TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra (4-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra (4-qism)

Bir qancha muddatdan buyon saytimizda Galaxy S21 Ultra smartfonining tavsifini e’lon qilib kelmoqdamiz. Tavsifning boshqa qismlari bilan tanishish uchun bu yerga bosing.

Android  11 va OneUI 3.1
Galaxy S21 triosi Android 11 operatsion tizimida ishlaydi. Shuningdek, Samsung gadjetlarni 3 marta yangi dasturiy ta’minot bilan ta’minlashga va’da berdi. Ya’ni, S21'lar seriyasi 2023 yilda Android 14 operatsion tizimi bilan yangilanadi.

Samsung yangi devayslarga Android 11 bilan birgalikda o‘zining OneUI 3.1 qobig‘ini ham o‘rnatgan. Bu yerda yangilik deb OneUI 3.1 qobig‘ini aytish mumkin. Chunki yaqinda Android 11 operatsion tizimini qabul qilgan avvalgi Galaxy'lar OneUI 3.0 qobig‘ida ishlar edi. 0.1 o‘sish katta farqni keltirib chiqarmaydi. Buning OneUI 2.5 dan OneUI 3.0 ga o‘tilganda ham guvohi bo‘lingan. Shunday bo‘lsa ham, S21 oilasi dasturiy ta’minotiga to‘xtlib o‘tish zarur.

O‘QING: Galaxy S21'larning oldindan buyurtmasi rekord darajada bo‘ldi

Galaxy S21 Ultra'ning ekrani usti Wacom qobig‘i bilan qoplangan bo‘lib, bu barcha turdagi S-Pen'larni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Samsung S21 Ultra uchun yangi katta S-Pen taqdim etadi. Shuningdek, Bluetooth bilan ishlovchi S-Pen Pro ham taqdim etilish arafasida turibdi. Triodan faqatgina Ultra S-Pen'ni qo‘llab-quvvatlaydi va bu stilus bilan ishlovchi S seriyasidagi birinchi gadjetdir.

OneUI 3.1 tizimi, ba’zi o‘zgarishlarni aytmasa, avvalgi 3.0 tizimi bilan bir xil. O‘zgarishlar haqida gap borar ekan, qulf ekranining standart yorliqlari - qo‘ng‘iroq qilish va kamera endi monoxromlashgan.
Funksional o‘zgarishlar haqida gap ketganda ekran qulfidagi yangi qo‘shilgan vidjetni aytish mumkin. Bu vidjet foydalanuvchiga smartfonni qulfdan chiqarmasdan turib ham qancha vaqt telefonda vaqt sarflaganini ko‘rsatib turadi. Shuningdek, Always On Display sozlamalari ham soddalashtirilgan.

Qurilmadagi ultratovushli barmoq izi sensorining ishlash tezligi va samaradorligi oshgan. S21 Ultra'dagi barmoq izi sensorini hozirgi kundagi eng yaxshi barmoq izi skanerlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yangi apparat ta’minot bilan dasturiy ta’minot barmoq izini ro‘yhatdan o‘tkazishi osonroq bo‘ladi. Face ID bilan ekran qulfini ochish ham takomillashgan. Biroq faqatgina selfi kamera bilan yuz aniqlanganligi sabab, Face ID to‘liq ishonchni oqlamaydi.

Yana bir sezilarli o‘zgarishlardan biri shuki, bildirishnomlar paneli endi to‘liq ekranni qoplaydi. Ilgari oxirgi bildirishnomaning pastidagi ekranning bir qismi ko‘rinib turar edi. Tezkor tugmalar qatorini tahrirlash uchun ro‘yhat oxiridagi ”+” belgisini bosish kifoya - menyuga o‘tish shart emas.

Android 11 operatsion tizimida endi bildirishnomlar tarixi mavjud va uni sozlamalar bo‘limidan topish mumkin. Agar foydalanuvchi qandaydir bildirishnomani o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, u doim bildirishnomlar tarixiga qayd qilinib boriladi. Biroq smartfonda bu funksiya standart o‘chiq holatda bo‘lgani sababli uni yoqib qo‘yish talab qilinadi.

Android 11 tizimida Bubbles deb nomlangan messenger ilova bo‘lib, ilova bildirishnomlar boshqaruvining yangi usulini taqdim etadi va OneUI 3 ham undan foydalanadi. Bu xuddi ilgari Samsung  tomonidan taqdim etilgan Smart Pop-up View funksiyasiga o‘xshaydi.

Smart Pop-up View — OneUI qobig‘ining ommalashmagan funksiyalaridan biridir. Bu funksiya foydalanuvchi tanlagan har qanday ilovaga chat qo‘shish imkonini beradi.
“Head“ ikonkasi bosilganda dastur to‘liq ekranda ochiladi. Uni to‘liq oynaga kengaytirish yoki qayta kichraytirib ikonkaga o‘zgartirib qo‘yish mumkin.

Android 11 tizimi taqdim etilishi bilan OneUI qobig‘ida yangi medialarni boshqarish uslubi paydo bo‘ldi. Tezkor tugmalar ostida musiqa ijrosi paneli qatori mavjud bo‘lib, shu yerning o‘zidan bir necha musiqa ilovalariga o‘tish mumkin.

Ovozni boshqarish paneli ham o‘zgargan, endi to‘rtta slayder avvalgi kabi gorizontal emas, balki vertikal holda joylashtirilgan.

Samsung OneUI 3.1 qobig‘iga yana bir Android 11'ning yangi funksiyasini kiritdi. Shunday qilib, ilovalarni ulashish opsiyalari bilan ekranning yuqori qismiga qadab qo‘yish mumkin.

Google bu yilgi yangi versiyada ruxsatnomalar bilan ishlashni ham o‘zgartirdi va Samsung  ham OneUI 3.1 qobig‘iga ushbu o‘zgartirishni kiritdi. Endi foydalanuvchi har safar ilova ruxsatnoma talab qilishini ko‘rishi mumkin. Bu foydalanuvchiga ruxsatnomani bekor qilish, faqat ilova bilan ishlagandagina ruxsat berish yoki ilovaga bir martalik hamda doimiy ruxsat berishiga imkon beradi.
Sozlanmalar menyusida ham o‘zgarishlar mavjud. Bundan tashqari, sozlanmalarni heshteg bilan qidirish imkoni mavjud.

Qo‘ng‘iroq qilish platformasida bir necha o‘zgarishlar bor. Qo‘ng‘iroq ekraniga ikkita patformadan bittasini o‘rnatish mumkin. Shuningdek, qo‘ng‘iroq ekrani orqa foniga rasm va video qo‘yish imkonyati yaratilgan.
Yangi operatsion tizim bilan gadjetni turli xil qurilmalarga ulab ishlatish mumkin. DeX funksiyasi esa smartfonni kompyuter sifatida ishlatish va monitor hamda klaviatura qo‘shish imkoniyatini beradi. Uni simsiz yoki HDMI kabeli orqali ishlatish mumkin.

Shu bilan bir qatorda, Link to Windows funksiyasi smartfonni kompyuterga bog‘lanish imkoniyatini ta’minlaydi. Ushbu funksiyada rasmlarni ko‘chirish, bildirishnomlarni kompyuterda boshqarish va hatto telefon qilish imkoniyati mavjud.
Xuddi shu kabi ilovalardan biri Continue Apps, biroq unchalik darajada funksional emas. Bu funksiyadan foydalanish uchun ikkala qurilma bitta Samsung akkauntga kirishi, ularni Bluetooth yoqilgan holda bir xil Wi-Fi tarmog‘iga ulash va Samsung Internet brauzeri yoki Samsung Notes'dan foydalanish kerak. Keyin matn va rasmlarni nusxalash va joylashtirish shuningdek, brauzerda bir xil yorliqlarni ochish imkoniyati tug‘iladi.

Samsung kompaniyasi xususiy dasturiy ta’minotining yana bir funksiyalaridan bir Edge Panels bo‘lib, ushbu funksiya panelni yon tomoni surilganda paydo bo‘ladi va ilovalar, kontaktlar  hamda yorliqlarni taqdim etadi. Barcha o‘yinlarning markazi bo‘lgan Game Launcher - o‘yin paytida chalg‘ituvchi holatlarni cheklash imkoniyatlarini taqdim etadi.
 Dasturiy ta’minot to‘plami boshqa Samsung telefonlariga o‘xshaydi, uning ichida Galereya, Game Launcher dasturi va Fayl menejeri mavjud. Samsung Internet brauzeri Galaxy S21 Ultra'da ham mavjud.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

S-Pen imkoniyatlari

Galaxy S21 Ultra'da S-Pen'ni ishlatish deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. S-Pen smartfon qutisidan o‘rin olmagan. Uni qo‘shimcha $39.99 evaziga sotib olish kerak bo‘ladi. Galaxy Note seriyalardagi S-Pen'dan farqli o‘laroq, yangi stilus ancha kattaroq, shuning uchun haqiqiy ruchkaga o‘xshaydi. Shakli juda qulay va motovoye qoplamga ega. Ko‘rinish jihatidan ko‘proq Galaxy Tab S7+ stilusiga o‘xshab ketadi.

Shuningdek, yangi S-Pen Pro ham taqdim etilish arafasida turibdi va unda Bluetooth bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. Notye seriyalardagi stilusda garchi Bluetooth bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lsa-da S21 Ultra'da masofadan turib gadjetni bunday S-Pen  bilan boshqarishning imkoni yo‘q. Buning uchun S-Pen Pro'ni sotib olish zarur.

Shunday qilib, Galaxy S21 Ultra oddiy funksiyali S-Pen'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Tab S7 va Note20 seriyalardagi ko‘p funksionallika ega bo‘lgan S-Pen Pro keyinroq sotuvga chiqariladi.

Ekran o‘chiq bo‘lgan paytda stilus bilan ekran ustida qaydlar yozib olish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun stilusning tugmasini bosib, yozishni boshlash kifoya. Keyinchalik qaydni Always On Display'ga qadab qo‘yish yoki havolalarga saqlab qo‘yish mumkin.

Ekran bloklanmagan holatda agar S-Pen'ni displeyga yaqinlashtirilsa Air Command (havo orqali boshqaruvlar) menyusi paydo bo‘ladi.

Air Command menyusini chaqirish uchun yoki ekrandagi ikonkaga bosish yoki stilusdagi tugmani bosish kerak bo‘ladi.

S-Pen ko‘pincha takomillashgan skrinshot olish uchun ishlatiladi. Aqlli tanlov funksiyasi har xil shakldagi skrinshotlarni olish, ulardan matn chiqarish yoki ekranga qadash imkonini beradi. Shuningdek, qisqa GIF'lar yaratish imkoni ham mavjud. Bundan tashqari, ekranni to‘liq qoplab oluvchi qaydlar majmuasi bo‘lib, turli xil ruchkalar va mo‘yqalamlarni tanlagan holatda yozish mumkin.

S-Pen uchun boshqa ko‘plab kichik funksiyalar mavjud bo‘lib, ular Air View harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, galeriyadagi rasmni kattaroq qilib ko‘rish yoki kalendardan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun stilusni havoda muallaq ushlab turish kerak. Bundan tashqari, ekranning chet qismida stilusni siljitish orqali ekranni harakatga keltirish mumkin.

Stilus Note ilovasi bilan juda tez ishlaydi va yozuvchi xuddi haqiqiy qog‘ozga yozayotgandek bo‘ladi. Qo‘lda yozilgan matnni Word fayllariga, diagrammalarni PDF formatiga, chizmalar va eskizlarni PowerPoint fayllariga o‘zgartirish mumkin.
Screen Write (Ekranga yozish) - bu funksiya bilan skrinshot olib, unga shu zahoti biror narsa yozib qo‘yish mumkin. Misol uchun, video ko‘rilyotgan payt biror esda qolarli hodisa ko‘rib qolinsa, Screen Write bilan unga turli xil narsalarni chizish yoki do‘stlar bilan ulashish mumkin.

Screen Translate (Ekran tarjimasi) ham ajoyib funksiyalardan biri. U butun gapni tarjima qilmaydi. Faqatgina so‘zni tarjima qiladi. Buning uchun til tanlanadi va S-Pen'ni matn ustidan harakatlantirish kerak bo‘ladi. Shunda so‘zlar tarjimasi ekranda paydo bo‘ladi.

Write On Calendar (kalendarga yozish) funksiyasi bilan kalendarga biror qaydlar yozib qo‘yish mumkin.

Live Message (jonli xabar) ko‘p ishlatilmasa-da, yaxshi funksiyalardan hisoblanadi. Rasmga yozish yoki chizish davomida ushbu funksiya kameradan foydalanib, videoga oladi.
AR Doodle (To‘ldirilgan reallik chizmasi) funksiyasi old kamerada olinyotgan suratlarga chizmalar chizish imkonini beradi. Misol uchun, yuzga shox yoki mo‘ylab kabi qiziqarli chizmalarni chizish mumkin.

PENUP funksiyasi PENUP ilovasi yordamida ishlaydi. Bu rasm chizish uchun mo‘ljallangan. Ushbu dasturda S-Pen'ni turli xil mo‘yqalam sifatida ishlatib, ajoyib chizmalarni yaratish mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy S21'ning texnik jihatlari bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!