TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (6-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (6-qism)

Va nihoyat Samsung Galaxy A21s'ga bag‘ishlangan tavsifimizning yakunlovchi qismiga ham yetib keldik. Oldingi qismlarni o‘qish uchun bu yerga bosing.

Xulosa
Galaxy A21s Samsung taklif qilayotgan yaxshi qurilma — 6.5 dyuymli ekran, yaxshigina to‘rtta kamerali modul va yuqori avtonomlikka ega katta sig‘imli akkumulyatorlarning barchasi smartfonda jamlangan. Qurilmaning 32GB lik talqinini 2 million so‘m atrofida xarid qilsangiz bo‘ladi.

Biroq hamyonbop smartfonlar bozori takliflarga to‘la va ular orasida ajralib turish uchun kompaniyalardan narxiga rostdan ham arziydigan telefon ishlab chiqarish talab qilinadi. Hozirda sotuvda bo‘lgan boshqa sheriklariga taqqoslaganda, qahramonimiz noadekvat taklif bo‘lib qoladi.

Muqobillar
realme o‘zining 6i smartfonini Galaxy A21s narxida sotadi. Bu model Galaxy A21s bilan deyarli bir xil — bir xil kattalikdagi ekran (lekin realme ekrani yorqinroq), bir xil to‘rtta kamera va ayni akkumulyator sig‘imi. Ammo realme smartfoni o‘zining tezroq ishlaydigan protsessori va grafikalari bilan Samsung'ni ortda qoldiradi. Bunga qo‘shimcha, realme 6i 4GB tezkor, 128GB doimiy xotiraga ega.

Keyingi muqobil — Redmi 9. Xiaomi'ning bu smartfoni Galaxy'dan 50 dollar atrofida arzon, lekin yaxshiroq va yuqori rezolyutsiyaga ega ekrani bor. Protsessori ham tezroq ishlaydi. Bu model, shuningdek, quloqchin bo‘lmasa ham, FM radio to‘lqinlarini qabul qila oladi.

Yoki bo‘lmasa, 2 million 300-400 ming so‘m atrofida Redmi Note 9S'ni xarid qilish haqida o‘ylab ko‘rsangiz bo‘ladi. 9S suv qaytaruvchi himoya qoplamiga ega. Ekrani kattaroq, yorqinroq va yuqoriroq rezolyutsiyali. Texnik jihatlari ham Galaxy'dan ustunroq, xotirasi sig‘imi katta (128GB). Atigi 300–400 ming so‘m qimmatrog‘iga shuncha afzalliklarga ega bo‘lasiz. Ba’zilar uchun NFC muhim bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 9S NFC'ga ega emas.

...

Huawei P40 Lite ham ayni narx toifasiga mansub. Agar Google'siz yashay olsangiz, arzon narx evaziga ushbu toifadagi eng kuchli chipli smartfonga ega bo‘lishingiz mumkin. Kamera sifati a’lo, akkumulyator avtonomligi ham alqovga loyiq.

Boshqa bir alternativ Samsung'ning o‘zi ishlab chiqargan Galaxy Galaxy A41'dir. AMOLED displeyga ega ushbu qurilmaning texnik jihalari kuchliroq, xotirasi kattatoq va selfilarni ham yaxshiroq oladi. To‘g‘ri, bu modelning hajmi biroz kichik, lekin 2 million 600–700 ming so‘m evaziga yuqori sifatli ekranga ega va yaxshi selfi oladigan qurilma sizniki bo‘ladi.

A21s'ni yer tishlatadigan boshqa bir qurilma Samsung'ning o‘ziniki. 2019 yil chiqqan Galaxy A20 boshqa modellar — A20s, A21 va A21s'larning hammasini changida qoldiradi. 2 million/2 million 100 ming so‘m evaziga Super AMOLED ekranli, kuchliroq CPU/GPU'ga ega ushbu qurilmaning egasiga aylanishingiz mumkin. Faqat, A20'da makro va sath kameralari yo‘qligini esdan chiqarmang.

Yakuniy baho
To‘g‘ri, o‘zini shundoq olib qaraganda, Samsung Galaxy A21s smartfoni yomon smartfon emas, ammo raqiblari bilan taqqoslaganda, uning kamchilik tomonlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Boshqa kompaniyalar sizga 2 million so‘m evaziga yaxshiroq taklif qo‘yadi. Hatto, Samsung'ning o‘zining ham shu narxdagi yaxshiroq boshqa modeli bor.

Narxiga mos smartfonga aylanishi uchun A21s arzonlatilishi kerak bo‘ladi. Ungacha, biz sizga Galaxy A20'ni sotib olishni talkif qilgan bo‘lardik.

Afzalliklari:
> Kichik tirqishli katta va keng ekran;
> A’lo darajadagi akkumulyator avtonomligi;
> Eng so‘nggi Android va One UI;
> Toifasi uchun yuqori darajadagi tasvir va video sifati;
> NFC.

Kamchiliklari:

> Protsessor samaradorligi inadekvat;
> Ekrandagi ranglar tiniq emas;
> Selfilar sifati talab darajasida emas;
>Biroz sekin quvvat oladi.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (6-qism)

Xulosa

8балл

Umumiy baho

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy (32GB) 1 943 000 сўм Sotib olish
Olcha (32GB) 1 948 000 сўм Sotib olish
Radius (32GB) 1 999 000 сўм Sotib olish
Openshop (32GB) 2 040 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Kichik tirqishli katta va keng ekran
  • Aʼlo darajadagi akkumulyator avtonomligi
  • Eng soʻnggi Android va One UI
  • Toifasi uchun yuqori darajadagi tasvir va video sifati
  • NFC

 Kamchiligi

  • Protsessor samaradorligi inadekvat
  • Ekrandagi ranglar tiniq emas
  • Selfilar sifati talab darajasida emas
  • Biroz sekin quvvat oladi
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!