TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

Samsung 2021-yilning eng yaxshi Android smartfoni — Galaxy S21 Ultra'ni taqdim etgandi, biroq 10 million so‘mdan ham qimmatroq bo‘lgan bu smartfonni olish katta xarajat hisoblanadi. Galaxy A52 5G bu narxning yarmidan ham arzonroq, biroq bu Galaxy A52 e’tiborga loyiq emas deganimikan?

Samsung o‘zining A seriyasidagi o‘rta toifa smartfonlarining mijozlarga yoqishi va bu oilaga mansub qurilmalarning ko‘plab bozorlar uchun mos bo‘lishini ta’minlashda anchayin ter to‘kmoqda. A52 5G smartfoni S21 Ultra'ga tenglasha olmasa-da, smartfonni narxiga arziydigan qurilma deb bemalol atash mumkin.

O‘QING: Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bu yilgi Galaxy A52 o‘tgan yilgi A51'dan ancha takomillashganini ko‘rish mumkin.

Ko‘pchiligimiz smartfonimiz sifatli kamera va foydalanishga qulay bo‘lgan interfeysga ega bo‘lishini xohlaymiz. Samsung'dagilar shu va boshqa jihatlarni inobatga olgan holda taqsinga loyiq Galaxy A52 5G smartfonini yaratdi.

Dizayn
Galaxy A52 5G'ning yaltiramaydigan («matoviy») qilib sayqallangan orqa paneli mayin va xuddi shishaga o‘xshaydi. Panel na shisha va na metalldan ishlangan, biroq uzoqdan qaraganda, buni payqash qiyin. Orqa panel o‘zida barmoq izi ushlamaydi. Qurilma 189 gramm og‘irlikka ega bo‘lsa-da, vazn butun smartfon bo‘ylab teng taqsimlangani bois bu unchalik ham bilinmaydi.

Yana bir yaxshi yangilik shuki, smartfon korpusida 3.5 mm audio jek uchun joy topilgan. Bundan tashqari, smartfon microSD kartasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma 8.4 mm qalinlikka ega.

Dizayn borasida xulosa qilsak, biroz yo‘g‘on ekanini inobatga olmasak, Galaxy A52 5G o‘ta qimmat narxga ega bo‘lmagani holda, chiroyli dizaynli, muvozanatlashgan, ko‘rinishidan premium smartfondir.

Samsung Galaxy A52 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.9x75.1x8.4 mm, 189 g, rom va orqa panel plastikdan ishlangan, old tomon Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan, IP68 chang va suvdan himoya (1 metrgacha 30 daqiqa)

> Displey: 6.50 dyuym SuperAMOLED, 90Hz yangilanish chastotasi, 800 nit yorqinlik, 1080x2400 rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 407ppi piksel zichligi

> Chipset: Qualcomm SM7225 Snapdragon 750G 5G (8 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 570 & 6x1.8 GHz Kryo 570); Adreno 619

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; microSDXC (ikkita SIM-karta yoki bitta SIM-karta va microSD)

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, OneUI 3.1

> Orqa kamera: •Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, 1/1.7X", 0.8µm, PDAF, OIS; •Ultrakeng: 12MP, f/2.2, 123 ko‘rish maydoni, 1.12µm; •Makro: 5MP f/2.4; •Sath: 5 MP, f/2.4

> Old kamera: 32MP, f/2.2, 26 mm (keng), 0.8µm

> Video yozuv: •Orqa kamera: [email protected] kadr/sek., [email protected]/120 kadr/sek.; giro-EIS; •Old kamera: [email protected] kadr/sek., [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 25 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 50% 30 daq. (reklamaga ko‘ra)

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida); 3.5 mm audio jek.

Ekran
A52 5G'ning ekrani hoshiyalari sezilarli darajada qalin, biroq bu unchalik ham ahamiyatli emas. Eng qalin hoshiya ekran quyisidagi hoshiyadir. Biroq shunday bo‘lsa ham, devays ko‘rinishidan zamonaviy. 6.5 dyuym diagonalli Super AMOLED panelning piksel rezolyutsiyasi 2,400x1,080p ni tashkil qiladi. Ekrandagi kadr yangilanish chastotasi esa 120Hz ga teng. A52 5G ekranining yorqinlik darajasi tashqi sharoitda ham ancha yuqori. Ko‘rish burchaklari ham a’lo darajada.

Galaxy S20, S20 FE va S10 smartfonlari ekrani haqida anchayin maqtovlarni eshitganmiz. A52 5G ekrani ham sizga xuddi shunday vizual amaliyot taqdim etadi, biroq anchayin arzonroq narx evaziga.

Akkumulyator quvvatini tejash uchun ekranning 120Hz yangilanish chastotasini 60Hz ga sozlab qo‘ysangiz bo‘ladi. Ekranning yuqori markaziga qo‘yilgan kichik aylanasimon selfi kamera tirqishi ham flagmanlarniki kabi.

Galaxy A52 5G'ga ekranosti barmoq izi skaneri qo‘yilgan. Lekin, afsuski, bu Galaxy S21'larga o‘rnatilgan yangilangan sensor emas, balki o‘tgan yilgi S20 Ultra va Note20 Ultra'larga qo‘yilgan anchayin ishonchsiz sensordir. Biometrik ma’lumotlardan, shuningdek, qulfni yuzga ochish funksiyasi ham bor, biroq buni ham eng tezkor yoki to‘g‘ri ishlaydigan tizim deb bo‘lmaydi.

Orqa paneldagi to‘rtta kamera jamlanmasining asosiysi 64 megapiksel aniqlikka ega va tasvirni optik barqarorlashtirish imkoni, fazani aniqlovchi avtofokus hamda f/1.8 diafragma bilan jihozlangan. Qolgan kameralar esa 12 megapiksellik ultrakeng burchakli va 5 megapiksellik makro va sath kameralaridir. Asosiy kamera 4K aniqlikda soniyasiga 30 ta kadr olishga qodir. Tungi Rejim va Single Take funksiyasi ham xizmatingizda.

Galaxy A52 5G kamerasida olingan fotolarni, umuman, yaxshi deyish mumkin. Yorqin kunda olingan suratlar haddan tashqari to‘yingan emas, ranglar palitrasi esa ko‘zga yoquvchi tasvirlarni hosil qilib beradi. Biroq ba’zan kamera yashil rangga haddan tashqari ko‘p urg‘u qaratadi, buning natijasida olingan tasvirlar biroz notabiiy chiqadi. Ushbu holat ko‘pincha ultrakeng burchakli kamera bilan kuzatiladi.

...

Portret rejimi ham yaxshi ishlaydi, sub’yektni oson aniqlaydi, biroq sub’yekt chetlarini fondan ajratish borasida qimmatroq Galaxy'lar bilan bellasha olmaydi. Galaxy A52 5G'ning kamerasi Gooogle Pixel 4a kamerasi kabi sifatli emas. Qurilmaga o‘rnatilgan linzalar oldingi Samsung'lar kamerasidagi ayni muammoga ega — tasvir sifatida beqarorlik va ba’zan haddan tashqari to‘yingan ranglar. Vaholanki, kunlik odatiy vaziyatlarda olingan suratlarni maqbul darajada deyish mumkin.

Dasturiy ta’minot va unumdorlik
Galaxy A52 5G Android 11 asosiga qurilgan OneUI 3.1 dasturiy ta’minotida ishlaydi. Smartfon Snapdragon 750G platformasi va 6GB tezkor xotiraga ega. A52 5G'ga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot tezligi, silliq ishlashi va funksiyaviyligi borasida hech qanday e’tiroz yo‘q.

Samsung'ning OneUI 3.1 interfeysi tushunarli menyu va sozlamalarga ega va foydalanishga qulay. Bildirishnomalar o‘z vaqtida ko‘rsatiladi va ular orqali ma’lum amallarni bajarish imkoni ham mavjud.

Samsung'dagilar Galaxy A52 5G'ga o‘zlarining Exynos protsessorini emas, qualcomm'ning sakkiz yadroli Snapdragon 750G platformasini o‘rnatishgan. Smartfon butun dunyoda mana shu chip bilan sotiladi. Protsessor bilan o‘yinlar o‘ynash amaliyotingiz maroqli kechadi: Asphalt 9: Legends o‘ynini olasizmi yoki Genshin Impact'nimi — SoC qizib ketmaydi. Albatta, bu chipni S21 Ultra'dagi SD888 kabi tezkor deb bo‘lmaydi, biroq kundalik vazifalarni hech qanday qotishlarsiz amalga oshirishingizni ta’minlaydi.

Normal sharoitlardan 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator quvvati ikki kunga bemalol yetadi. Agar o‘yin o‘ynasangiz, albatta, ikki kunlik avtonomlik kafolatlanmaydi, biroq 120Hz chastotali ekran bilan foto va videolar tomosha qilsangiz, kun oxirida ham quvvat miqdori 50% dan ko‘proq bo‘ladi. A52 5G faqat sim bilan, 25 vatta quvvat oladi, ya’ni to‘liq zaryadlanish uchun 80 daqiqa talab qilinadi.

Narxi
Samsung Galaxy A52 5G smartfonini 6GB/128GB konfiguratsiyada Samsung'ning onlayn do‘koni va amazon'dan 490 dollardan boshlab xarid qilsangiz bo‘ladi. O‘zbekistonda esa faqat Galaxy A52 4G qurilmasi sotilmoqda. Samsung Uzbekistan'ning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, A52 4G'ni o‘rtacha 3,937,500 so‘mdan boshlab sotib olish mumkin. Smartfon oq, qora, ko‘k yoki binafsha ranglarda sotuvda mavjud.

Smartfon qancha muddatga chidash beradi?
A52 5G smartfoni IP67 darajali chang va suvdan himoyaga ega. Samsung'ning aytishicha, smartfon to‘rt yil davomida uchta asosiy Android yangilanishini qabul qiladi. 5G aloqasining borligi ham yaxshi yangiliklardan (agar siz yashaydigan hududda 5G bo‘lsa, albatta). Bundan tashqari, microSD karta sloti va kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC borligi ham smartfonning «plyus» tomonlaridan. Agar ashaddiy geymer bo‘lmasangiz, smartfon sizga 2—3 yil muammolarsiz xizmat qiladi.

Galaxy A52 5G sotib olishga arziydimi?
Ha, Samsung Galaxy A52 5G'ning dizayni, unumdorligi, narxi va boshqa qator jihatlari ko‘plab talablarga javob beradi. Smartfon sotib olishga arziydi.

O‘QING: Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xulosa

Digital Trends

9.3балл

«Аъло даражадаги Samsung Galaxy A52 5G муваффақиятли чиқди — дизайни яхши, сизга керак бўлган барча вазифани бажаради, яхши фотолар олади, аккумулятор қуввати икки кунга етади ва айни дамда нархи ҳам ўртача».

Дизайн

Дисплей

Камера

Функциявийлик

Aлоқа

Унумдорлик

Aккумулятор

Qaerdan sotib olish mumkin?

Amazon $489.99 Sotib olish

 Afzalligi

  • Аккумулятор қуввати икки кунга етади
  • Камера ижтимоий тармоқларда улашишга арзийдиган фотолар олади
  • IP67 ҳимоясига эга

 Kamchiligi

  • Бармоқ изи сканери самарасиз
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!