TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (2-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (2-qism)

Yangi Samsung Galaxy S21 Ultra'ning korpusi o‘ta silliq. Uning old qismi avvalgi Galaxy'larga o‘xshab to‘liq ekran bilan qoplangan bo‘lsa-da, rom va orqa panel ko‘rinishida o‘zgarishlar mavjud. Buni Samsung'ning alyuminiy romlarni qalinlashtirgani hamda old ekranning qayrilgan tomonlarini qisqartirganidan bilish mumkin.

Shuningdek, smartfonning orqa tomoni matovoye shisha bilan qoplangan. Shisha juda sirpanchiq bo‘lsa ham, qo‘l bilan tekkanda nafislikni his qilish mumkin.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (1-qism)

Orqa tomonda kameralar moduli mavjud. Kameralar paneli gadjetning yon romlari bilan qo‘shilib ketgan va biroz noqulay ko‘rinishni namoyish etadi. “Go‘zallik qurbonlik talab qiladi“ deyilganidek, S21 Ultra juda chiroyli ishlangan bo‘lsa-da, shunday noqulayliklarni smartfon dizaynida ko‘rish mumkin.

Yangi S21 Ultra avvalgi S20 Ultra avvalgidek katta emas. S21 Ultra'ning ekran hajmi biroz kichiklashgan. Yangi devays S20 Ultra'dan qalinroq yoki og‘irroq bo‘lmasa ham, smartfon bukilgan tomonlari qisqaligi sabab qo‘polroq ko‘rinadi.

Haqiqatdan ham, S21 Ultra katta va qo‘pol bo‘lib chiqdi. iPhone 12 Pro Max haqida gap ketsa ham xuddi shunday xulosaga kelish mumkin. Biroq dizayndan tashqari gadjetning boshqa muhim jihatlari ham mavjud va ushbu jihatlarga quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Korpus
Galaxy S21 Ultra yangi Dynamic AMOLED 2x ekraniga ega va Samsung tomonidan shu kungacha ishlab chiqilgan eng premium displey hisoblanadi. Ekran 6.8 dyuymli, 1440p OLED va 120GHz adaptiv yangilanish chastotasiga ega. Bundan tashqari, bu safar qurilma 120 kadr/sek. lik 1440p rezolutsiyasida ishlaydi. Ekran chetlari qayrilmagan, biroq displey eng so‘nggi 2.5D lik qayrilma Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan.

Yangi displey Wacom-sensor qoplamasiga ham ega bo‘lib, bu S-Pen'ni qo‘llab quvvatlanilishini ta’minlaydi. S21 Ultra'da stilus uchun uya mavjud emas, biroq stilus slotili maxsus g‘ilof sotib olishingiz mumkin.

O‘tgan yilgi S20 cyeriyasi va bu yilgi boshqa S21'lar kabi S21 Ultra ham kichik tirqishli 40MP selfi kameraga ega. Ekranning eng yuqori qismida ikkilamchi karnay joylashgan va bu unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Har yilgidagidek, Samsung o‘z flagmaniga stereo karnay o‘rnatgan.

Ekran ostida esa barmoq izi skaneri joylashgan. Bu Qualcomm'ning eng so‘nggi 3D Sonic ikkinchi avlod sensori bo‘lib, avvalgi S20 va Note20 ceriyalaridagi birinchi avlodga qaraganda 77% kengroq maydonga ega bo‘lib,a 50% tezroq ishlaydi.

S20 Ultra'da ham, S21 Ultra'da ham shunday Ultra tovushli sensor joylashgan. Biroq yangi sensor 8 mm kvadrat maydonni qoplagan. S20'larda esa bu 4×9 mm hududni tashkil etar edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Qualcomm'ning bergan vadasi to‘g‘ri bo‘lib chiqqan.

Galaxy S21 Ultra  kompaniya zavodidan yupqa plastik himoya vositasi bilan ta’minlangan holatda chiqadi. Barmoq izi sensori ushbu qoplama bilan yaxshi ishlaydi. Biroq bu himoya vositasi qirilishlarga chidamli emas. Agar siz uchinchi tomon shisha protektorini tanlasangiz, barmoq izi sensorining tezligi va unumdorligini pasaytirishi mumkin. Shu jihatiga e’tiborli bo‘ling.

Endi gadjetning orqa paneliga nazar tashlaymiz. Orqa panel ham Gorilla Glass Victus shishasi bilan qoplangan va romga tomon qayrilgan. Qayrilish darajasi S20 Ultra  kabi chuqur emas, shuning uchun, S21 Ultra'ni ushlaganda uning qo‘ppoligini sezish mumkin.

Orqa peneldagi Gorilla Glass shishasi matovoye qoplamga ega va uni qo‘l bilan ushlaganda yoqimli tuyuladi. Ushbu shisha S20 Ultra'dagi shisha kabi juda sirpanchiq. Biroq yangi Gorilla Glass shishasi o‘zida barmoq izlarini deyarli ushlab qolmaydi. Smartfondan bir kun davomida foydalanilgandan so‘ng orqa panelda hech qanday barmoq izlari ko‘rinmaydi. Hozirgi smartfonlarda bunday holatning doim ham guvohi bo‘lavermaymiz.

Orqa panelning yuqori chap tomonida to‘rtta kamera joylashgan. Birinchi ustunda 12MP ultrakeng kamera, 108MP asosiy kamera, 10MP 10x telefoto kamera joylashgan bo‘lsa, ikkinchi ustunda avtofokus lazeri, LED-chirog‘i va 10MP 3x telefoto kamerasi joylashgan. 

Kameralar paneli korpusdan bo‘rtib chiqqani sabab smartfonni tekis yuzaga qo‘yganda tebranadi. Kameralar paneliga tutash alyuminiy rom juda ham silliq. Yon romlar barmoq izlarini ushalb qoladi va ularni doimo tozalab turish kerak. Smartfonning yuqori romida ikkita mikrofon joylashgan bo‘lsa, chap tomonda hech narsa yo‘q. O‘ng tomonda ovoz nazorati va quvvat tugmalari joylashgan.

Pastki qismda ikkita SIM-karta uchun slot, USB-C porti, karnay va mikrofon joylashgan. Mikrofon SIM-karta slotidan keyinga qo‘yilgan va xuddi SIM-kartani chiqarish tuynugiga o‘xshaydi. Shuning uchun, ularni adashtirib yubormaslik zarur.

Galaxy  S21 Ultra'da 3.5 mm audio jek mavjud emas. Samsung  o‘z flagmanlaridan ushbu portni bir necha yillar oldin olib tashlagan. Ammo bu yilgi Ultra'da xotirani microSD bilan kengaytirish imkoniyati ham mavjud emas. Shuning uchun, S21'lar cyeriyasiga rasman “microSD qotili“ deb nom berish mumkin.

Gadjetning vazni og‘ir bo‘lgani uchun uni tushirib yuborish xavfi yuqori. Shuningdek, smartfon katta bo‘lganligi bois bir qo‘lda suratga yoki videoga olish anchagina noqulay. Shu sababdan, telefon uchun g‘ilof sotib olish maqsadga muvofiq.

Aytishimiz mumkinki, Samsung o‘zining S21 Ultra smartfoni dizayni borasida qilgan barcha tanlovlari to‘g‘ri bo‘lgan. Devays premium materialdan ishlangan mustahkam korpusga ega. Orqa panelning matovoye qoplami va kameralar atrofidagi maxsus xiralashtirilgan metal qismi ko‘pchilikka yoqib tushsa kerak.
Shubhasiz, flagmanda IP68 darajasi mavjud. Biroq smartfonning dizayni va kamera moduli hammaga ham yoqib tushmasligi mumkin. Hozirgi flagmanlar ichida S21 Ultra eng sirpanchiq korpusga ega smartfonlardan biri. Shuning uchun, unga g‘ilof sotib olish tavsiya qilinadi.

O‘QING: Samsung saytiga birdaniga beshta yangi – arzon va hamyonbop smartfonlar chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.