TeraTavsif: Redmi 10 – Xiaomi, toming ketdimi?

TeraTavsif: Redmi 10 – Xiaomi, toming ketdimi?

Oxirgi vaqtda biz asosan o‘rta va flagman darajasidagi smartfonlardan foydalanishga o‘rgandik. Albatta, bunday qurilmalarda ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining barcha qiziqarli g‘oyalarini amalga oshiradilar, yangi xususiyatlar va innovatsion texnologiyalarni qo‘shadilar. Lekin, unchalik ham talabchan bo‘lmagan mijozlarga zavq ulashib kelayotgan byudjet smartfonlarini ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Bularning barchasi bugungi "mijoz", yangi Xiaomi Redmi 10 smartfoni borasida gap boradi va maqola davomida diqqat bilan o‘rganib chiqiladi. Sizni katta va’dalar ostida qolgan yangi mahsulotni batafsil o‘rganib chiqishga taklif yetamiz.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Asosiy xususiyatlari

Ishni asosiy xususiyatlarni o‘rganishdan boshlaymiz. Qarshimizdagi byudjet smartfoni bo‘lganligi uchun bu qurilmaning parametrlari ham o‘ziga yarasha kamtar va oddiydir. Lekin, Redmi 10 telefoni ham o‘ziga yarasha qiziqarli xususiyatlarga ega:                                                                                                                        

Displey diagonali: 6,5"

Matritsa turi: LCD IPS.

Ekran ruxsati: Full HD+ (2400 x 1080), yangilanish darajasi 90 Gs.

Korpus materiali: Plastik.

O‘lchamlari: 161.9 x 75.5 x 8.9 mm, og‘irligi 181 gramm

Tarmoq: 2G, 3G, 4G.

Protsessor: 12-nanometrli MediaTek Helio G88 2.0 Ggs maksimal soat tezlik bilan, grafik tezlatgich Mali-G52 MC2.

Xotira: 4/128 GB GB, 6/128 GB 4/64.

Asosiy kamera: 50 MP (f/1.8 diafragma) + 8 MP (keng burchakka optikasi) + 2 MP (so‘l) + 2 MP (portret rejimida).

Old kamera: (f/2.0 diafragma) 8 MP.

Aloqa: Wi-fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.1, GPS, NFC, infraqizil port, FM radio. Android

OC Andoid 11 + MIUI 12.

Batareya: 5000 mAch, 18 vattlik simli va 9 vattlik teskari (reversiv).

Ranglar: kulrang (Carbon Gray), oq (Pebble White) va Sea Blue (ko‘k).

Narxi: $149 (4/64 GB), $169 (4/128 GB) va $179 (6/128 GB).

Qadog‘i

Uzoq kutilgan lahzaga kirishamiz – qadoqni ochish. Redmi 10 komplektatsiyasi odatiy bo‘lgani tufayli sizni hayratlantirmaydi. Oq qutini ochib bo‘lgach, birinchi bo‘lib ko‘zimiz tushadigan narsa bugungi qahramonimiz, so‘ng esa zarur qo‘shimchalar – USB Type-C kabeli, SIM-lotkani ochish uchun maxsus skrepka, shaffof silikon g‘ilof (arzon, lekin chiroyli) va 22.5 vattli quvvatlagich. E’tibor bering, qurilma faqat 18 Vt orqali tez quvvatlanishi mumkin. Komplektatsiya haqida aytadigan boshqa tayinli gap yo‘q. Endi esa bu qurilmaning tashqi ko‘rinishiga o‘tamiz.

Dizayn va hajm

Xiaomi Redmi 10 sizni ajoyib dizayni bilan ajablantira oladi. Yangilik Note 10 liniyasidagi barcha smartfonlar qatori yaratilgan, ramkalar nozik, ammo chiroyli did bilan ishlangan. Orqa tarafda esa asosiy kamera blogi mavjud bo‘lib, pastgi qismida hashamdor qilib "50 MP" va "AI-CAM" yozuvi tushirilgan.

Redmi 10 butunlay plastikdan tayyorlangan. Qurilmaning narxini hisobga olgan holda boshqa material kutish amri mahol. Lekin bu yerda muhim narsa: plastik mat qoplamali, yaltiroq emas va bu bir necha ko‘rsatkichlarda ustun turadi. Birinchidan, korpus mat qoplamali bo‘lganligi uchun qimmatbaho ko‘rinadi. Ikkinchidan, u qo‘lda qulayroq turadi. Uchinchidan, barmoqlar o‘zidan iz qoldirmaydi. Lekin bu bizning fikrimiz, u yog‘i sizga havola. Ehtimol, ba’zi odamlar baribir yaltiroq qoplamani afzal ko‘rishar.

O‘QING: Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

O‘lchovlar: 161.9 x 75.5 x 8.9 mm, og‘irlik 181 gramm. Ha, bu ixcham telefon yemas. Ranglari oddiy va yoqimli, oq, tovlanuvchan moviy yoki kulrang rangdagi smartfonni tanlashingiz mumkin.

Redmi 10 smartfonida tirqishlar o‘z o‘rnida qolgan. Ishlab chiqaruvchi simli quloqchin uchun audiotirqishni qoldirgani quvonarli. Maishiy jihozlarni masofadan boshqarish uchun IK-port mavjud. SIM karta uchun slot ham ajoyib ko‘rinishda: siz bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-karta va xotira kartasini o‘rnatishingiz mumkin. Juda qulay, shunday yemasmi? Biz standart USB Type-C tirqishi borasida to‘xtalib o‘tirmaymiz, lekin bir juft dinamikani alohida ta’kidlab o‘tamiz. Ha, Redmi 10 o‘z stereodinamikasi bilan maqtana oladi. Ovoz chiqarishi juda yaxshi, ammo baribir flagmanlar darajasida yemas.

Displey

Redmi 10 asosan bizni o‘z ekrani bilan ajablantiradi. AMOLED o‘rniga o‘rta sifatli IPS matritsa o‘rnatilgan. Rang o‘zatish xira, ekran ranglarga to‘yinmagan, burchaklar ham o‘ziga yarasha. Yangilash darajasi 90 Gs, va bu yehtimol yagona yutuq taraf. Aslida 90 Gs yesa AMOLED-matritsalarda yaxshiroq ishlaydi. Smartfon sozlamalarida quvvatni tejash uchun 60 Gs o‘rnatishingiz mumkin.

Kundalik foydalanish uchun Redmi 10 ekrani juda qulay, ammo videolarni tomosha qilganda yoki o‘yinlar paytida, ayniqsa, ilgari AMOLED yoki yuqori sifatli IPS dan foydalangan bo‘lsangiz ba’zi dilxiraliklar bo‘lishi mumkin. Afsuski, kompaniya ekran uchun juda ko‘p narsalarni tejagan.

Smartfonni oqlash uchun IPS matritsalarini ustun taraflarini aytib o‘tamiz: ko‘zlaringiz KIMdan (keng impuls modulyasiya) charchamaydi. DC Dimming funksiyasiga qaramay, ayniqsa, nozik ko‘zli ba’zi foydalanuvchilar Redmi Note 10 va Note 10 ustidan shikoyat qilishadi. Redmi 10 telefonida siz bunday muammoga duch kelmaysiz, bu ham bir ijobiy holat.

Samaradorlik va o‘yin testi

Redmi 10 smartfoni MediaTek Hekio G88 protsessori bilan ishlaydi. Bu joriy yilning iyul oyida taqdim etilgan protsessorning yangi modeli. Platformada 2.0 Gs chastotali ikkita yuqori samarali ARM Cortex-A75  yadrolari va oltita energiya tejovchi Cortex-A55 (1.8 Gs) mavjud. Grafik tezlatkich rolini Mali-G52 MC2 bajaradi. Helio G88 kundalik vazifalar uchun mo‘ljallangan kirish darajasidagi apparat. Internetga osongina kirishingiz, videolarni tomosha qilishingiz va o‘yin o‘ynashingiz mumkin. Proshivka interfeysi yaxshi yuklanadi, lekin smartfon 90 gersni bir amallab ko‘taradi.

Resurs talab qiladigan o‘yinlar bilan vaziyat juda ayanchli. Biz Redmi 10 smartfonini ikki mashhur Shadowgun Legends va Genshin Impact o‘yinlari o‘ynash orqali tekshirib ko‘rdik va xulosa qilishga tayyormiz.

Shadowgun Legends o‘yinini maksimal kuch bilan o‘ynash mumkin, lekin sizga doimiy mikrofrizlar halal beradi. O‘rtacha yangilanish 25 FPS. Agar zerikarli kechikish holatlarisiz yoki kamroq kuch talab qiladigan o‘yin o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, o‘rtacha-past yoki o‘rtacha parametrlarni o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi.

Genshin Impact o‘yini bilan esa vaziyat qoniqarli emas. Maksimal sozlamalarda ba’zi sahna kadrlari umuman yuklanmaydi. Bundan tashqari, tez-tez mikrofrizlar ham borligi bor gap. O‘rtacha 10.5 FPS chiqadi. Bu juda past natija. Minimal sozlamalarda, harqalay, o‘ynasa bo‘ladi. Deyarli barcha sahna kadrlari odatda silliq, lekin hali ham kamchilik bor. Kadr tezligi o‘rtacha 12-17 FPS gacha ko‘tariladi. Telefon 10 daqiqadan so‘ng juda qizib ketib, harorati 50 darajaga yetadi – jiddiy zarar yetish xavfi paydo bo‘ladi.

Agar o‘yin o‘ynash uchun smartfon izlayotgan bo‘lsangiz, Redmi 10 telefonini tanlamang, bu smartfon o‘yinlar uchun emas. Ba’zan kichik sozlamalar talab qiladigan o‘yin o‘ynash mumkin mayli, bundan ortig‘i emas. Aslida, bu byudjet smartfonlari uchun kutilgan holat.

Xotira

Oldindan aytamiz, tezkor xotira yetarli yemas. Asosiy va o‘rta versiyalari 4 GB – bu bugungi kun uchun nihoyatda oz. Yuqori versiya 6 GB taklif qiladi. Ichki xotira uchun faqat ikkita variant mavjud – 64 va 128 GB. O‘zgarishlar smartfonning byudjet narxlari segmentiga tegishli ekanligini aniq ko‘rsatmoqda.

Dasturiy ta’minot va ishlash barqarorligi

Xiaomi Redmi 10 smartfoniga o‘n birinchi avlod androidi o‘rnatilgan. Albatta, MIUI 12 proshivkasi bor, lekin proshivkaning bu versiyasiga qator shikoyatlarimiz mavjud. Boshlanishida smartfon juda beqaror ishlaydi (ushbu qurilma uchun qobiqning birinchi versiyasi ta’sir qiladi). Qurilma kundalik vazifalarda ham qiynalib ishlaydi va ba’zan faqat qayta ishga tushirish yo‘li bilan tuzatish mumkin bo‘ladi. Va yana bir qator mayda salbiy holatlar mavjud bo‘lib, biz e’tibor qaratmaslikka qaror qildik. Shuning uchun biz hozir yangi mahsulot sotib olishni tavsiya qilmaymiz. Ishlab chiquvchilar yanada optimallashtirilgan qurilmani e’lon qilish uchun kamida bir yoki ikki oy kuting.

Asosiy va old kamera

Asosiy kameraga o‘tamiz. Smartfon Samsung ning 50 megapikselli moduliga ega, ammo u tayinli ishni bajarmaydi. Kunduzgi fotosuratlar yuqori sifatli, qoniqarli va yorqin. Realme Narzo 30A bilan solishtirganda deyarli hech qanday farq yo‘q, Redmi 10 biroz qizg‘ish suratga oladi. Ammo kech tushishi bilan biz o‘rganib chiqayotgan smartfonimiz yaxshiroq suratga tushiradi, sifati a’lo va ranglarni yetkazib berish ham qoniqarli holatga keladi.

Bundan tashqari, telefon uchta qo‘shimcha sensorga yega: 8 MP keng burchakli, 2 MP makro va 2 MP portret rejimli. Keng burchakli yaxshi, kundalik fotosuratlar uchun juda mos keladi. Makro va portret rejimi oddiy, bu funksiyalarni kamdan-kam foydalanuvchi doimiy ravishda foydalanadi.

Video maksimal suratga olish sifati –1080p@30fps. Sifat yomon emas, biroq stabilizatsiya yo‘q. Ovoz yozish o‘rtacha. Old kamera f/2.0 diafragma – o‘rtacha sifat, 8 Mp. Ijtimoiy tarmoqlarda selfi uchun yetarli sifatga ega.

Aloqa

Biz quvonch bilan e’lon qilmoqchi bo‘lgan birinchi narsa smartfonning global versiyasida NFC modulining mavjudligi. Juda kutilmagan va yoqimli xususiyat, hatto Note 10 ning eski modeli ham ushbu texnologiyadan bebahra qolgandi. Qolgani, kommunikatsiyalarning odatiy yig‘indisi: Wi-Fi, GPS, Bluetooth 5.2. Hattoki radio ham o‘rnatilgan. Yaqinlashish datchiki barqaror ishlaydi. Ha, biz unga e’tibor berishimiz g‘alati, chunki datchik to‘g‘ri ishlashi kerak, lekin Xiaomi kompaniyasida har doim bu bilan katta muammolar bo‘lib kelgan. Tebranish motori o‘rtacha.

Batareya va avtonomlik

Xiaomi Redmi 10 smartfonlarining batareyalari 5000 mAch. 18 vattli tezkor va hatto 9 vattli reversiv zaryad bor. Ya’ni, siz boshqa qurilmalarni Redmi orqali zaryad qilishingiz mumkin, reversiv zaryad berish biroz zaif bo‘lsa ham. Sinov davomida batareyaning zaryadi 8 soatu 20 daqiqa davom yetishini aniqladik. Yaxshi natija, lekin top darajada emas. Agar smartfoningizning ishlash vaqti siz uchun muhim bo‘lsa 60 Gs o‘rnating.

Narxi

Biz allaqachon marra chizig‘idamiz. Yangi mahsulotning qiymati va savdoga chiqish sanasini bilish qoldi xolos. 4/64 GBli asosiy versiyasi uchun 149 AQSh dollari to‘lash kerak bo‘ladi. Xuddi shunday RAM bilan, lekin 128 GB doimiy xotirali smartfon uchun esa xarajatlar 169 AQSh dollarini tashkil qiladi. 6/128 GB kabi eng yaxshi versiyasi esa 179 AQSh dollari turadi. Narxi yoqimli, shu uchun bu telefonning ba’zi kamchilik va nuqsonlariga ko‘z yumsak bo‘ladi.

Xulosalar

Xiaomi Redmi 10 ni bir so‘z bilan ta’riflanish mumkin – qoniqarli. Qurilma barcha zarur funksiyalarga ega va unchalik ham talabchan bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mos keladi. Ha, protsessor zaif, ekran ham ajoyib yemas, lekin bu 150-160 AQSh dollarini oqlaydi. Smartfon zamonaviy ko‘rinadi, asosiy kamera yaxshi, hatto NFC ham bor. Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar bir oy ichida yechilsa kerak.

Lekin keyingi savol, Redmi 10 byudjet smartfonlar segmentida yetakchi bo‘la oladimi? Bizningcha, yo‘q! Misol uchun, Poco M3 Pro deyarli shu narxda bo‘lsa-da, ishonchingizni ko‘proq oqlaydi. Muxtasar qilib aytganda, agar siz arzon smartfon qidirsangiz, Redmi 10 ga murojaat qiling, albatta boshqa variantlarni rad qilmagan holda. Ehtimol boshqa yaxshiroq variantlar ham chiqib qolar.

Ijobiy jihatlar:

50 megapikselli asosiy kamera;

Yangilangan 90 Gs ekran;

Did bilan ishlangan zamonaviy ko‘rinish;

Tez quvvatlanadigan 5000 mAch sig‘imli ega batareya;

Kengaytirilgan SIM-slotlari;

NFC mavjudligi;

Stereodinamikalar;

Narx.

Salbiy jihatlar:

Sifatsiz IPS ekran;

Kuchsiz protsessor;

Juda beqaror proshivka;

Tezkor va doimiy xotira kamligi.

O‘QING: Poco X3 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xulosa

0балл

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!