan olingan surat na’munalari shuni tasdiqlaydiki, ular tungi rejim orqali olingan suratlardan farq qiladi.

Yorug‘lik past bo‘lgan joylarda ultrakeng kamera orqali olingan suratlar sifati a’lo darajada. Suratlar detallashgan, shovqin kam, ranglar o‘z o‘rnida hamda asosiy kamerada olingan suratlar kabi qizg‘ish rang hosil bo‘lmagan.

...

Tungi rejim dinamik diapazon borasidagi muammolarga barham beradi va yaxshi tonal ekstremallikni taqdim etadi.

...

2x zumdan tunda foydalanish mumkin. Biroq natijalar unchalik yaxshi emas. Dinamik diapazon biroz torroq. Suratlarda esa yorug‘lik kam. Shunday bo‘lsa-da, suratlardagi ob’yektlar aniq chiqqan.

...

5x zumda ham yaxshi detallashgan suratlarni olish mumkin. Garchi suratlarda biroz shovqin bo‘lsa ham, shuningdek, dinamik diapazon unchalik yaxshi bo‘lmasa ham, umumiy olganda, rasm sifati yaxshi darajada.

...

Mi 11 Ultra'da tungi rejim ancha takomillashganini suratlarda shovqinning kamligi hamda undagi yorug‘lik oshganidan sezish mumkin.

...

Portret rejimi

Mi 11 Ultra'da portret rejimini asosiy kamera bitta kattalashtirishda boshqaradi. Kattalashtirish 1,4x zum yoki 33-35 mm atrofida bo‘ladi. Suratlarda ob’yekt aniq chiqqan. Dinamik diapazon keng. Ob’yekt yaxshi ajratib olingan. Portret rejimda diafragma standart ravishda f/3.2 bo‘lsada, f/2.0 diafragmada ham surat olish mumkin.

...

Selfi

20MP Tetrapixel selfi kamera nominal o‘lchamda suratga oladi. Ushbu kamera detallashgan suratlarni olishga qodir. Suratlarda ranglar uyg‘unligi va dinamik diapazon ajoyib darajada.

...

Ob’yektni xiralashish maydonidan ajratib olishda kamera o‘z ishini yaxshi bajarsa-da, ob’yektning ba’zi joylari biroz xiralashish maydoniga qo‘shilib ketgan.

Orqa kameralardan kichik displey orqali selfi uchun portret rejimidan foydalanib bo‘lmaydi. Orqa kameradan faqatgina oddiy selfi kamera sifatida foydalanish mumkin. Biroq orqa kameralar tabiiy xiralashishni yaratishga imkon beradi.

...

Katta sensor sayoz chuqurlikda tabiiy xiralashishni hosil qiladi. Orqa kamera sensorlari yorug‘likni yaxshi qabul qilishi tufayli, yorug‘lik past bo‘lgan joylarda ham sifatli selfi suratlarni olish mumkin.

...

Selfi kameradan ultrakeng kamera sifatida foydalanish mumkin. Bunda o‘ta keng bo‘lgan hududlarni ham suratga olish mumkin. Ammo yorug‘lik past bo‘lgan joyda ultrakeng selfi kamera yaxshi suratlar olishga qodir emas.

...

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

Kunduzgi tasvir sifatini taqqoslash

Mi 11 Ultra Xiaomi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan eng yaxshi kamerafon hisoblanadi. Mi 11 Ultra'ni Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan eng kuchli kameraga ega bo‘lgan Galaxy S21 Ultra bilan taqqoslaymiz.

Mi 11 Ultra va Galaxy S21 Ultra'ning asosiy va ultrakeng kameralarini taqqoslasak, zum uchun Mi 11 Ultra'ni Galaxy Note20 Ultra bilan taqqoslaymiz. Chunki ikkala smartfon ham nominal 5x zum kameraga ega. Shuningdek, 10x va 20x zumda Mi 11 Ultra'ni Galaxy S21 Ultra bilan ham taqqoslaymiz.

Mi 11 Ultra va S21 Ultra'ning asosiy kameralarida olingan suratlarda sezilarli farq bor. Suratda ob’yektlar rangi Mi 11 Ultra'da biroz to‘qroq bo‘lsa, Galaxy S21 Ultra'da ob’yektlar aniqroq chiqqan.

Piksel darajasi bo‘yicha Mi 11 Ultra o‘z ishini S21 Ultra'ga nisbatan yaxshiroq bajargan. Ikkala smartfonda olingan suratlarda shovqin mavjud emas.

...

Ultrakeng kamerada farqlar yanada oshadi. Bu borada Mi 11 Ultra ustunlikka ega. Mi 11 Ultra'da olingan suratlar S21 Ultra'da olingan suratlarga nisbatan aniqroq chiqqan.

Mi 11 Ultra'ning ultrakeng kamerasida olingan suratlarda asosiy kamerada bo‘lgan yorqinlik yetishmaslik muammosi yo‘q. Ikkala smartfon ham suratga kerakli darajada yorqinlik bera olgan.

Ultrakeng kameradagi yana bir farqqa to‘xtaladigan bo‘lsak, Mi 11 Ultra S21 Ultra'ga nisbatan kengroq hududni jamlay oladi.

...

5x zumda Mi 11 Ultra'ni Galaxy Note20 Ultra bilan taqqoslaymiz. Bu borada Mi 11 Ultra o‘z ishini yana yaxshiroq bajargan. Mi 11 Ultra'da olingan suratlar Note20 Ultra'da olingan suratlarga qaraganda yaxshiroq kontrast hamda dinamik diapazonga ega.

...

10x zumda esa yana Mi 11 Ultra hamda S21 Ultra'ni taqqoslaymiz. Samsung'ning telefoto kamera sensori Mi'ning 5x telefoto kamera sensoridan kichikroq. S21 Ultra'da telefoto kamera 10MPni tashkil qilsa, Mi 11 Ultra'da ushbu kamera 48MPni tashkil qiladi.

Mi 11 Ultra'da texnik jihatdan 10x optik zum kamera bo‘lmasa-da, negadir Mi 11 Ultra'da olingan suratlar sifati S21 Ultra'nikidan yaxshiroq chiqqan. Hatto, 20x zumda ham Mi 11 Ultra o‘z ishini S21 Ultra'ga nisbatan yaxshiroq bajargan.

...

...

Past yorug‘likda suratlar sifatidagi taqqos

Past yorug‘likda Mi'ning asosiy fotosurat rejimi (tungi avtomatik rejim o‘chirilgan holda) Galaxy'ga qaraganda tonal rivojlangan tasvirlarni beradi. Mi 11 Ultra qorong‘i joylarni yaxshi yoritib bera olgan. Galaxy S21 Ultra'da olingan surat biroz qorong‘iroq chiqqan bo‘lsa-da, yorug‘lik past bo‘lgan joylarni yaxshiroq yoritib bergan.

Mi 11 Ultra'da farqli o‘laroq, S21 Ultra'ning kamerasida ko‘cha chiroqlarni qabul qilishda muammo bo‘lmadi. Suratlardagi ranglar aniq chiqqan.

...

Tungi rejimda ikkala smartfon yaxshi suratlarni taqdim eta oladi. Ikkala smartfonda olingan suratlarda dinamik diapazon o‘xshash.

...

Ultrakeng kameraning fotosurat rejimida Galaxy S21 Ultra dinamik diapazon bo‘yicha ustunlikka erishgan. Biroq ushbu suratlarda biroz shovqin borligi seziladi.

...

Umumiy olganda, ikkala smartfonning ultrakeng kamerasi tungi rejimda yaxshi suratlarni olishga qodir.

...

Zum kamerada esa Mi 11 Ultra qurilmasi Galaxy Note20 Ultra'ga qaraganda detallashgan suratlarni olgan. Ayniqsa, yorug‘lik past bo‘lgan joylarni Mi 11 Ultra rasmdagi ob’yektni yaxshiroq yoritib bergan.

...

Tungi rejimda Mi 11 Ultra aniq va detallashgan suratlarni taqdim eta oladi.

...

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (1-qism)