TeraTavsif: Samsung Galaxy A53 5G

TeraTavsif: Samsung Galaxy A53 5G

Samsung kompaniyasi Galaxy A seriyasidagi ba’zi smartfonlarning texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilab borishni davom etmoqda. Shunday qilib, ushbu smartfonlar endi narxiga nisbatan yaxshi texnik jihatlarni taklif qilmoqda. Ularning 2022 yilgi yangilangan versiyalari ham bundan mustasno emas. Yuqorida Galaxy A73 5G, A53 5G, A33 5G modellari haqida gap ketmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy A13'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bugun Galaxy A53 5G smartfoni bilan tanishamiz. Galaxy A5X qurilmalari seriyadagi eng ommabop smartfonlar hisoblanadi. Shuningdek, ushbu linyadagi gadjetlar katta o‘zgarilarsiz yangilanib boradi. Agar A53 5G hamda A33 5G modellarini o‘zining avvalgi avlodi bilan taqqoslasak, A33 5G modelida kattaroq o‘zgarishlar kuzatilganini ko‘rishimiz mumkin.

Galaxy A52s va A53 5G modellari texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biriga o‘xshash. Umumiy olganda, ikki smartfon o‘rtasida katta o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lsa-da, ba’zi o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish zarur.

Samsung Galaxy A53 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.6x74.8x8.1mm, 189g; old panel shisha, plastik korpus; IP67 standarti.

> Displey: 6.50 dyuymli Super AMOLED, 120 gerts, 800 nits yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 405ppi zichlik.

>Chipset: Exynos 1280 (5 nm): Sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A78 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G68.

> Xotira: 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB, 6/256GB, 8/256GB; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1.

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, 1/1.7X“, 0.8µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 123 daraja ko‘rish burchagi, 1.12µm; Makro kamera: 5MP, f/2.4; Sath kamera: 5MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 32MP, f/2.2, 26mm (keng), 1/2.8“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek; gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 25 vatt quvvatlash texnologiyasi.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC.

Akkumulyatorning 5,000 mAs sig‘imga oshgani yaxshi o‘zgarish. Shuningdek, smartfon Samsung'ning yangi 5 nanometrlik Exynos 1280 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, unda ikkita 2.4 gigagertsli Cortex-A78 va oltita 2.0 gigagertsli Cortex-A55 yadrolari joylashgan. Chip 5G modemga ega bo‘lib, Mali-G68 grafik protsessori bilan integrallashgan. Ko‘rinib turibdiki, Exynos 1280 chipining imkoniyatlari Snapdragon 778G 5G'ga qaraganda yaxshiroq.

Foto: GSMArena

Ammo boshqa tomondan qurilmada ba’zi kamchiliklar ham yo‘q emas. Misol uchun, yangi model 3.5 mm audio jekdan mosuvo bo‘lgan. Bundan tashqari, u Wi-Fi 6 imkoniyatini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Yuqoridagilarni hisobga olmaganda Galaxy A53 5G texnik ko‘rsatkichlar va dizayn jihatidan o‘zining avvalgi avlodiga juda o‘xshaydi. Smartfon korpus o‘lchamlari biroz kichrayganiga qaramay, displey dioganal o‘lchami hamda smartfon og‘irligida o‘zgarish bo‘lmagan. Bu smartfon ekrani atrofidagi ramkalar yanada ingichkalashganini bildiradi. 3.5 mm audio jekni olib tashlanganini esa akkumulyator hajmini oshgani bilan ifodalash mumkin.

Umumiy olganda, smartfon biz bilgan o‘sha Samsung'ning eng ommabop smartfoni. Akkumulyator hajmining oshgani bu juda yaxshi holat, biroq qurilmadagi eng katta o‘zgarish bu Exynos 1280 chipi hisoblanadi. Bu albatta A52s 5G modelidagi Snapdragon 778G chipidan yaxshiroq bo‘lishi kerak.

Qadoq tarkibi

Smartfonning hajmi bilinar-bilinmas kichraygan, ammo uning qutisi kichraygani yaqqol bilinib turadi. Demak, kompaniya qandaydir kerakli aksessuarni qutidan olib tashlagan.

Foto: GSMArena

Qutida smartfon bilan birga USB-C kabeli, SIM-karta ejektori hamda qurilmaga tegishli hujjatlar bo‘ladi holos. Hech qanday quvvatlash adpteri va g‘ilof kompaniya tomonidan qo‘shib berilmaydi. Avvalgi modellar qutisida 15 vattlik quvvatlash adapteri bo‘lar edi. Endi esa ushbu quvvatlash adapterlarini ham qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak bo‘ladi. 25W TA-800 PD Samsung adapterining narxi taxminan 25 dollarni tashkil qiladi.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra

Dizayn

Galaxy A53 5G tashqi ko‘rinishidan Galaxy A52 modelidan farq qilmaydi. Eski dizayn bo‘lsa-da, o‘z ko‘rinishi bilan diqqat torta oladi. Orqa panel matoviy qoplamga ega, kamera modul esa paneldan portib chiqib turadi.

Foto: GSMArena

Qurilmaning o‘lchamlari 159.6 x 74.8 x 8.1 millimetrni tashkil qiladi. A52 modelining o‘lchamlari esa 159.9 x 75.1 x 8.4 mm, ya’ni smartfon hajmi biroz kichraygan. Biroq ikki smartfonni yonma-yon joylashtirilsa ham, buni sezish juda qiyin.

Yangi modelining ekran-korpus nisbati oshgan, biroq ramkalarning ingichkalashgani ham unchalik sezilmaydi. Pastki qismidagi ramka biroz ingichkalashgani seziladi, biroq o‘rta toifa smartfonlarida ramkalarning borligi bilinib turardi.

Foto: GSMArena

Old tomonda Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan yassi AMOLED displey joylashgan. Gorilla Glass 5 qirilishlarga chidamli, ammo unga to‘liq ishonmagan ma’qul. Displey yassi bo‘lganligi uchun unga qo‘shimcha shisha qoplam o‘rnatish mumkin. Ushbu jarayondan so‘ng esa barmoq izi skanerini qayta sozlash maslahat beriladi.

Akkumulyator hajmining kattalashishi qurilmaning og‘irligini ham oshiradi, biroq yangi modelning og‘irligi 189 garmmni tashkil qiladi. Bu jihatdan A53 avvalgi model bilan bir xil. Og‘irlikni oshmasligiga esa takomillashgan akkumulyator texnologiyasi va ba’zi komponentlarni yengil materiallardan ishlanganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Foto: GSMArena

Hajm jihatidan smartfon juda ajoyib, smartfonni bir qo‘lda ishlatish qiyin emas. Romlarning to‘rtala tomoni bir-biri bilan yoysimon birlashgan, yani ular qirrali emas. Bu ham o‘z navbatida smartfonni qo‘lda yaxshi o‘rnashib turishiga yordam beradi.

Foto: GSMArena

Galaxy A53 5G modeli Black, White, Blue va Peach ranglarda taqdim etildi. Galaxy A52 va A52 5G modellarining Blue rangi ham bor edi, biroq keyinchalik taqdim etilgan A52s 5G'ning ushbu rangdagi turi yo‘q. Galaxy A52s 5G modeli Purple va Mint ranglarda sotuvga chiqqan.

Foto: GSMArena

Bu yil ranglar tanloviga Peach (shaftoli rang) rangi ham qo‘shildi. Smartfon ushbu rangda juda chiroyli ko‘rinadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, qurilmaning orqa paneli matoviy qoplamga ega. Shuning uchun unda barmoq izlari qolmaydi.

Korpus sifati

O‘z toifasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, A53 5G modelini mustahkam smartfon deb atash mumkin. Old panel Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan, qolgan qismlar, aniqrog‘i, rom va orqa panel plastikdan ishlangan.

Foto: GSMArena

Plastikning ham o‘ziga yarasha afzallik tomonlari bor. U yengil hamda mustahkam hisoblanadi. Metallga qaraganda plastik qirilishlarga nisbatan chidamliroq. Orqa panel ham plastikdan ishlangan. To‘g‘ri, shisha smartfon premium toifada ekanligini ko‘rsatishi mumkin, biroq panel matoviy qoplamga bo‘lib, u ham shishaga qaraganda qirilishlarga chidamli.

Samsung o‘tgan yildan boshlab A seriyasidagi smartfonlarga ham IP67 standartini o‘rnatishni boshladi. O‘sha payt A52 va A72 modellari ushbu standartga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu yili A53 va A73'dan tashqari A33 modeli ham IP67 standarti bilan jihozlandi.

Boshqaruv, sensor va aloqa

Galaxy A53 5G standart boshqaruv sxemasiga ega. 3.5 mm audio jek smartfonda ko‘rinmaydi. Ko‘rinishidan, u Galaxy A52s 5G'dan o‘ta olmadi va bu bir nechta potensial xaridorlarni hafsalasini pir qilgani aniq. Audio jek yo‘qligi uchun Samsung SIM-karta uyasini qurilmaning pastki qismiga ko‘chirishga qaror qildi.

Foto: GSMArena

SIM-karta patnisiga ikkita SIM-karta yoki bitta SIM-karta va microSD kartasi qo‘yish mumkin. USB Type-C porti ham pastki romda joylashgan. U USB 2.0 ma’lumotlar uzatish tezligi va USB Xost rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu port DeX'ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu funksiya yuqori darajadagi Samsung modellarida bo‘ladi holos.

Foto: GSMArena

Pastki tomondan, shuningdek, asosiy dinamik o‘rin olgan. Galaxy A53 5G gibrid stereo sozlamaga ega, u ikkinchi dinamik sifatida kuchaytirilgan eshitish vositasidan foydalanadi. Eshitish vositasi displey ustidagi ramkada joylashgan.

Foto: GSMArena

Displey yuqorisida maxsus yorug‘likni qabul qiluvchi sensor ham joylashgan. Yaqinlik sensori esa mavjud emas. Uning o‘rniga virtual yaqinlik sensori o‘rnatilgan.

Old paneldan, shuningdek, barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan. Ushbu optik ekranosti skaneri ultra tovushli skanerlarga qaraganda ishonchiliroq. Samsung odatda ultra tovushli barmoq izi skanerlarni flagaman Galaxy smartfonlariga o‘rnatadi. Galaxy A53 5G'ga o‘rnatilgan optik barmoq izi skaneri esa juda tez ishlaydi.

Foto: GSMArena

Quvvat va ovozni sozlash tugmalari smartfonning o‘ng tomonida joylashgan bo‘lsa, chap tomonda hech qanday tugmalar yo‘q. Yuqori qismda esa ikkinchi mikrofon joylashgan.

Foto: GSMArena

Samsung negadir smartfon ichidagi Exynos 1280 chipi haqida batafsil ma’lumot bermadi. Chip 5G modemga ega bo‘lib, mmWave to‘lqinlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda yangi Bluetooth 5.1 bog‘lanishi mavjud, ammo yangi Wi-Fi 6 tarmog‘iga ega emas.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra (2 qism)

Displey

Galaxy A53 5G'ga o‘tnatilgan displeyni avvalroq A52s 5G va A52 5G modellarida uchratgan edik. FullHD+ rezolyutsiyadagi ushbu 6.5 dyuymli displey 405ppi piksel zichligiga ega.

Foto: GSMArena

OLED penellarini ishlab chiqarish haqida gap ketar ekan, Samsung bu borada yetakchi. Garchi A53'dagi displey flagman Galaxy modellaridagi Dynamic AMOLED panellari kabi bo‘lmasa-da, u ham yuqori darajadagi displeylar qatoriga kiradi.

Ekran yorqinlik testida smartfon displeyi yorqinlik darajasi 830 nitga chiqdi. Bu reklamada aytilgan 800 nitdan ham oshiq natija. Demak, quyosh nurlari ostida ham smartfondan bemalol foydalanish mumkin.

Minimal yorqinlik darajasi esa 1.9 nitni tashkil qildi, ya’ni smartfondan o‘ta qorong‘i joyda foydalanganda uning yorqinlik darajasi ko‘zga ta’sir etmaydi.

OLED paneli mukammal qora rang va cheksiz kontrast nisbati afzalliklarini taqdim etadi. Yorug‘likning bir xilligi ham mukammaldir, bu arzonroq LCD panellarda muammo bo‘lishi mumkin.

Skrinshot: GSMArena

Ekranni DCI-P3 (Vivid rejimi) yoki sRGB (Tabiiy rejim) rang tarjimalariga sozlash mumkin. Aniqlik Vivid rejimida yaxshi, biroq ranglar juda to‘yingan emas, oq va kulrang ranglar biroz ko‘kish ko‘rinadi. Tabiiy rejim nisbatan yaxshiroq ranglar uyg‘unligini taqdim etadi.

Galaxy A53 5G'ning HDR imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashi rasman aytilmadi. Ya’ni, uning displeyi HDR uchun rasmiy sertifikatlanmagan va HDR kontenti taqdim etilganda operatsion tizim hech qanday maxsus HDR rejimini ishga tushirmaydi. Video yozishda HDR'dan foydalansa bo‘ladi. Dasturiy ta’minot HDR10 va HLG imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo Dolby Vision va HDR10+ mavjud emas.

Skrinshot: GSMArena

Yangilanish chastotasi

Galaxy A53 5G modeli 120 gertsda ishlovchi AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ushbu disley LTPO texnologiyasiga ega emas, ya’ni unda adaptiv chastota yo‘q. Chastotani ikki xil rejimda sozlash mumkin. Bular: 120 gertsli yuqori rejim yoki 60 gertsli oddiy rejim. Displeyni boshqa chastotalarga so‘zlashning imkoni yo‘q.

Foto: GSMArena

120 gerts chastotada barcha ilovlar va interfeys 120 kadr/soniyada ishlaydi. Agar ekranga ma’lum bir vaqt tegilmasa, kadr 1 kadr/sekundga pasayadi. Video qo‘yganda ekran odatda videoning kadr/sonyasiga qarab kadr tezligini belgilaydi. Biroq bunday holat bo‘lmaganda ekran 120 gertsda ishlaydi. Shuning uchun akkumulyator quvvatini tejash maqsadida 60 gerts rejimga o‘tgan yaxshi.

Skrinshot: GSMArena

Smartfon 120 gertsda ishlasa ham, uni 60 gertsga tushirishga majbur qiladigan maxsus ilovalar mavjud. Google Maps buning yaqqol misoli bo‘la oladi. Chunki ushbu ilova har qanday holatda ham 60 gertsda ishlaydi.

Agar ishlab chiquvchi zarur deb hisoblasa, ilovaning o‘zi 60 gerts yangilanish tezligida ishlashni talab qilishi mumkin. Texnik jihatdan kompaniya yangilanish tezligini avtomatik almashtirish o‘rniga, har bir ilova uchun yangilanish tezligini tanlash moslamasini joriy qilishi mumkin, bu bilan ishlash ancha sodda va tushunarli bo‘ladi. Bu One UI garfik qobig‘ida hali mavjud emas, ammo boshqa ishlab chiqaruvchilar ushbu xususiyatni allaqachon joriy qilgan.

Yuqori chastotada ishlovchi displeylar o‘yinlarni ham yuqori kadr tezligida ochishi kerak. Yuqori kadr tezligini taklif qiluvchi o‘yinlar o‘ynab ko‘rilganda smartfon o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Biroq doimiy ham 120 kadr/soniya qayd etilmadi. Ehtimol, bu smartfondagi garfik protsessor unchalik kuchli emasligidan dalolatdir. Bunday holat asosan yuqori grafikadagi o‘yinlarda kuzatiladi. Oddiy o‘yinlarni esa smartfon 120 kadr/soniyada ochishi mumkin.

Demak, Galaxy A53 5G smartfoniga 120 gerts va 60 gertsli rejimlar mavjud. Hech qanday adaptiv yangilanish chastotasi yo‘q. 120 gerts chastotada ko‘plab o‘yin va ilovlar 60 yoki 120 kadr/soniyada ishlashi mumkin.

Akkumulyator avtonomligi

Smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Bu borada smartfon o‘sishga erishgan. Chunki avvalgi A52s 5G va A52 5G modellarining akkumulyator 4,5000 mAs ni tashkil qilar edi. Shuningdek, nazariy jihatdan 5 nanometrli Exynos 1280 chipi 6 nanometrli Snapdragon 778G'ga qaraganda yaxshiroq energiya samaradorligiga ega bo‘lishi kerak. Ammo ikki chipni bu borada taqqoslash biroz qiyinchilik tug‘diradi. Sababi ular turli xil kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Displey texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham yangi model o‘tgan yilgi smartfonlardan farq qilmaydi. Demak, akkumulyator avtonomligiga ta’sir qiluvchi yagona omil bu yangi Samsung chipi va undagi 5G modemi bo‘lishi mumkin.

Skrinshot: GSMArena

Galaxy A53 5G'ning akkumulyator avtonomligi o‘tkazilgan testlarda 113 soatni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi model qayd etgan natija bilan bir xil. Faqatgina ma’lum bosqichlardagi natijalar farq qilishi mumkin.

Akkumulyator avtonomligi bo‘yicha hech qanday shikoyat yo‘q. Garchi akkumulyator hajmi 500 mAs ga oshgan bo‘lsa ham, avtonomlik vaqtida hech qanday ijobiy o‘zgarish kuzatilmagan. Katta ehtimol bilan Exynos 1280 chipi quvvat samaradorligi bo‘yicha Snapdragon chiplarichalik maqtana olmaydi. Biz avvalri ham boshqa Galaxy smartfonlarida buni guvohi bo‘lgan edik.

Skrinshot: GSMArena

Quvvatlanish tezligi

O‘tgan yilgi modellar kabi A53 5G ham 25 vattda quvvat oladi. 25 vatt Samsung smartfonlari uchun so‘nggi yillarda trendga aylangan. Afsuski, smartfon qutisidan quvvatlash adapteri o‘rin olmagan. Uni qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish yoki eski quvvatlagichlardan foydalanish kerak bo‘ladi.

Skrinshot: GSMArena

Quvvatlash tezligi bir xil bo‘lsa-da, Galaxy A53 5G yarim soat ichida A52 5G-ga nisbatan ko‘proq quvvat to‘play olgan. To‘liq quvvatlanish uchun ketgan vaqt bo‘yicha tafovut biroz kamaygan, biroq unda ham yangi model eskilariga qaraganda kamroq vaqt sarflagan.

Skrinshot: GSMArena

Dinamik

Galaxy A53 5G gibrid stereo dinamikka ega. Ikkinchi dinamik vazifasini ekranning yuqorisida joylashgan maxsus eshitish vositasi bajaradi. Ovoz balandligi testi bo‘yicha smartfon yaxshi natija qayd etgan bo‘lsa-da, boshqa Galaxy qurilmalari bundanda yaxshiroq natija qayd etgan edi.

Skrinshot: GSMArena

Agar o‘tgan yilgi A52s 5G bilan taqqoslasak, u ham yangi modeldan ko‘ra balandroq ovoz chiqaradi. Redmi Note 11 esa haqiqiy simmetrik stereo sozlamaga ega bo‘lib, u yanada kuchli ovozni taklif qilishi mumkin.

Skrinshot: GSMArena

Birgina yaxshi jihat qurilmaning pastki hamda yuqorisidan kelayotgan tovushlar balandligida muvozanat mavjud. Ya’ni asosiy pastki dinamikdan kelayotgan ovoz va yuqoridan kelayotgan ovoz deyarli bir xil balandlikda eshitiladi.

O‘QING: Galaxy A53 va Galaxy A52: farqi nimada?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!