TeraTavsif: Samsung Galaxy A71 (2-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy A71 (2-qism)

Samsung Galaxy A71 smartfoniga bag‘ishlangan tavsifimiz davom etadi. Tavsifning ikkinchi qismida smartfon ustida o‘tkazilgan laboratoriya sinovlari hamda qurilmaning dasturiy ta’minoti va unumdorligi haqida suhbatlashamiz.

Tavsifning boshqa qismlari bilan bu yerdan tanishing.

Katta ekran — HDR yo‘q
Samsung Galaxy A71'ga A70'niki bilan bir xil displey qo‘yilgan, biroq kamera tirqishi kichikroq. A70 o‘tgan yili urfda bo‘lgan tomchi kamerali tirqishga ega bo‘lgan bo‘lsa, bizning qahramon 2020 yilda trendga aylangan aylanasimon tuynukka ega. To‘g‘ri, bu tirqish Galaxy Note10 Lite'dagidek kichik emas, lekin umuman olganda, kichik.

Super AMOLED: A71, S10 Lite, Note10 Lite

Super AMOLED panel diagonaliga 6.7 dyuymga teng, burchaklar esa yoysimon. Ekran rezolyutsiyasi 2,400 x 1,080 piksel bo‘lib, tomonlar nisbati 20:9 ni tashkil etadi. Har bir dyuym maydonda 393 ta piksel joylashgan. Displeyni Corning tomonidan ishlab chiqarilgan Gorilla Glass 3 shishasi himoyalab turadi.

Afsuski, A71'ning ekrani HDR10 sertifikatiga ega emas. Ya’ni agar Netflix, Amazon Prime yoki HBO kabi striming xizmatlaridan foydalansangiz, HDR kontentni tomosha qila olmaysiz.

Bu kamchiligiga qaramay, ekran anchayin yorqin nur tarata oladi. Sinovlarda o‘lchangan maksimal yorug‘lik 410 nitni tashkil qildi. Lekin Moslashuvchan yorug‘lik rejimida bu 515 nitgacha chiqishi mumkin.

Minimal yorug‘lik miqdori esa 1.7 nit ekani aniqlandi. Bu ham a’lo natija.

Samsung'ning boshqa Super AMOLED displeylarida bo‘lgani kabi Galaxy A71 ekrani ham tomosha qilinayotgan kontent va tanlangan rejimga qarab, turli rang gammalaridagi ranglarni to‘g‘ri aks ettira oladi. Tabiiy rejimi ishga tushirilganda ekran sRGB ranglarini to‘g‘ri ko‘rsatishga yo‘nalgan bo‘ladi va bunda deltaE darajasi 1.7 ga teng. Yorqin rejim bo‘lsa DCI-P3 ranglariga moslashgan, deltaE esa 3.3 ga teng. Bulardan boshqa ekran rejimi mavjud emas.

Galaxy A71 anchayin katta — 4,500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Smartfonda tezkor quvvatlash imkoniyati bor, qadoq tarkibiga 25 vattlik zaryadchik joylangan. Ushbu quvvatlagichdan foydalanib, yarim soatda akkumulyatorni 51% ga zaryadlash mumkin. To‘liq quvvat olish uchun esa qariyb 80 daqiqa talab qilinadi.

O‘tkazilgan akkumulyator sinovlarida Galaxy A71 a’lo natija qayd etdi. Smartfon quvvati 13 soat internetdan foydalanishga, 17 soat video ko‘rishga va 30+ soat ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga yetadi. Avtonom ishlash vaqti ham qo‘shilganda, bu raqamlarning barchasi 102 soatga yetadi.

Karnay sinovi
Galaxy A71'ning pastki tomoniga bitta karnay qo‘yilgan. Bu dinamik smartfon toifasi uchun mos. Amalga oshirilgan ovoz balandligi sinovlarda ushbu kalonka O‘rtacha natijani ko‘rsatdi.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (2-qism)

Android 10 va One UI 2

Galaxy A71 qadoqdanoq Android 10 operatsion tizimida ishlagan ilk Samsung smartfonlaridan. OT ustiga One UI 2.0 interfeys qurilgan.

One UI'ning yangi talqini avvalgi verisiyadagi interfeysdan unchalik ham farqli emas. Asosiy tafovut ishoraviy boshqaruvlarning qo‘shilganida ko‘rinadi. Eng yaxshi tomoni, A71 kichik bir surprizga ega. Bu ham bo‘lsa, unda Edge ekranning mavjudligi.

Edge ekrani

Avvallari faqat flagman modellarida bo‘lgan ushbu funksiya endilikda Galaxy A71'da ham mavjud. Xabaringiz bor, Edge panel funksiyasi bir qator ilovalar, harakatlar, uskunalar va h.k. ga tezkor kirish imkonini beradi. Edge panel ekranning o‘ng yoki chap tomonida joylashishini belgilab qo‘yishingiz mumkin.

Navigatsiya opsiyalari

Yuqorida ta’kidlanganidek, interfeys elementlari qatoriga ishoraviy boshqaruv funksiyasi ham kiradi.

A71 yana bir qator yaxshi imkoniyatlarga ham ega. Bular jumlasiga Qora rejimni kiritish mumkin.

Qora rejim

Biometrik ma’lumotlardan optik barmoq izi skaneri va faqat kameraga asoslangan yuzni tanish funksiyasi bor. Barmoq izi skaneri biroz sekin ishlaydi.

Unumdorlik va benchmarklar
Samsung Galaxy A71 Snapdragon 730 chipiga ega. Bu hozirda o‘rta toifaning yuqori sinfi orasida eng ommalashgan Qualcomm platformlaridan hisoblanadi. Ma’lumot uchun, A70'ga Snapdragon 675 chipi qo‘yilgandi. SD730 yangiroq CPU yadrolari va grafik protsessoriga ega. SoC 8 nanometrlik protsess asosiga qurilgani bois energiya tejamkor.

Snapdragon 730 sakkizta yadroga ega. Bular: 2.2 GHz'lik 2 ta Kryo 470 Gold (Cortex-A76) va 1.8 GHz'lik Kryo 470 Silver (Cortex-A55). Adreno 618 esa grafikalarga mas’ul. Qiyos uchun, A70'ga Adreno 612 qo‘yilgandi.

Qahramonimiz 128GBlik UFS 2.1 tipidagi xotiraga ega. Tezkor xotira sig‘imi esa, mintaqaga qarab, 6GB yoki 8GB.

Snapdragon 730 chipi hozirda mavjud eng maqbul o‘rta toifa chiplaridan. Shuning uchun ham, Galaxy A71 Geekbench sinovida a’lo natija ko‘rsatdi.

Adreno 618 GPU'si A70'dagi Adreno 612 dan ikki barobar kuchli bo‘lib chiqdi. Bu protsessor o‘rta toifa GPU'lari orasida eng kuchlilaridan biri ekanini ko‘rsatdi.

Hammamiz AnTuTu'ga ishonamiz, chunki u yolg‘on so‘zlamaydi. Bu benchmarkda ham Samsung'ning Galaxy'si eng yaxshilar qatoridan joy egalladi.

A71 kuchli smartfon ekani borasida barcha benchmarklar o‘zaro mos natijani ko‘rsatdi. Hozirda narxi 4 milion 600—900 ming so‘m bo‘lgan Galaxy A71 anchayin qimmat. Ushbu narxga Xiaomi yoki realme'ning bundan-da yaxshiroq smartfonlarini sotib olsangiz bo‘ladi. Biroq Samsung smartfonlarining ashaddiy ishqibozi bo‘lsangiz, hech ikkilanmasdan A71'ni sotib olsangiz bo‘ladi. Qurilma hech qanday qotishlarsiz, qizib ketmasdan xizmat qiladi.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (1-qism)

Xulosa

PhoneArena

8.6балл

«Galaxy A71 Samsung'ning flagman smartfonlarida mavjud aksariyat yaxshi xususiyatlarni arzonroq narxda taqdim etadi. Eng yuqori darajadagi funksiya va texnik jihatlar o‘ta muhim bo‘lmasa, bu ko‘pchilik uchun eng maqbul Android smartfon bo‘la oladi. Sababi bu qurilma aksariyat talabchan Android foydalanuvchilarining deyarli barcha talablariga javob beradi. Smartfon yaxshi darajadagi unumdorlik, quvvati uzoqqa yetadigan akkumulyator, bir qator kamera opsiyalari va hatto quloqchin uchun jekka ham ega. Biroq uning kamchiliklari qatorida orqa panelning plastikdan ishlangani, dinamik sifati o‘rtacha darajada ekani hamda ekranning tomonlar nisbati uzunchoqligini sanab o‘tish mumkin».

DIZAYN

DISPLEY

KAMERA

FUNKSIYAVIYLIK

ALOQA

FOYDALANISHGA QULAYLIGI

UNUMDORLIK

AKKUMULYATOR

Qaerdan sotib olish mumkin?

Radius 4,628,000 so‘m Sotib olish
Mediapark 4,926,000 so‘m Sotib olish
Asaxiy 4,935,000 so‘m Sotib olish
Glotr 4,956,000 so‘m Sotib olish

 Afzalligi

  • Galaxy A71 ingichka va chiroyli dizaynga ega smartfon
  • Multimedia tomosha qilish va o‘yin o‘ynashda 6.7 dyuymlik AMOLED displey juda qo‘l keladi
  • Snapdragon 730 chipi anchayin samarador ishlaydi
  • Akkumulyator avtonomligi a'lo darajada
  • Kameralar sifatli tasvir va video olish imkoniga ega
  • Android 10 va OneUI 2

 Kamchiligi

  • Ekran HDR10'ga ega emas
  • Makro kamera sifati talab darajasida emas
  • Suvga chidamlilikning IP darajasi mavjud emas
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.