TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (5-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (5-qism)

Samsung Galaxy A21s'ga bag‘ishlangan tavsifimizning beshinchi, oxirgidan oldingi qismiga xush kelibsiz.

Tavsifning boshqa qismlar bilan bu yerda tanishing.

To‘rt kamerali modul
Galaxy A21s'ning orqa paneli hammamizga yaxshi tanish bo‘lgan 4 ta linzalar jamlanmasidan iborat — asosiy, ultrakeng, makro va sath kameralari. LED chirog‘i ham bor.

Asosiy kamera Samsung'ning 48MP lik ISOCELL GM2 (S5KGM2) 1/2.0" datchigidan foydalanadi. Kamera 0.8-mikron (µm) piksel, F/2.0 apertura va Quad Bayer rang filtriga ega. Quad Bayer filtri bor degani tasvirlar 12MP rezolyutsiyada saqlanadi degandir, biroq kattaroq — 48MP lik rejim ham bor. Fazani aniqlovchi avtofokus ham mavjud.

Ultrakeng burchakli kamera esa Samsung'ning ISOCELL 1/4.0" sensoridan foydalanadi. Ushbu kamera 1.12µm piskel va f/2.2 aperturaga ega. Fokus — qo‘zg‘almas.

Makro kameraning 2MP datchigi bor, aperturasi f/2.4, fokus esa 4 sm da qo‘zg‘almas. Va nihoyat, sath kameraga ham yetib keldik. Ushbu linza ham f/2.4 aperturali 2MP lik datchikka ega.

Selfi kamera 13 megapiksel rezolyutsiyalik. f/2.2 apertura ortida 1.12µm piksel joylashgan. Bu kamerada ham fokus qo‘zg‘almaydi.

Kamera ilovasi esa boshqa Samsung smartfonlaridagi kabi. Faqat OneUI 2.0'da bir qator kichik o‘zgarishlar qilingan. Masalan, rejimlar nomi kattaroq shriftda yozilgan.

Funksiya jihatidan esa A21s'dagi Kamera ilovasi boshqa kamera ilovalari bilan bir xil. Oynani o‘ng yoki chapga surish bilan rejimlar almashtiriladi. Asosiy oynada rejimlar joylashuv tartibini o‘zgartirish funksiyasi ham bor. Ekranni tepaga yoki pastga vertikal tortish esa old va orqa kameralardan birini faollashtiradi.

Kamera parametrlari tugmasi yuqori chap burchakda joylashgan va bu yerdan turib kameralarning ko‘p jihatini nazorat qilish mumkin. Video va rasm parametrlari uchun yagona oyna mavjud. Sozlamalar qatorida video rezolyutsiyasi, to‘r chiziqlari, geoteglar va h.k. kabilar bor. Galaxy A21s kamerasi Tungi rejimni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Kamera ilovasi

Tasvir sifati
Asosiy kamerada olingan 12 megapiksellik standart tasvirlar biz ko‘rgan eng detalga boy suratlar emas, lekin boshqa jihatlar maqtashga arziydi — rasmlar tiniq, ranglar to‘g‘ri aks etgan, kontrast a’lo darajada va xiralik darajasi juda past.

Avto HDR borligi sababli dinamik diapozon ham aksariyat rasmlarda yaxshi chiqadi.

...

HDR avtomatik ravishda ishlashini sozlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz, lekin ba’zilarga o‘ta ishlov berilgan rasmlar yoqmaydi. Quyida HDR bilan va HDR-siz olingan rasmlarni taqqoslaymiz.

...

Yuqori rezolyutsiyali — 48MP lik rejim ham bor, lekin uni sozlamalar qatoridan topish qiyin. Ushbu rejim negadir tasvir nisbati parametrlari ichida joylashgan. Ammo 48MP da olingan rasmlar atigi qoniqarli sifatga ega. Qisqa qilib aytganda, ushbu rejimda olingan rasmlar katta rezolyutsiyada rasm olaman deb ekspozitsiya uchun sarflagan vaqtingiz va faylning smartfoningiz xotirasidan egallaydigan joyiga arzimaydi.

...

8MP ultrakeng burchakli rasmlar o‘rtacha darajada detalga ega, ranglar aniq, dinamik diapozon yaxshi. Bu rasmlar o‘ta darajada tiniq bo‘lmasa-da, fotolarning boshqa jihatlari yaxshi, kontrast esa sezilarli darajada yaxshi. Hatto qimmat smartfonlarda ultrakeng burchakli kameradan bundan yomonroq natijalarni ko‘rganmiz, lekin A21s'ning ushbu linzasiga yaxshi baho bersa bo‘ladi.

...

2MP sath kamerasi portretlarni olishda qo‘l keladi. Asosiy kamera bilan olingan 12MP portretlar 2MP sath kamerasi bilan yana ham detalga boy bo‘lib chiqadi, kontrast ham oshadi. Fondan sub’yektni ajratish darajasi smartfon toifasi uchun yaxshi darajada. Sun’iy blur ham ancha ko‘ngildagidek chiqadi.

...

Qahramonimizning, shuningdek, 2MP hajmli, 4 sm lik fokusga ega makro kamerasi ham bor. Agar masofani to‘g‘ri olsangiz (bu oson emas), hasharotlar, gullar va shu kabilarning detalga boy suratini hosil qila olasiz. Ranglar to‘g‘ri ko‘rsatiladi, kontrast yaxshi, ammo zo‘r darajada emas.

...

Past yorug‘likda olingan 12MP rasmlar hamyonbop smartfonga mos darajada. Quyosh botish paytida olingan rasmlar esa, ayniqsa, chiroyli — detallar ko‘proq, ranglarning to‘yinganlik darajasi esa a’lo.

...

Ammo tunda hosil qilingan rasmlar xira chiqadi, lekin ijtimoiy tarmoqlarga joylashga arziydi.
Past yorug‘likda olingan ultrakeng burchakli rasmlar esa detalga boy emas, atrof qorong‘ilashishi bilan rasm sifati ham nol darajaga tushib ketadi.

...

Galaxy A21s Tungi rejimga ega emas. Quyida A21s va boshqa muqobil smartfonlarda olingan rasmlarni taqqoslaymiz.
Selfilar
Yoqilgan rejimga qarab, selfi kamera yoki 13MP yoki 13MP dan 8MP qilib kesilgan rasmlar oladi. 13 megapiksellik selfilar sifati o‘rta darajada — rasmlar detalga boy emas, ranglar yuvilgan, kontrast ham maqtashga arzimaydi.

...

Old kamera bilan portretlar olish ham mumkin. Ushbu turdagi suratlar yaxshi sifatga ega. Sub’yektni fondan ajratish mukammal darajada ishlamaydi, buni algoritm blur bilan to‘g‘rilab qo‘yadi. Natija o‘sha-o‘sha, lekin byudjet modellarda bundan yomonlari ham bo‘lgan.

...

Video sifati
Samsung Galaxy A21s smartfoni videolar borasida unchalik ham ko‘p narsaga qodir emas. Video rezolyutsiyasi 1080p@30 kadr/sek. bilan chegaralangan. Elektron video stabilizatsiyasi ham mavjud emas.

Asosiy va ultrakeng burchakli kameralarda olingan video AVC formatda, 17 MB/sek. bitreytga ega. Audiolar esa ikki kanalli 256 Kbit/sek 48 kHz AAC formatda bo‘ladi.

Asosiy kamerada olingan 1080p videolar detalga boy chiqdi, tiniqlik darajasi a’lo, ranglar to‘g‘ri ko‘rsatilgan, dinamik diapozon tabiiy, kontrast esa qoyilmaqom.

Ultrakeng burchakli kamerada hosil qilingan videolar borasida ham xuddi shunday deyish mumkin. Videolar tiniq, ranglar tabiiy, biroq dinamik diapozon biroz pastroq.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (5-qism)

Xulosa

8балл

Umumiy baho

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy (32GB) 1 943 000 сўм Sotib olish
Olcha (32GB) 1 948 000 сўм Sotib olish
Radius (32GB) 1 999 000 сўм Sotib olish
Openshop (32GB) 2 040 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Kichik tirqishli katta va keng ekran
  • Aʼlo darajadagi akkumulyator avtonomligi
  • Eng soʻnggi Android va One UI
  • Toifasi uchun yuqori darajadagi tasvir va video sifati
  • NFC

 Kamchiligi

  • Protsessor samaradorligi inadekvat
  • Ekrandagi ranglar tiniq emas
  • Selfilar sifati talab darajasida emas
  • Biroz sekin quvvat oladi
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!