TeraTavsif: Samsung Galaxy A52s 5G (1-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy A52s 5G (1-qism)

Avvalgi tavsiflarda ham aytib o‘tganimizdek, Samsung bu yilgi A seriyasidagi smartfonlarni ancha takomillashtirishga erishdi. “Barcha uchun eng yaxshilari“ shiori ostida kompaniya yangi dizayn, shuningdek yaxshi darajadagi texnik jihatlarga ega bo‘lgan smartfonlarni taqdim etmoqda.

O‘QING: TeraTavsif: Redmi 10 – Xiaomi, toming ketdimi?

Samsung o‘zining eng ommabop smartfonlarini doimo yangilab bormoqda. Misol uchun, Galaxy A52'ning yangilangan A52s 5G talqini bir oy avval kompaniya tomonidan taqdim etildi.

Texnik tomondan smartfonda katta o‘zgarishlar bo‘lmasa-da, Galaxy A52 hamda A52 5G bilan taqqoslaganda, A52s 5G'ni boshqa avlod smartfoni deyish mumkin.

Galaxy A52 hamda A52 5G smartfonlari shu yilning mart oyida taqdim etildi. A52 smartfoni Snapdragon 720G chipi hamda 90Hz Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lsa, uning 5G talqini Snapdragon 750G, 120Hz Super AMOLED displeyiga ega bo‘lgan. Qolgan texnik jihatlar ikkala smartfonda bir xil.

Foto: GSMArena

Yangi Galaxy A52s smartfonini A52 5G'ning takomillashgan versiyasi deyish mumkin. Unda unumdorligi nisbatan yuqori bo‘lgan Snapdragon 778G chipi bo‘lib, bu qurilmani yanada ravon ishlashiga imkoniyat yaratib beradi. Avvalgi ikki smartfonning unumdorlik darajasi biroz past deb baholangan edi, ayniqsa Galaxy A52'ning.

Ammo unumdorlikdagi o‘sish hamda Wi-Fi 6 kabi kichik o‘zgarishlarni hisobga olmasak, yana eski smartfonni ko‘rib turganga o‘xshaymiz. To‘g‘risini aytganda, o‘zgarishglar hatto A52 hamda A52 5G o‘rtasidagi farqdan ham kamroq.

Samsung Galaxy A52s 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.9x75.1x8.4mm, 189g; Old shisha (Gorilla Glass5), orqa panel plastik; IP67 standarti.

> Displey: 6.59 dyuymli Super AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 800 nit yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 29:9 forma faktori, 405ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM7325 Snapdragon 778G 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (4x2.4 GHz Kryo 670 & 4x1.9 GHz Kryo 670); Adreno 642L.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 6/256GB, 8/256GB; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1.

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, 1/1.7“, 0.8µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 123-daraja, 1.12µm; Makro kamera: 5MP, f/2.4; Sath kamera: 5MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 32MP, f/2.2, 26mm (keng), 1/2.8“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs, 25 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); 3.5mm audio jek.

Smartfonning narxi unchalik o‘zgarmagni uchun, shikoyatga o‘rin yo‘q. Bundan tashqari, qurilmani sotib olgan xaridorlar 120Hz, 6.5 dyuymli Super AMOLED displeyi, IP67 standarti hamda yaxshi darajadagi kameralarga ega bo‘lishadi.

Foto: GSMArena

Yana bir bor ta’kidlab o‘tish kerakki, qurilmaning korpus hajmlari 159.9 x 75.1 x 8.4 mm bo‘lib, A52'niki bilan bir xil, bundan tashqari, korpusning plastikdan ishlanganligi, Gorilla Glass 5 shishasini ham avval A52'da uchratgan edik.

Foto: GSMArena

Smartfonning og‘irligi 198 gramm, akkumulyator sig‘imi esa 4,500 mAs, bu ko‘rsatichlar ham A52 qurilmasiniki bilan bir xil hisoblanadi. Yangilik sifatida, qutidan 25 vatttlik quvvatlash adapteri chiqadi. A52 hamda A52 5G smartfonlari garchi 25 vatt quvvatlanish texnologiyasiga ega bo‘lsa-da, ularning qutisida 15 vattlik zaryadlash moslamasi bo‘lar edi.

Qadoq tarkibi

Samrtfon odatiy oq rangda sotiladi. 25 vattlik quvvatlash adapterini hisobga olmasa qadoq tarkibi o‘zgarmagan, ya’ni undan smartfon bilan USB-C kabeli hamda 25 vattlik zaryadlash adapteri o‘rin olgan. Boshqa hech qanday aksessuar qutida mavjud emas.

Foto: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A72

Displey

Samsung yangi smartfonning displeyiga hech qanday o‘zgartirish kiritmagan, ya’ni ushbu 120Hz, 6.5 dyuymli, 1080x2400 piksel rezolyutsiyadagi displey avval A52 5G smartfoniga o‘rnatilgan edi.

Foto: GSMArena

Sinovlarda displey yorqinlik darajasi maksimal 383 nitni tashkil qildi. Biroq avtomatik yorqinlik rejimida displey yorqinlikni 800 nitga oshira oldi. Bu Galaxy A52 hamda A52 5G smartfonlari qayd etgan natijalar bilan hamon bir xil.

Foto: GSMArena

Odatdagidek, Galaxy smartfonlarining displeylarida ikki xil rangni sozlash rejimi bo‘ladi. Natural rejim sRGB ranglar aniqligini bera oladi.

Standart vivid rejimi esa sRGB kabi ranglar aniqligini bera olmaydi. Ushbu rejimda ranglar harorati slayderi bor, biroq bu ham kerakli ranglar aniqligini bera olmaydi.

Foto: GSMArena

Ranglar haqida gapiradigan bo‘lsak, Galaxy A52s 5G smartfoni HDR10+ va HLG kontentlarini qo‘llab quvvatlaydi. Ekran yangilanish chastotasida A52s 5G ikki xil tanlovni taklif qiladi. Birichisi, standart 60Hz, ikkinchisi, esa 120Hz yuqori chastota. Qurilmada adaptiv rejim mavjud emas, shuning uchun, 120Hz chastotada smartfon akkumulyator quvvatini ko‘p sarflaydi.

Skrinshot: GSMArena

120Hz rejimda YouTube, Netflix, ijtimoiy tarmoq ilovalari va o‘yinlar 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishladi. Ammo bu barcha ilovlar 120 kadr/sekundga erisha oladi degani emas.

Shuningdek, faqat 60Hz chastotada ishlovchi ilovalar ham bor. Misol uchun Google Maps va kamera ilovalari asosan 60Hz chastotada ishlaydi. Sinov davomida smartfonda adaptiv chastota bor yoki yo‘qligi tekshirildi. A52s 5G'da bunday rejim yo‘q.

Agar smartfonning ekrani 120Hz rejimiga o‘tkazilsa, u doimo shu chastotada ishlaydi. Bu esa yuqorida aytilganidek, akkumulyatorning ortiqcha quvvat sarflashiga sabab bo‘ladi.

Foto: GSMArena

Akkumulyator avtonomligi

Galaxy A52s 5G smartfoni 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Avvalgi A52 5G ham xuddi shunday hajmdagi akkumulyatorga ega. Biroq A52s 5G'ga nisbatan kuchliroq chip o‘rnatilgan.

Shuning uchun, akkumulyator avtonomligi vaqti ikkala smartfonda ikki xil bo‘lishi mumkin. Biroq yangi smartfonning akkumulyator avtonomligi vaqti Galaxy A52 5G'niki bilan bir xil natijani ko‘rsatdi.

Skrinshot: GSMArena

Demak, smartfonga kuchliroq Snapdragon 778G chipi o‘rnatilishi, uning akkumulyator avtonomligiga ta’sir qilmagan.

Taqqoslash uchun, A52s 5G smartfonining akkumulyator avtonomligi A52 5G va realme GT Master'dan yaxshiroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. 4,250 mAs sig‘imli akkumulyator hamda Snapdragon 778G chipiga ega bo‘lgan Xiaomi 11 Lite 5G NE esa A52s 5G'dan yaxshiroq natijani qayd etgan

Skrinshot: GSMArena

Zaryadlash

Quvvatlash texnologiyasi 25 vattligicha qolgan, biroq A52'dan farqli o‘laroq, yangi modelning qutisida 15 vattlik adapter o‘rniga 25 vattlik quvvatlash adapteri bo‘ladi. realme hamda Xiaomi kompaniyalaridan farqli ravishda, Samsung o‘z smartfonlarini o‘ta tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlashga shoshilmayapti.

Skrinshot: GSMArena

Ko‘rinishidan, kompaniya akkumulyatorning uzoq muddat hizmat qilishiga asosiy urg‘uni bermoqda. Chunki tez quvvatlash texnologiyalari smartfon akkumulyatorini tez ishdan chiqarishi mumkin.

 

Skrinshot: GSMArena

Dinamik

Galaxy A52s 5G stereo dinamikka ega. Ushbu dinamik avvalgi A52 smartfonidan olingan. Asosiy dinamik smartfonning pastki qismida joylashan bo‘lsa, ikkinchi dinamik ekrannin yuqori qismida joylashgan.

Ovoz balandligi borasida, qurilma -27.5 LUFS natijani qayd etdi. Natija yomon emas. Ushbu natijaga Dolby Atmos rejimi o‘chiq bo‘lganida erishildi. Dinamik musiqani yaxshi chiqarmoqda, eng baland sozlanmada ham musiqa sifati o‘zgarmadi. Umumiy qilib aytganda, smartfon dinamiklari yaxshi darajada.

Skrinshot: GSMArena

Audio imkoniyatlari bo‘yicha Galaxy A52s 5G juda ko‘p sozlamalarni taklif qiladi. Video hamda musiqa uchun Dolby Atmos rejimidan foydalanish mumkin. Shuningdek, ushbu funksiyasi o‘yinlar uchun ham taqdim etiladi, bu foydalanuvchilarga yanada o‘yinni zavq bilan o‘ynashga imkon beradi.

Skrinshot: GSMArena

Smartfonda equalizer tizimi bo‘lib, u orqali ovoz sozlanmalarini o‘zgartirish mumkin.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

Unumdorlik

Galaxy A52 5G'dagi asosiy kamchliklardan biri bu Snapdragon 750G chipi edi. Umumiy olganda, ushbu chip ham yomon emas, ammo smartfonning narxidan kelib chiqib, unga yanda kuchliroq chip o‘rnatish mumkin edi. A52s esa yangi hamda kuchliroq bo‘lgan Snapdragon 778G chipi bilan jihozlandi.

Chip 6 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, u to‘rtta Kryo 670 yadrosi (Kortex-A78 asosida), yuqori darajali Adreno 642L GPU va X53 5G modemiga (3,3 Gbit/sekundgacha tarmoqdan yuklash tezligi) ega.

Foto: GSMArena

Yangi chipning xotira imkoniyatlari o‘zgarmagan bo‘lasa-da, uning bir qancha turlari mavjud. Eng kichik xotira turi 6/128GB bo‘lsa, 8/128GB, 8/256GB xotiraga ega bo‘lgan turlari ham bor. Shuningdek, microSD kartasi bilan xotirani kengaytirish mumkin.

Snapdragon 778G chipida yangi Hexagon 770 raqamli signal protsessori bo‘lib, uning unumdorlik darajasi Snapdragon 750G chipidagi Hexagon 696 protsessoridan ikki barovar yuqoriroq.

Chipdagi modem ham yangi. Snapdragon 750G chipidagi X52 modemiga qaraganda har tomonlama tezroq ishlaydigan X53 (5G va LTE) modemi Snapdragon 778G chipiga o‘rnatilgan. Bundan tashqari, yana bir yangi FastConnect 6700 modemi chipga o‘rnatilgan bo‘lib, u Bluetooth 5.2 hamda Wi-Fi 6 simsiz bog‘lanishlarga ega.

Foto: GSMArena

Biz ko‘rgan Snapdragon 778G chipiga ega bo‘lgan deyarli barcha qurilmalarda Kryo 670 katta yadrolar uchta “Gold“ klasterda va bitta “Prime“ klasterda joylashgan bo‘lib, ularning hammasi bir xil maksimal 2,4 GHz chastotada ishlaydi. Biroq, A52s 5G'da faqatgina ikkita 4x2.4 GHz Kryo 670 & 4x1.9 GHz Kryo 670 CPU klasteri mavjud. Shunday bo‘lsada, chipning ishlash tezligi bir xil, faqatgina yadrolar boshqacharoq ajratilgan.

Skrinshot: GSMArena

Snapdragon 778G chipidagi CPU'ning unumdorligi juda yaxshi darajada. Boshqa kompaniyalarning xuddi shu chip bilan jihozlangan smartfonlari bilan taqqoslaganda, Samsung ushbu chip ustida yaxshi ish olib borgan.

Skrinshot: GSMArena

CPU borasida, Snapdragon 778G chipi 780G bilan bir xil ishlash unumdorligini bera oladi, MediaTek 1100 hamda 1200 chiplaridan esa yaxshiroq unumdorlikni taklif etadi.

AnTuTu testida A52s 5G smartfoni 429,675 ballni qo‘lga kiritdi. Bu Snapdragon 860 chipiga ega bo‘lgan Poco X3 Pro qayd etgan natijadan biroz pastroq.

Skrinshot: GSMArena

GFXBench testida qurilmaning GPU unumdorligi tekshirib ko‘rildi. Adreno 642L ushbu testda yaxshi natijani qayd eta oldi, ammo shu narxidagi boshqa smarfonlar A52s 5G'dan yaxshiroq natijani qayd etishgan.

Skrinshot: GSMArena

Galaxy A52s 5G umumiy grafik ballar bo‘yicha Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan smartfonlaridan ko‘ra yaxshiroq natijani qayd etdi.

Skrinshot: GSMArena

Vulkan API hamda OpenGL ES testlarida qurilma juda yaxshi natijani qayd etdi. Bu GPU hamda operatsion tizimning birgalikda yaxshi ishlashining natijasi hisoblanadi.

Skrinshot: GSMArena

3DMark odatda GFXBench testiga qaraganda bir xil aparat ta’minotiga ega qurilmalarning yanada izchil natijalarni taqdim taqdim etadi. Shuning uchun, Snapdragon 778G chipining Galaxy A52 5G'dagi Snapdragon 750G hamda A52'dagi 720G chiplaridan farq qilishini bilib olish mumkin.

Skrinshot: GSMArena

Xulosa qilib aytganda, Galaxy A52s 5G'ning unumdorligi juda yaxshi darajada. Snapdragon 750G'dan 778G ga o‘tish qurilmaning CPU va GPU imkoniyatlarini oshirgan. Shuningdek, chip Bluetooth 5.2 hamda Wi-Fi 6 simsiz bog‘lanishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday takomillashuvdan so‘ng ham, qurilma narxi sezilarli darajada oshmagan.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (1-qism)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!