TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (4-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (4-qism)

Video yozuv

Xiaomi Mi 11 Ultra 8K 24 kadr/sekund, shuningdek, 4K 60 kadr/sekund formatda video olishga qodir. Stabilizatsiya barcha rezolyutsiyalarda mavjud.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

8K formati 4K formatga qaraganda kichikroq kesish nuqtasiga ega. Shunday bo‘lsa-da, ushbu ko‘rsatkich Galaxy flagmanlariga qaraganda kengroq. Shuningdek, 130Mbit/sekund darajasi ham S21 Ultra'nikidan ancha balandroq.

8K video sifatli a’lo darajada. Bugungacha hech bir smartfon bunday sifatli 8K formatidagi videolar olishga qodir bo‘lmagan.

4K 30 kadr/sekund formati 62Mbit/sekund darajada shriftlanadi. Darajaning bunday yuqori bo‘lishiga sabab yuqori sifatli videolarni olishga qaratilgan. Video detallashgan, dinamik diapazon keng, ranglar aniq chiqqan.

Ultrakeng kamerada olingan 4K formatidagi videolar sifati ajoyib darajada.

Biroq ushbu kamerada 8K formatidagi videolar kutilganidek bo‘lib chiqmadi.

5x zum kameradagi 4K 30 kadr/sekund formati 50Mbit/sekund darajada shriftlanadi. Qolgan ikki kameradagi shriftlash darajasidan pastroq. 

Ultrakeng kamera kabi telefoto kamerada olingan 8K formatidagi videolar sifati ham unchalik yaxshi emas.

Barcha video format va kameralarda video barqarorlik mavjud. Yurib videoga olganda, videoda bir oz silkinish hosil bo‘lsa-da, bu unchalik sezilmaydi.

Ultrakeng kamerada fokus masofasi qisqa bo‘lganligi sabab, videodagi silkinishlar deyarli sezilmaydi.

Barqarorlik 5x telefoto kamerasda ham yaxshi darajada. 5x zumda hali bunchalik barqaror bo‘lgan videolarni olishga qodir bo‘lgan smartfon uchramagan edi.

Shuningdek, qurilmada barqor video hamda barqaror video Pro rejimlari bor. Ushbu rejimlarni yoqib asosiy  va ultrakeng kameralarida barqarorlashgan videolarni olish mumkin. Biroq ushbu rejimlar yoqilganda faqatgina 1080p@30 kadr/sekund formatda video olish mumkin. Agar yugurgan holatda videoga olinsa, ikkala rejim ham barqorlikni ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun odiiy rejimda videolar olgan yaxshiroq.

Muqobillar

Yevropada Mi 11 Ultra'ning 12/256GB versiyasi 1200 yevro narxda sotilmoqda. Galaxy S21 Ultra'ning narxi esa 1000 yevro bo‘lib, uning 12/256GB versiyasi esa 1100 yevroni tashkil qiladi. OnePlus 9 Pro'ning 12/256GB versiyasi 1000 yevro atriflarida sotilsa, Oppo Find X3 Pro'ning narxi 1150 yevro turadi. Ushbu qurilmalar qatoriga vivo X60 Pro+ smartfonini ham qo‘shish mumkin.

Mi 11 Ultra qurilmasi Galaxy S21 Ultra'ga qaraganda yaxshiroq video va suratga oladi. S21 Ultra esa yaxshiroq selfi suratlarni olishga qodir. Shuningdek, S21 Ultra'ning displeyi Mi 11 Ultra'nikiga qaraganda adaptivroq. Eng muhim omillardan biri bu akkumulyator avtonomligi bo‘lib, bu borada S21 Ultra qurilmasi Mi 11 Ultra'ga nisbatan yaxshiroq natijaga ega.

Foto: GSMArena

Umumiy qilib olganda, Mi 11 Ultra raqobatchilariga nisbatan yaxshiroq kameralarga ega. Biroq 200 yevrodan ko‘proq pul tejab qolib Mi 11 Ultra o‘rniga OnePlus 9 Pro smartfonlarini sotib olish ham mumkin. To‘g‘ri, aksariyat texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha Mi 11 Ultra OnePlus 9 Pro'dan ustun. Ammo OnePlus 9 Pro ham yaxshi kamera va eng so‘nggi chip bilan jihozlanganini unutmaslik darkor.

2x optik zum hamda mikroskop kamera bilan jihozlangan Oppo Find X3 Pro ham Mi'ga yaxshi muqobil varainat bo‘lishi mumkin. Find X3 Pro'ning kamera moduli Mi 11 Ultra'chalik bo‘rtib chiqmagan.

vivo X60 Pro+ ham Mi 11 Ultra o‘rniga yaxshi muqobil tanlov bo‘la oladi. vivo'ning orqa kamera moduli Mi 11 Ultra'nikidek o‘ta bo‘rtib chiqmagan. Shuningdek, vivo'ning orqa paneli ekocharm bilan qoplangan. Biroq ushbu smartfonda stereo karnay va IP68 standarti mavjud emas.

...

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (2-qism)

Xulosa

9.7балл

Xiaomi Mi 11 Ultra'ни ҳозирги кунда смартфон бозорининг енг кучли камерафони дейиш мумкин. Ушбу смартфон рақобатчиларига қараганда яхшироқ видео ва суратлар олишга қодир. Mi 11 Ultra фақатгина сифатли камралар билан чекланиб қолмаган. Унга энг яхши дисплей, сифатли стерео карнай ўранатилган. Бундан ташқари, смартфоннинг аккумулятор автономлиги ҳам чакки эмас. Mi 11 Ultra'нинг нархи бироз қиммат. Бироқ ҳудуд бозорларига қараб смартфон нархи турлича бўлиши мумкин.

Дизайн

Дисплей

Камера

Функциявийлик

Aлоқа

Унумдорлик

Aккумулятор

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy.uz 13 760 000 Sotib olish
Openshop.uz 13 699 000 Sotib olish

 Afzalligi

  • Чиройли қайрилган екран дизайни ҳамда керамика билан қопланган премиум корпус
  • Орқа панелда дисплей мавжудлиги
  • Aккумулятор автономлиги яхши даражада ва тезкор қувватланиш имконияти
  • Сифатли стерео карнай
  • Бугунги кундаги енг яхши камералар
  • 1440p резолюция ҳамда 120Hz екран янгиланиш частотасида ишловчи 6.81 дюймли OLED дисплей

 Kamchiligi

  • Ҳозирги кундаги смартфонлар ичида енг оғири
  • Камера корпусдан анчагина бўртиб чиққан
  • Орқа панелда жойлашган дисплей имкониятлари кам
  • Смартфоннинг қизиб кетиш еҳтимоли баланд
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!