TeraTavsif: Poco M4 Pro 5G (2-qism)

TeraTavsif: Poco M4 Pro 5G (2-qism)

Dasturiy ta’minot

Poco M4 Pro 5G smartfoni Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12.5 grafik qobig‘ida ishlaydi. Poco foydalanuvchi interfeysida bir qancha mavzu va ikonkalar mavjud. Foydalanuvchi o‘zining xohishiga qarab, ularni o‘zgartirishi mumkin.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Poco M4 Pro 5G (Redmi Note 11)

Smartfon yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri orqali blokdan chiqariladi. Skaner juda tez va aniq ishlaydi. Barmoq izi skanerini ishlatishda tugmani bosib blokdan chiqish tavsiya etiladi. Aks holda, barmoqlar skaneriga tegib ketaverib, smartfonni PIN-kod orqali blokdan chiqarishga to‘g‘ri keladi.

Foto: GSMArena

Qurilmani, shuningdek, yuzni aniqlash tizimi orqali blokdan chiqarish mumkin. Biroq bu usul barmoq izi skaneriga qaraganda biroz ishonchsizroq.

Skrinshot: GSMArena

Bosh ekran yorliq, fayl va vidjetlar bilan to‘la. Bosh ekranni chap tomon surish orqali Google Discover'ni aktivlashtirish mumkin.

Skrinshot: GSMArena

Poco M4 Pro 5G smartfoni Always On Display funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Shuningdek, unda super fon rasmlari ham mavjud emas.

Poco uchun mo‘ljallangan MIUI 12'da ilovalar javoni mavjud, biroq Redmi smartfonlaridan farqli ravishda, Poco M4 Pro smartfonida ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yishning iloji yo‘q. U ilovalarni avtomatik ravishda toifalarga ajratadi, ya’ni ilovlarni aloqa, ko‘ngilochar, fotosurat, sozlanmalar, biznes kabi toifalarga ajratish mumkin. Foydalanuvchi ushbu toifalarni tahrirlashi yoki ularni butunlay o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Skrinshot: GSMArena

Bildirishnomalar paneli ikkiga ajralgan bo‘lib, undan bildirishnomalar va boshqaruv markazlari o‘rin olgan.

Skrinshot: GSMArena

Bildirishnomalar markazini ochish uchun ekranning chap qismidan pastga, boshqaruv markazi uchun ekranni o‘ngdan pastga surish kerak bo‘ladi.

Skrinshot: GSMArena

Agar bunday ikkiga ajralgan dizaynni yoqtirmasangiz, boshqaruv markazini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Shunda panel o‘zining odatiy ko‘rinishiga qaytadi.

Skrinshot: GSMArena

Ilovadan ilovaga o‘tish paneli o‘zgarmagan. U yaqinda foydalanilgan ilovalarni ikki ustunda ko‘rsatib turadi. Ikkita ilovani bitta ekranda ochish uchun paneldagi ilova kartasini bosib turish kerak bo‘ladi. Ilovalarni yopish uchun esa ekranni chapga yoki o‘ngga surish kifoya.

Skrinshot: GSMArena

MIUI 12 grafik qobig‘ida ko‘plab mavzular mavjud. Yangi mavzularni esa Themes Store'dan ko‘chirib olish mumkin. Mavzu o‘rnatilganda u fon rasmi, ringtonlar va ikonkalarni o‘zgartiradi.

Skrinshot: GSMArena

Kompaniya MIUI 12'ga yangi maxfiylik opsiyalarini qo‘shdi. Endi surat va videolardan joylashuv hamda boshqa smartfon haqidagi ma’lumotlarni olib tashlash mumkin.

Skrinshot: GSMArena

MIUI tizmida, shuningdek, Xavfsizlik ilovasi mavjud. U smartfondagi zararli dasturlarni skanerlash, qora ro‘yxatni boshqarish, ma’lumotlardan foydalanishni boshqarish yoki cheklash, akkumulyator quvvatini sozlash va operativ xotirani tozalash kabi vazifalarni bajaradi.

Skrinshot: GSMArena

MIUI 12 tizimida odatiy Galereya, Musiqa va Video ilovalari mavjud. Ba’zi hududlar uchun esa pullik strim musiqa va video ilovalari bor. Shuningdek, smartfonda FM radio hamda Mi Pulti ilovasi ham mavjud.

MIUI 12 qorong‘u rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu rejimni ilova va fon rasmlarga ham tadbiq qilish mumkin.

Skrinshot: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Apple iPhone 13 Pro Max

Unumdorlik

Poco M4 Pro 5G smartfoni MediaTek kompaniyasining Dimensity 810 chipi bilan jihozlangan. Avvalgi Poco M3 Pro esa Dimensity 700 chipiga ega edi.

Dimensity 810 chipi kuchliroq CPU yadrolariga ega, shuningdek, uning quvvat samaradorligi ham ancha oshgan.

Skrinshot: GSMArena
Skrinshot: GSMArena

Chipset 2 ta 2.4 gigagertsli Cortex-A76 yadrosi hamda 6 ta 2.0 gigagertsli Cortex-A55 yadrosidan iborat. Katta A76 yadrosining tezligi 2.2 gigagertsdan 2.4 gigagertsgacha oshgan.

Smartfonga eski Mali-G57 MC2 grafik protsessori o‘rnatilgan. Shunisi ajablanarliki, uning tezligi 950 million gertsdan 859 million gertsgacha pasaygan.

Chip takomillashgan 5G modem hamda tasvir signal protsessoriga ega.

Poco M4 Pro 5G qurilmasi LPDDR4X tezkor xotira hamda UFS 2.2 xotira bilan jihozlangan. Smartfonning 4/64GB hamda 6/128GB xotiraga ega turi mavjud.

CPU benchmark natijalari juda yaxshi. Poco M4 Pro barqaror unumdorlikni taqdim eta oladi.

Skrinshot: GSMArena

Nazariy jihatdan GPU ishlash tezligi pastroq bo‘lsa-da, o‘zining darajasidagi chiplar bilan bir xil natija qayd eta oladi.

Qurilma bir soat davomida CPU Throttle testidan o‘tdi. Yakunda 100% lik ko‘rsatkichdan 79% natijani qayd etdi.

Skrinshot: GSMArena

So‘ng, 3D Mark Stress testida smartfon 99.4% barqarorlikni qayd etdi.

Skrinshot: GSMArena

Albatta, Poco M4 Pro 5G o‘ta yuqori unumdorlikni taqdim etuvchi flagman smartfon hisoblanmaydi. Biroq qurilma kuchli bosim ta’sirida yaxshi ishlay oladi. O‘tkazilgan sinovlar mobaynida smartfon qizib ketmadi.

Foydalanuvchi interfeysi 90Hz ekran yangilanish chastotasida juda yaxshi ishlaydi. Ammo hech qaysi o‘yin 90 kadr/sekund yangilanishni qo‘llab quvvatlamaydi. Yuqori grafikadagi o‘yinlarni past rezolyusiyada o‘ynagan ma’qul. Shunda smartfon qotishlarsiz ishlaydi.

Albatta, Poco M4 Pro 5G o‘yinbop smartfon emas, lekin unda o‘yinlar uchun grafik sozlanma mavjud.

Kamera

Poco M3 Pro bilan taqqoslaganda M4 Pro'da bitta kamera kamroq. Qurilmaga asosiy hamda ultrakeng kameralari o‘rnatilgan. Sath va makro kameralardan voz kechilgan. M3 Pro'da ushbu kameralar bo‘lsa-da, u ultrakeng kameradan mahrum etilgan edi.

Foto: GSMArena

Samsung'ning ISOCELL S5KJN1 sensori smartfonga asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. O‘shbu sensor Tetraceel filtriga ega. Shuningdek, u f/1.8 diafragma linzasiga ega bo‘lib, PDAF funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamerada tungi rejim mavjud.

Sony kompaniyasining f/2.2 diafragma linzasiga ega bo‘lgan IMX355 sensori M4 Pro'ga ultrakeng kamera sifatida o‘rnatilgan. Ushbu kamerada tungi rejim mavjud emas.

Shuningdek, qurilma 16MP selfi kamera bilan jihozlangan bo‘lib, u OmniVision OV16A1 sensori, Quad-Bayer filtri hamda f/2.5 diafragma linzasiga ega.

Foto: GSMArena

Kamera ilovasida bir kameradan ikkinchi kameraga o‘tish uchun ekranni chap yoki o‘ngga surish kerak bo‘ladi. Kamera ilovasida barcha rejimlar mavjud. Ob’yektni yaqinlashtirish uchun 0.6x, 1x hamda 2x raqamli zumlar mavjud. Hech qanday optik zum haqida gap so‘z yo‘q, chunki smartfonda telefoto kamera mavjud emas.

Tasvir sifati

Asosiy kamera standart 12.5 megapikselli suratlarni oladi. Ranglar tabiiy ko‘rinadi, kontrast va dinamik diapazon maqtovga loyiq, shovqin darajasi esa nihoyatda past.
Suratdagi detallashuv o‘rta darajada, o‘ta aniq ham, o‘ta yomon ham emas. Suratdagi barg va odamlar yuzi xuddi mo‘yqalam bilan chizilgandek ko‘rinadi. Byudjet sinfiga mansub bo‘lgan smartfon bo‘lsa ham, Poco M4 Pro yaxshi suratlarni taqdim etadi.

AI triggeri Poco M4 Pro 5G da mavjud. Odatdagidek, u osmon, o‘simlik, binolar kabi ob’yektlarga qarab kontrastni kuchaytiradi. Bu yo‘l bilan ranglarning to‘yinishi hamda surat sifati yaxshilanadi.

2x zumda olingan rasmlarning sifati ancha yaxshi. Xatto uning sifati 1x zumda olingan suratlardan ham yaxshiroq. Agar zum rejimidan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, 1x dan ko‘ra 2x zumni tanlagan yaxshi.

8MP ultrakeng kamerada olingan suratlarning sifati juda yaxshi. Suratdagi detallashuv a’lo darajada. Shovqin kam, kontrast va dinamik diapazon yaxshi darajada. Bir so‘z bilan aytganda, Poco M4 Pro'ni eng yaxshi ultrakeng suratlarni taqdim etuvchi byudjet smartfon deyish mumkin.

Smartfonda hech qanday sath sensori mavjud emas. Portret suratlar uchun qurilma AI magic funksiyasiga tayanadi. Ushbu funksiya o‘z ishini a’lo darajada bajaradi. Markaziy ob’yekt xiralashish maydonidan xatoliklarsiz ajratib olinadi.

Suratlar yorqin, aniqlik va kontrast darajasi juda yaxshi. Bu borada ham Poco o‘z ishini juda yaxshi bajara oladi.

Smartfonning narxidan kelib chiqadigan bo‘lsak, yurug‘lik past bo‘lgan bo‘lgan paytda olingan suratlar sifati yaxshi. Aniqlik, kontrast va ranglar uyg‘unligida muammolar yo‘q. Dinamik diapazon borasida muammolar kuzatildi.

Oldingi avlod Poco M3 Pro bilan taqqoslaganda yangi smartfonning kameralari ancha takomillashganini ko‘rishimiz mumkin.

Yorug‘lik past bo‘lgan joyda tungi rejim orqali suratga olish tavsiya etilmaydi. Chunki tungi rejimda olingan suratlarda standart rejimda olingan suratlarga qaraganda biroz shovqin ko‘proq. Shuningdek, suratdagi ob’yektlarning aniqlik darajasi juda past. Birgina afzallik tomoni tungi rejim suratga yetarlicha yorug‘lik bera oladi.

Tungi paytda ultrakeng kamerada olingan suratlarda ranglar uyg‘unligi va kontrast darajasi yaxshi. Biroq rasmning aniqlik darajasi juda past. Shuni ta’kidlash kerakki, ultrakeng kamerada tungi rejim mavjud emas.

Selfi kamerada olingan suratlarning sifati juda yaxshi. Ranglar uyg‘unligi, kontrast, dinamik diapazon borasida hech qanday muammo mavjud emas. Rasmda shovqin bilinar-bilinmas darajada.

Selfi kamerada ham portret suratlarni olish mumkin, biroq sifat darajasi ko‘ngildagidek emas. Ob’yektni xiralashish maydonidan ajratib olishda kamera qiyinchiliklarga duch keladi.

O‘QING: TeraTavsif: Redmi 10 – Xiaomi, toming ketdimi?

Video yozuv

Poco M4 Pro 5G barcha kameralarida 1080@30kadr/sekund formatda videoga olishi mumkin. Shuningdek, barcha kameralar elektron stabilizatsiya funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon 4K formatda video yozib ola olmaydi. Asosiy kamera maksimal 1080@60kadr/sekund formatda videoga olishi mumkin.

Video bit tezligi 20Mb/sekundni, audio bit tezligi esa 256Kb/sekundni tashkil qiladi.

Asosiy kameradan olingan 1080p formatdagi videolarda aniqlik, dinamik diapazon va kontrast darajasi yetarlicha. Ko‘rganlarimiz ichida eng sifatli video bo‘lmasa-da, byudjet sinfidagi smartfon uchun bu yaxshi natija.

Ultrakeng kamerada olingan videolar sifati yaxshi emas. Videoda dinamik diapazon darajasi pastroq, aniqlik ham yetarli darajada emas. Shuning uchun, video yozishda ultrakeng kamera o‘rniga asosiy kameradan foydalangan yaxshiroq.


Muqobillar

Poco M4 Pro 5G juda yaxshi smartfon. Qurilmaning ustun tomonlari deb katta displey, stereo dinamik, yuqori unumdorlik darajasi, yaxshi kameralar, 5G tarmog‘i, uzoq muddatli akkumulyator avtonomligi va tezkor quvvatlanish imkoniyatini aytish mumkin.

5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi byudjet sinfiga kiruvchi smartfonlarning soni xalqaro bozorda yetarlicha. Byudjet smartfonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hozir kompaniyalar o‘rtasida shiddatli raqobat ketmoqda.

Poco M4 Pro 5G smartfoni 230 yevro narxda sotuvga chiqdi. Uning 6/128GB versiyasining narxi 250 yevroni tashkil qiladi.

Xuddi shu narxga realme 7 5G smartfonini sotib olish mumkin. Ushbu smartfon Poco'ga qaraganda 120Hz yuqori ekan yangilanish chastotasi hamda unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan grafik protsessorni taqdim etadi, biroq unda stereo dinamik mavjud emas.

Foto: GSMArena

Yana bir muqobil tanlov bu - Poco M3 Pro, hozirda u 185 yevro narxda sotilmoqda. Agar arzon narxdagi Poco smartfoni sotib olishni xohlasangiz, Poco M3 Pro yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.

Foto: GSMArena

Shuningdek, Galaxy A22 5G'ni ham unutmaslik lozim. Uning displey, chipset, akkumulyator va kamera texnik jihatlari Poco M4 Pro smartfoniniki bilan o‘xshash. A22 5G'da IP standarti bor, biroq u stereo dinamik hamda tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlanmagan. Bundan tashqari, u Poco M4 Pro 5G'ga qaraganda qimmatroq.

Foto: GSMArena

4G smartfonlar orasida ham Poco M4 Pro uchun yetarlicha muqobillar bor. Agar 5G siz uchun unchalik muhim faktor bo‘lmasa, ushbu smartfonlarni ham sotib olishingiz mumkin.

Birinchi navbatda Poco X3 Pro'ga to‘xtalib o‘tish zarur. Ushbu smartfon 120Hz LCD displeyi hamda flagman darajadagi Snapdragon 860 chipi bilan jihozlangan. Uning narxi 230 yevroni tashkil qiladi, shu bilan birga, qurilma M4 Pro'ga nisbatan u ko‘proq xotira, yaxshiroq stereo dinamik, yuqori unumdorlik va qo‘shimcha makro kamerani taqdim etadi.

Foto: GSMArena

Yana bir muqobil tanlov bu - Redmi Note 10. Pro 240 yevro evaziga smartfon 120Hz AMOLED displeyi va 108MP asosiy kamerani taqdim etadi. Xuddi shu narxdagi realme 8 Pro esa 6.4 dyuymli AMOLED displeyi, 108MP kamera va 50 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. Biroq ushbu smartfonda stereo dinamik mavjud emas.

Foto: GSMArena

Bundan tashqari, 190 yevro narxdagi Galaxy A22 smartfoni ham Poco M4 Pro'ga muqobil variant bo‘lishi mimkin. Qurilma 90Hz AMOLED displeyi va to‘rta kameraga ega. Biroq unda tezkor quvvatlash texnologiyasi hamda stereo dinamik mavjud emas.

Foto: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A72

Xulosa

GSMArena

9.3балл

Poco M4 Pro 5G - ўз нархига мос бўлган смартфон. Қурилма камералари яхши суратларни тақдим этади. Бюджет синфига мансуб бўлса-да, унга стерео динамик ўрнатилган. Шунингдек, смартфон аккумулятор автономлик вақти билан мақтана олади. Тезкор қувватлаш имкониятининг мавжудлиги ҳам қувонарли ҳолат.

Дизайн

Дисплей

Камера

Функциявийлик

Aлоқа

Унумдорлик

Aккумулятор

Qaerdan sotib olish mumkin?

amazon.de 249 yevro Sotib olish

 Afzalligi

  • 90Hz частотали катта LCD дисплей
  • Катта ҳажмли аккумулятор ҳамда тезкор қувватланиш имконияти
  • Стерео динамик
  • Сифатли видео ва суратлар
  • Сатҳ камерасиз ҳам яхши портрет суратларни тақдим эта олади
  • Ҳамёнбоп нарх

 Kamchiligi

  • Макро камера мавжуд эмас
  • 4K видео форматда видео олишнинг имкони йўқ
  • Poco M3 Pro билан таққослаганда смартфон унумдорлигида ўзгариш бўлмаган
  • 90Hz частота GPU ишлашига салбий таъсир кўрсатиши мумкин
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!