TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (2-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (2-qism)

Displey

Mi 11 Ultra 6.81 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ushbu displeyni hozirgi kundagi eng yaxshi dipley desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yuqori rezolyutsiya, yuqori ekran yangilanish chastotasi, yuqori yorqinlik, HDR imkoniyati, ranglar aniqligi — bularning barchasi ushbu displeyda mujassam. Displey rezolyutsiyasi 1440x3200p'ni tashkil qiladi.

Foto: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

Displeydagi piksellar zichligi esa 515ppi. Mi 11 Ultra'ning displeyi yangilanish chastotasini ikki xil: Yuqori va Standart rejimlarda sozlash mumkin. Standart rejimda displey doimo 60Hz chastotada ishlaydi.

Foto: GSMArena

Yuqori rejimda esa displey 120Hz chastotada ishlaydi. Biroq ushbu rejimda displey joriy ilovaga qarab, 30, 60, 90Hz'ga pastlashi ham mumkin. Bundan tashqari, displeyning namuna olish chastotasi 480Hz'ni tashkil qiladi.

Foto: GSMArena

Ekran yangilanish chastotasi Yuqori rejimda bo‘lganda foydalanuvchi interfeysi va undagi ilovalarning barchasi 120Hz'da ishlaydi. Quvvatni tejash rejimi yoqilgan bo‘lsa, ekran yangilanish chastotasi 60Hz'ga pasayadi.

Netflix, Prime Video, YouTube va Mi Video kabi ilovalar standart ravishda 60Hz'da ishlaydi.

Ba’zi ilova va o‘yinlarda qurilma 120-60Hz yangilanish chastotasiga almashgan holatda ishlaydi. Bunda agar siz joriy ilovada ekranga tekkaningizda ekran 120Hz, tegmaganingizda esa 60Hz ekran yangilanish chastotasida ishlaydi. Facebook, Instagram, TikTok va Pinterest ana shunday ilovalaridan hisoblanadi.

Mi 11 Ultra'ning displeyi HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlaydi. Netflix, Amazon Prime Video va YouTube kabi striming servislar qurilmada HDR kontentni qo‘llab-quvvatlaydi. Mi 11 Ultra, shuningdek, 10-bit ranglarni qo‘llab-quvvatlaydi, 2.07 milliard ranglarni taqdim etadi.

Mi 11 Ultra'ning displey maksimal yorqinligi 1700 nitni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatgich Mi 11 va 11 Pro'da 1500 nit edi. Yuqori yorqinlik rejimida (yorug‘lik yuqori bo‘lgan joyda) smartfon displey yorqinligi 900 nitgacha ko‘tarildi.

Odatiy sharoitlarda avtomatik yorqinligini oshirish rejimi o‘chiq bo‘lgan holatda qurilma displeyi yorqinligi 514 nitni tashkil qildi.

Skrinshot: GSMArena

Qurilmada ranglarning aks ettirishning uch xil: Avtomatik, To‘yingan hamda Orginal rejimlari bor.

Bundan tashqari, Ilg‘or menyudan Takomillashgan, Orginal, P3 va sRGB kabi ranglar gammasini topishingiz mumkin.

Akkumulyator avtonomligi

Mi 11 Ultra'ga 5,000 mAs hajmli akkumulyator o‘rnatilingan. O‘tgan yilgi Mi 10 Ultra'da ushbu ko‘rsatgich 4,500 bo‘lganini hisobga olsak, buni ijobiy o‘zgarish deyish mumkin. Bu borada Mi 11 Ultra asosiy raqobatchisi Galaxy S21 Ultra bilan teng bo‘lsa, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan Oppo Find X3 Pro va OnePlus 9 Pro smartfonlaridan ustunroq.

Foto: GSMArena

Akkumulyator avtonomligi testida Mi 11 Ultra 95 soatni qayd etdi. (11 soat Wi-Fi orqali internetdan foydalanganda, 28 soat telefon orqali suhbatlashganda, 15 soat oflayn video tomosha qilganda). Bu ko‘rsatkich borasida qurilma Oppo Find X3 Pro va OnePlus 9 Pro'ni ortda qoldirgan bo‘lsa, Galaxy S21 Ultra'dan biroz ortda qolgan.

Skrinshot: GSMArena

Quvvatlanish tezligi

O‘tgan yilgi Mi 10 Ultra'ga nisbatan, Mi 11 Ultra'ning quvvatlanish tezligi pastlagan. Mi 10 Ultra 110 vattda zaryad olar edi. Yangi Mi 11 Ultra esa 67 vattda quvvatlanadi. Gadjet to‘liq quvvatlanishi uchun bor yo‘g‘i 37 daqiqa vaqt sarflaydi. Yarim soatda esa qurilma 89% quvvat oladi.

Foto: GSMArena

Taqqoslash uchun, OnePlus 9 Pro va Oppo Find X3 Pro, shuningdek, Mi 10 Ultra ham Mi 11 Ultra'ga nisbatan to‘liq quvvatlanish uchun kamroq vaqt sarflaydi. Galaxy S21 Ultra bo‘lsa bu borada anchagina ortda qolib ketgan.

Skrinshot: GSMArena
Skrinshot: GSMArena

O‘QING: Samsung Galaxy A72'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Dinamik sifati

Boshqa flagmanlar kabi Mi 11 Ultra ham stereo karnayga ega va ular Harman/Kardon kompaniyasi tomonida ishlab chiqarilgan. Asosiy karnay qurilma romining pastki tomonida, ikkinchi karnay esa romning yuqori qismida joylashgan. Umumiy qilib olganda, karnayning ovoz chiqarish sifati a’lo darajada.

Foto: GSMArena

Operatsion tizim va grafik qobiq

Mi 11 Ultra Android 11 tizimi hamda MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi.

Foto: GSMArena

Qurilmada Always On Display rejimi mavjud. Ushbu rejimda bir necha turdagi mavzular bo‘lib, ulardan o‘zingizga yoqqanini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, smartfonda Always On Display yoniq bo‘lganda, smartfon displeyining qayrilgan tomonlari bildirishnomlar kelganda yonib-o‘chadi.

Kamera modulidagi kichik displeyga ham turli xil mavzularni qo‘yish mumkin. Ushbu displey vaqt, bildirishnomlar va ruhlantiruvchi iqtiboslarni ko‘rsatib turadi.

Foto: GSMArena

Old displeyga qaytsak, barmoq izi skaneri ekran ostida joylashgan. U juda tez va ishonchli ishlaydi. Shuningdek, qurilmani yuz orqali ham blokdan chiqarish mumkin. Biroq, ushbu tanlov barmoq izi skaneriga nisbatan biroz ishonchsizroq.

MIUI 12 ilovalarni saralovchi maxsus tizimga ega bo‘lib, ilovalarning bajarish xizmatiga qarab aloqa, ko‘ngilochar, fotosuratlar, yangiliklar, ta’lim, xarid va o‘yinlar kabi guruhlarga bo‘lib chiqadi. Ushbu kategoriyani foydalanuvchi o‘zgartirishi yoki o‘chirib qo‘yishi mumkin.

MIUI 12 qobig‘ida ishlaydigan Mi 11 Ultra Super Fon rasmlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu fon rasmlar dinamik fon rasmlari bo‘lib, ekranga bosilganda fon yaqinlashadi. Ushbu fonlar katta yangilik bo‘lmasa-da, ko‘zga juda ajoyib ko‘rinadi. Super Fon rasmlarning Yer, Mars, Saturn kabi turlari mavjud.

Yana bir qiziq funksiya bu bildirishnomlar paneli bildirishnomlar markazi va boshqaruv markaziga ajratilganligidir. Bu xuddi iPhone'da bo‘lgani kabi bildirishnomlar markazi uchun ekranning chap qismi, boshqaruv markazi uchun ekranning o‘ng qismini surish kerak bo‘ladi.

Agar ushbu funksiya sizga ma’qul kelmasa, uni o‘chirib qo‘yish mumkin. Shunda bildirishnomlar paneli odatiy holatga qaytadi.

Qurilmada negadir bildirishnomlar tarixini topib bo‘lmadi. Ushbu funksiya Android 11 tizimida mavjud. Demak, bildirishnomlar panel sozlanmalar menyusida bo‘lishi kerak.

Tezkor xotirada ishlayotgan ilovalarni ko‘rsatib turuvchi panel o‘zgarmagan. U tezkor xotirada ishlayotgan ilovalarni ikki ustunda ko‘rsatib turadi. Ekranni ikkiga ajratish uchun ilova kartasini bosib turish kerak bo‘ladi. Agar ularni yopmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki o‘ng yoki chapga surish kifoya.

MIUI 12 qobig‘ida qalqib turuvchi oyna bo‘lib, unga mos keluvchi ilovani qo‘yish mumkin.

Shuningdek, MIUI qobig‘ida endi tezkor xotirada ishlayotgan ilovalarni gorizontal ko‘rinishda ham tartiblash mumkin.

MIUI 12 grafik qobig‘ida mavzular juda ham ko‘p. Ularni Themes Store'dan ko‘chirib olish mumkin. Mavzular o‘zgarganda, shuningdek, fon, chaqiruv ovozi, ikonkalar va Always On Display'ning ko‘rinishi ham o‘zgaradi. Xiaomi MIUI 12 qobig‘iga qo‘shimcha maxfiylik kiritgan bo‘lib, endi rasm va videolardan joylashuv va boshqa ma’lumotlarni olib tashlash mumkin.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

MIUI Xavfsizlik ilovasini ham foydalanuvchilarga taqdim yetadi. Ushbu ilova smartfondagi zararli ilovalarni aniqlash, qora ro‘yxatingizni boshqarish, trafikdan foydalanish va uni cheklash, akkumulyator quvvati sarfini sozlash hamda tezkor xotirada ishlayotgan ilovalarni to‘xtatish kabi vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, ushbu ilova orqali ilovalarga ruxsatnoma berish yoki cheklash kabi amallarni bajarish mumkin.

Odatdagidek, galeriya, musiqa va video ilovalar shuningdek, turli texnikalarni boshqarush uchu Mi pulti ilovasi ham mavjud. Qaydnoma ilovasi ham bir muncha takomillashgan.

Benchmark

Mi 11 Ultra Snapdragon 888 chipida ishlaydi. Ushbu chip 5 nm jarayon asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, oldingi avlod chipiga qaraganda unumdorligi 25% oshgan.

Foto: GSMArena

Qurilmaning doimiy xotirasining 256GB yoki 512GB turi, tezkor xotiraning esa 8GB yoki 12GB turi mavjud.

GeekBench'ning ko‘p yadroli testida Mi 11 Ultra asosiy raqobatchilari Galaxy S21 Ultra, OnePlus 9 Pro, vivo X60 Pro+ smartfonlaridan kamroq ball to‘plagan. Hatto Mi 11 Ultra Mi 11'dan ham pastroq natija qayd etgan.

Skrinshot: GSMArena

Ammo bir yadrolik testda Mi 11 Ultra raqobatchilariga nisbatan yaxshiroq natija qayd etgan.

Skrinshot: GSMArena

AnTuTu 8'da Mi 11 Ultra Mi 11'ga qaraganda yuqoriroq ball qayd etgan. Shuningdek, Mi 11 Ultra asosiy raqobatchilari Galaxy S21 Ultra, OnePlus 9 Pro hamda Oppo Find X3 Pro smartfonlarini ortda qoldirgan.

Skrinshot: GSMArena

Benchmark sinovlarida Mi 11 Ultra ajoyib natija qayd etdi. Sinovlar davomida smartfon qizigan bo‘lsa-da, bir necha bor AnTuTu ilovasidan foydalanganda ham qurilma unumdorligi pasaymadi.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!