TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (1-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (1-qism)

Samsung Galaxy A21s smartfonining tavsifiga bag‘ishlangan maqolalar jamlanmasining birinchi qismiga xush kelibsiz.

Olti qismdan iborat tavsifimizning keyingi qismlari e’lon qilinishi bilan ularni bu yerdan o‘qishingiz mumkin bo‘ladi.

Ushbu ilk maqolada smartfon bilan tanishib, uning texnik jihatlari va qadoq tarkibini ko‘rib chiqamiz.

Tanishtiruv
Oddiy foydalanuvchi u yoqda tursin, texnologiya sohasi vakili sifatida shaxsan biz uchun ham Galaxy A seriyasining yangi modellari haqida doimiy to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish qiyinchilik tug‘diradi. Ammo bitta oddiy qoida bor — model raqami qanchalik kichik bo‘lsa, smartfon narxi shunchalik arzon bo‘ladi. Galaxy A21s ham bundan mustasno emas. Qurilma anchayin hamyonbop model bo‘lib, kishini o‘ziga tortuvchi bir necha jihatlarga ega.

So‘nggi Galaxy A modellarining ko‘piga Super AMOLED ekran qo‘yilgan bo‘lsa-da, aksariyat hamyonbop qurilmalarga bunday panellarni qo‘yish ularning narxini oshirib yuboradi. Shuning uchun, Samsung'dagilar Galaxy A21s uchun PLS TFT ekran tanlashgan. Ekran diagonali 6.5 dyuym bo‘lib, 720p rezolyutsiyaga ega. Smartfon Samsung'ning o‘zi ishlab chiqargan Exynos 850 chipida ishlaydi. Bu chip qog‘ozda anchayin adekvat, ammo bosim ostida o‘zini qanchalik namoyish qilishini tez orada bilib olamiz.

Katta ekrani bilan bir qatorda Galaxy A21s'ning maqtashga arzirli to‘rt kamerali moduli va 5,000 mA/soat sig‘imga ega kattagina akkumulyatori bor. Tezkor zaryadlash ham qo‘llab-quvvatlanadi. Kamera jamlanmasi o‘rta toifa qurilmalariga xos. Qahramonimiz 48 megapiksellik asosiy kamera, 8 MP ultrakeng burchakli kamera, 2 MP makro va 2 MP sath kameralariga ega.

Galaxy A21s eng so‘nggi Galaxy'lar kabi One UI 2.1 qobig‘ida ishlaydi. Ushbu model Galaxy A21'ning davomchisi hisoblanadi.

Keling, endi quyida Galaxy A21s'ning texnik jihatlari ro‘yxati bilan batafsil tanishib chiqamiz.

Samsung Galaxy A21s texnik jihatlari

> Korpus: 163.7x75.3x8.9 mm, 192 g; plastik korpus va rom;

> Displey: 6.5" PLS TFT, 720x1600 piksel rezolyutsiya, 20:9 tomonlar nisbati, 270 piksel/dyuym zichlik;

> Chip: Exynos 850 (8 nm): sakkiz yadroli [email protected]; Mali-G52 MP1;

> Xotira: 3/4/6GB RAM; 32/64GB eMMC 5.1 xotirasi; microSDXC (maxsus uya);

> Dasturiy ta’minot: Android 10, One UI 2.1;

> Orqa kameralar: •Keng (asosiy): 48 MP, f/2.0, 26 mm, 1/2.0", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 123°, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 2 MP, f/2.4, 4 sm lik qo‘zg‘almas fokus; •Sath: 2 MP, f/2.4; LED chiroq, panorama, avto HDR;

> Old kamera: 13 MP, f/2.2;

> Video yozuv: •Orqa kamera: 1080p@30 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.;

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 15 vatt tezkor quvvatlash;

> Boshqa: barmoq izi skaneri (orqa tomonda), akselometr, giroskop, yaqinlik sensori, kompass; FM radio, RDS, diktofon, NFC, 3.5 mm audio jek.

Texnik jihatlar qatorida ko‘zga tashlanmaydigan muhim jihat — suvdan himoya. To‘g‘ri, bu kabi arzon smartfonning suvdan himoyalangan bo‘lishi kulgili tuyulishi mumkin, lekin ko‘plab boshqa raqiblar, jumladan, Motorola, realme va Xiaomi'lar arzon smartfonlarida ham korpusga suv kiritmaydigan himoya qatlami yoki shunga o‘xshash boshqa bir himoya usulini taqdim qilmoqda. Endi, esa qahramonimizni qadog‘idan ochib ko‘ramiz.

Qadoq tarkibi
Galaxy A21s smartfoni qog‘ozdan ishlangan oq qadoqda bo‘ladi. Qadoq ichiga 15 vattlik quvvatlash adapteri va USB-C turdagi kabel ham kiritilgan. Samsung ushbu modelini tezkor quvvatlana oladigan qilganidan xursandmiz; hozirda o‘ta kam kompaniyalar byudjet smartfonlariga tezkor zaryadlash texnologiyasi o‘rnatadi.

Ekran hech qanday himoyalovchi qoplamga ega emas, qadoq ichiga g‘ilof ham solinmagan.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (1-qism)

Xulosa

8балл

Umumiy baho

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy (32GB) 1 943 000 сўм Sotib olish
Olcha (32GB) 1 948 000 сўм Sotib olish
Radius (32GB) 1 999 000 сўм Sotib olish
Openshop (32GB) 2 040 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Кичик тирқишли катта ва кенг экран
  • Аъло даражадаги аккумулятор автономлиги
  • Энг сўнгги Android ва One UI
  • Тоифаси учун юқори даражадаги тасвир ва видео сифати
  • NFC

 Kamchiligi

  • Процессор самарадорлиги инадекват
  • Экрандаги ранглар тиниқ эмас
  • Селфилар сифати талаб даражасида эмас
  • Бироз секин қувват олади
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.