TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra (3-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra (3-qism)

Samsung Galaxy S21 Ultra'ga bag‘ishlangan tavsifimizning uchinchi qismiga xush kelibsiz. Oldingi qismlarda smartfonning texnik jihatlari, qadoq tarkibi hamda devays dizayni va korpus sifati haqida to‘talgan edik. Quyida esa ekran va karnaylarga to‘xtalib o‘tamiz.

Displey

Bu yil Samsung eng yaxshi displeyini S21 Ultra'ga o‘rnatdi. S21'lar triosida faqat Ultra 1440p ekranga ega. Qolganlariga esa odatiy 1080p displey o‘rnatilgan. Seriyadagi uchala devays ham adaptiv 120Hz yangilanish chastotasini qo‘llab quvvatlaydi.

O‘QING: 108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (+video)

Galaxy S21 Ultra 6.8 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyga ega bo‘lib, 1440 × 3200 piksel yoki 515 piksel/dyuymga teng. O‘tgan yilgi S20 Ultra'ga 6.9 dyuymli ekran o‘rnatilgan edi. S21 Ultra Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan.

Ekran adaptiv yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Zarur vaqtda chastota 120Hz'ga ko‘tarilib, boshqa payt 10Hz'ga tushishi mumkin. Shuningdek, ekran yorqinligi juda baland bo‘lib, 1500 nitni tashkil qiladi. Ammo bu yorug‘likka faqatgina HDR video tomoshasida erishish mumkin.

HDR haqida so‘z borar ekan, S21 Ultra  HDR10+ qo‘llab quvvatlaydi. Netflix, Amazon Prime Video, HBO, YouTube kabi platformalarda yuqori aniqlikdagi videolarni ko‘rish mumkin. Displey testida ekran maksimum 458 nit yorqinlikni qayd etdi. Bu esa juda yaxshi natija. Yorug‘lik yaxshi bo‘lgan joyda S21 Ultra yorqinligi 1023 nitgacha yetadi va devays, shunday qilib, 1000 nitdan oshgan ikkinchi smartfon bo‘ldi (birinchi qurilma Note20 Ultra bo‘lgan edi).

Ranglar aks etishida Samsung  odatdagidek Natural/Vivid yondashuviga tayangan. Natural rejimi sRGB tarkibini aks ettirishga qaratilgan va o‘rtacha hisobda deltaE 2 natijasini qayd etdi.

Vivid rejimida 5 darajali sovuq/iliq ranglar aks ettirilishi mavjud. Ushbu rejimdagi standart darajaning deltaE ko‘rsatkichi DSE-P3'ga nisbatan 3.2 ni tashkil etadi. Bu esa ranglar anchayin to‘g‘ri aks etishini ko‘rsatadi. Biroq oq va kulrang tuslar biroz ko‘kish tonda namoyon bo‘ladi.

Bu yil yangi qo‘shimcha sifatida Eye Comfort Shield funksiyasini aytish mumkin. Bu Ko‘k rang filtrining yana bir talqini bo‘lib, displey rangini kunning vaqtiga qarab sozlaydi.

...

Keling, endi ekran yangilanish chastotasi haqida so‘zlashamiz. Yangilanish chastotasining ikki xil - Standart (60Hz) va Adaptiv sozlanmalari mavjud. Agar smartfonda Standart rejimi yoqilgan bo‘lsa, u doimiy 60Hz'da ishlaydi. Agar Adaptiv rejimi yoqilgan bo‘lsa kontentga qarab smartfon ekrani 120Hz yoki 60Hz'ga o‘tgan holda ishlaydi. Misol uchun, brauzerlar (Chrome, Firefox, Samsung  Browser) kabi ilovalar 60Hz yangilanish chastotasini talab qiladi. Shuningdek, Facebook, Instagram, TikTok kabi ijtimoiy tarmoq ilovalari ham 60Hz'lik yangilanish chastotasida ishlaydi.

Biroq istisno holatlari mavjud bo‘lib, ba’zi video ilovlalar 120Hz yangilanish chastotasida ham ishlashi mumkin. Masalan, YouTube'da HDR kontentdagi videolar ko‘rilyotganda ekranning yangilanish chastotasi 120Hz'ni tashkil qiladi. Agar HDR kontentdagi video bo‘lmasa, yangilanish chastotasi avtomatik ravishda 60Hz 30/60 kadr/sekund yoki 48Hz 24 kadr/sekundga pasayadi.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Netflix va Amazon Prime Video ilovalarida ham  ekran HDR kontentdagi videolarda 120Hz yangilanish chastotasida ishlaydi. SDR kontentagi videolarda esa 60Hz 30/60 kadr/sekund, 48Hz 24 kadr/sekundda ishlaydi. Agar ekranga qo‘l bilan tegilganda 120Hz'da, agar tegilmasa 60Hz'da ishlaydi.

Shuningdek, Galaxy S21 Ultra 60 kadr/sekunddan yuqori bo‘lgan Shadowgun Legend, Mortal Combat, Dead Trigger 2, 1945 Air Force, Alto's Odyssey, Pac Man kabi video o‘yinlarda ham 120Hz yangilanish chastotasida ishlaydi.

Qurilmadagi Always On Display funksiyasi ham 60Hz yangilanish chastotasida ishlaydi.

Akkumulyator avtonomligi

Galaxy S21 Ultra avvalgi S20 Ultra'dagidek 5,000 mAs sig‘imlik akkumulyator bilan jihozlangan. Biroq S21 Ultra ekrani ko‘proq akkumulyator quvvatini sarflaydi. Shuningdek, gadjet yangi funksiyalarga ega va yangi chip bilan jihozlangan. Test natijalariga ko‘ra, S21 Ultra'ning akkumulyator avtonomligi 114 soatni tashkil qildi (35.32 soat telefonda suhbatlashish, 15.04 soat internet, 17.53 soat video tomosha qilish).

Quvvatlash tezligi

S21 seriyasi orasida, shubhasiz, S21 Ultra eng dominanti, biroq smartfon qutisidan quvvatlash adapteri o‘rin olmagan. Quvvatlagichni qo‘shimcha xarajat qilib sotib olish kerak bo‘ladi. Lekin Samsung  S21 Ultra'ga oldindan buyurtma qilgan mijozlarga quvvatlagichni tekinga beradi. Xuddi shunday holat iPhone 12 seriyasida ham kuzatilgan edi.

Shuningdek, Samsung 25 Vt lik TA800N quvvatlash adapteri narxini tushirganini ma’lum qildi. Uning narxi AQShda $19.99, Yevropada €19.90, Buyuk Britaniyada £17 ni tashkil qiladi.

Telefon qutisidan USB-C kabeli o‘rin olgan va gadjet maksimal 25 Vt gacha quvvat oladi. S20 Ultra'dagi kabi 45 Vt gacha quvvatlash imkoniyati mavjud emas.

25 Vt lik adapter bilan 30 daqiqada akkumulyator quvvatini 54% ga oshirish mumkin. Bir soatda esa bu ko‘rsatkich 95% ni tashkil qiladi. To‘liq quvvatlanish uchun 1 soat 11 daqiqa vaqt ketadi. 5,000 mAs lik akkumulyator uchun bu yomon ko‘rsatkich emas.

Galaxy S21 Ultra 10 Vt lik simsiz zaryadlanish imkoniyatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, devays boshqa smartfonlarga ham 4.5 Vt da o‘z quvvatini bera oladi.

Sozlanmalar bo‘limida Tezkor quvvatlash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish yoki yoqish mumkin.

...

Karnay: ovoz balandligi va sifati

Galaxy S21 Ultra ikkita stereo karnay bilan jihozlangan bo‘lib, ularning bittasi romning pasti qismida, ikkinchisi ekranning yuqori qismida joylashgan.

S21 Ultra'ning stereo karnayi test sinovida juda yaxshi natijani qayd etdi. Ovoz sifati ajoyib darajada. Vokal yaxshi namoyish etilgan, bass unchalik yuqori bo‘lmasa ham, yuqori notalar yoqimli ijro etiladi.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!