TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (3-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (3-qism)

Samsung Galaxy A21s o‘rta toifa smartfoniga bag‘ishlangan tavsifimizning ham qoq o‘rtasiga keldik. Hozirga qadar qurilmaning texnik jihatlari va qadoq tarkibi hamda dizayni va qurilmaviy sifatini ko‘rib chiqdik.

Tavsifimizning barcha qismlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Quyida smartfon displeyi, akkumulyatori, quvvat olish imkoniyati va karnayi borasida o‘tkazilgan laboratoriya sinovlari natijalari bilan tanishamiz.

Displey
Samsung Galaxy A21s kattagina — 6.5 dyuymli PLS TFT ekraniga ega. Ekran 720p+ rezolyutsiya va 20:9 tomonlar nisbatiga ega. Yuqori chap tomonda selfi kamera uchun aylanasimon tirqish ochilgan. Ekran chetlari hozir urfda bo‘lgan stilda, ya’ni yoysimon qilib ishlangan.

Displeyning aniq rezolyutsiyasi 1,600x720 piksel, ya’ni bir dyuym maydonda 270 ta piksel joylashgan. Bu unchalik ham tiniq emas. Ammo byudjet toifa uchun 720p rezolyutsiya ma’qul kelaveradi va raqib modellarning ko‘pi ham ayni shu rezolyutsiyaga ega.

Samsung LCD ekran ustidagi himoya qoplamini qaysi kompaniya ishlab chiqarganini ma’lum qilmagan.

Ba’zi hollarda, kamera tirqishi atrofidagi ekran yorug‘ligi bir tekis emasligi seziladi. Bu, ayniqsa, yorqin fonda bilinadi, lekin, aslida, ushbu muammo yuzaga kelishi kutilgan edi, chunki LCD panelning LED fon yoritilishi mukammal emas.

«Ruchnoy» rejimda ekranning maksimal yorug‘lik darajasi 408, avto rejimda esa 491 ekanligi qayd etildi. Bu LCD ekran uchun o‘rtacha natija va byudjet model uchun qabul qilsa arziydigan ko‘rsatkich. Redmi 9 ekrani, misol uchun, maksimal yorug‘likda ham bundan nursiz.

Galaxy A21s ekrani qora ranglarni ham o‘rtacha darajada ko‘rsatadi. Panelning kontrast nisbati yaxshi — 1300:1. Bundan yomonroq va ayni damda yaxshiroq natijalari ham ko‘rganmiz.

Minimal yorug‘lik darajasi esa 4.8 nitni tashkil qiladi. Bu tunda o‘qish uchun yaxshi daraja, ammo qoyilmaqom ko‘rsatkich emas.

Displey sinovi 100% yorug‘lik
Qora, kadeta/m² Oq, kadeta/m² Kontrast nisbati
Samsung Galaxy A21s 0.317 408 1287:1
Samsung Galaxy A21s (maks. avto.) 0.384 491 1279:1
Samsung Galaxy A31 0 423
Samsung Galaxy A31 (maks. avto.) 0 635
Samsung Galaxy A41 0 417
Samsung Galaxy A41 (maks. avto.) 0 624
Xiaomi Redmi 9 0.202 328 1624:1
Xiaomi Redmi 9 (maks. avto.) 0.253 426 1684:1
Motorola G8 Power 0.341 500 1466:1
Motorola G8 Power (maks. avto.) 0.53 741 1398:1
Motorola One Fusion+ 0.319 454 1423:1
Motorola One Fusion+ (maks. avto.) 0.4 562 1405:1
Xiaomi Redmi Note 9S 0.303 421 1389:1
Xiaomi Redmi Note 9S (maks. avto.) 0.42 575 1369

Samsung Galaxy A21s smartfonida kontrast yoki rang opsiyalari mavjud emas. Ekrandagi ranglar sRGB gammasi doirasida ko‘rsatiladi. Sinovlarda ranglarning o‘rtacha deltaE darajasi 6.8, maksimal og‘ish ko‘rsatkichi esa 10.5 ekanligi ma’lum bo‘ldi. Oq va kulrang ranglarda ko‘k tus mavjudligi aniq ko‘zga tashlanadi, qolgan ranglar esa kuchsiz. Tasvirlar yuvilgan bo‘lib ko‘rinadi.

Avtonomlik va zaryadlash
Samsung Galaxy A21s'ni 5,000 mA/soat sig‘imga ega Li-Po akkumulyatori quvvat bilan ta’minlab turadi. Akkumulyator 15 vattda tezkor zaryadlana oladi. Qadoq tarkibida ham 15 vattlik quvvatlagich bor. Ammo bu tezkor quvvatlash xususiyati real sharoitlarda rostdan ham tezkor emas. 30 daqiqada smartfon atigi 26% zaryad yig‘adi.

Avtonomlik sinovimizda qahramonimiz 119 soatlik qoyilmaqom natija qayd etdi. Smartfonda ovozli qo‘ng‘iroq, video tomoshasi va veb-brauzing amaliyotlari bilan quvvat anchaga yetadi.

Karnay
Galaxy A21s'ga bitta karnay qo‘yilgan va u qurilma quyisida joylashgan. Karnay o‘rta tonlar va basslarni yaxshi chiqaradi. Yettita musiqa bilan o‘tkazilgan ovoz balandligi testimizda smartfon kalonkasi O‘rtacha natijani ko‘rsatdi. O‘yin o‘ynaysizmi, musiqa tinglaysizmi yoki video tomosha qilasizmi — bularning hammasida karnay balandligi yuqori darajada bo‘lmaydi.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (3-qism)

Xulosa

8балл

Umumiy baho

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy (32GB) 1 943 000 сўм Sotib olish
Olcha (32GB) 1 948 000 сўм Sotib olish
Radius (32GB) 1 999 000 сўм Sotib olish
Openshop (32GB) 2 040 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Kichik tirqishli katta va keng ekran
  • Aʼlo darajadagi akkumulyator avtonomligi
  • Eng soʻnggi Android va One UI
  • Toifasi uchun yuqori darajadagi tasvir va video sifati
  • NFC

 Kamchiligi

  • Protsessor samaradorligi inadekvat
  • Ekrandagi ranglar tiniq emas
  • Selfilar sifati talab darajasida emas
  • Biroz sekin quvvat oladi
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.