TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

Xiaomi yaqinda Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra taqdimotini o‘tkazgan edi. Barchaning diqqat e’tibori asosan Mi 11 Ultra'da bo‘lgani aniq. O‘tgan yili Mi 10 Ultra faqatgina Xitoy bozorlari uchun ishlab chiqarilgan edi. Biroq, bu yil Mi 11 Ultra global bozor uchun ham ishlab chiqariladi. Bu esa ko‘pchilik Xiaomi ishqibozlarini xursand qildi.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

Qurilmaning tashqi ko‘rinishi o‘zgacha. Sababi, uning orqa tomonida ulkan kamera moduli joylashgan. Ushbu kamera moduli korpusdan anchagina bo‘rtib chiqib turadi. Ko‘pchillikka ushbu ko‘rinish yoqmasligi aniq.

Ammo ushbu ulkan kamera hozirda smartfonlarning kamerasi orasida eng katta sensorga ega. Bundan tashqari, kamera moduli yon tomonida kichik displey ham bor. Bu kichik displey bilan katta sensorli kameralardan foydalangan holda selfi suratlarni olish mumkin.

Foto: GSMArena

Mi 11 Ultra 6.81 dyuymli Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ushbu displey yuqori rezolyutsiya, yuqori ekran yangilanish chastotasi, yuqori yorqinlik, milliardlab ranglar, HDR kabi barcha funksiyalarga ega.

Xiaomi Mi 11 Ultra'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.3x74.6x8.4 mm, 234g; old shisha (Gorilla Glass Victus) orqa panel keramikadan ishlangan, alyuminiy rom; IP68 standarti.

> Displey: 6.81 dyuymli AMOLED displeyi, bir milliard ranglar, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, Dolby Vision, 1700 nit yorqinlik, 1440x3200p rezolyutsiya, 515ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G  (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 8/256GB, 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5.

> Kamera:Asosiy kamera: 50MP, f/2.0, 24mm, 1/1.12“, 1.4µm, Qo‘sh Pixel PDAF, Lazer AF, OIS; • Ultrakeng: 48MP f/2.2, 12 mm, 128˚, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF; • Telefoto: 48MP f/4.1, 120 mm, /2.0“, 0.8µm, PDAF, OIS, 5x optik zum.

> Selfi kamera: 20MP, f/2.2, 27 mm, 1/3.4“, 0.8µm.

> Video yozuv: •Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek., [email protected]/ kadr/sek., [email protected]/60 kadr/sek., giro-EIS, HDR10+ •Selfi kamera: [email protected]/60 kadr/sek., [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 67 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 100% 36 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 67 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, 100% 39 daqiqada, Quick Charge 4+, Power Delivery 3.0.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; infraqizil port.

Xiaomi smartfonlari odatda chang va suvdan himoya qiladigan IP68 standartiga ega bo‘lmas edi. Biroq bu yilgi Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra ushbu standartga egaligi quvonarli holat. Infraqizil port ham smartfonda saqlanib qolgan. Xitoylik texnogigant stereo karnaylarni hozirgi kunda o‘rta toifadagi smartfonlarga ham o‘rnatmoqda. Ammo o‘rta toifadagi smartfonlardan farqli ravishda, kompaniya Mi 11 Ultra'ga  Harman/Kardon tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli stereo karnay o‘rnatgan.

O‘tgan yilgi Mi 10 Ultra bilan taqqoslaganda, Mi 11 Ultra'ning akkumulyator sig‘imi oshgan. Ammo tezkor quvvatlanish imkoniyati pastlagan. Mi 10 Ultra 120 vattda zaryad olar edi. Bu yilgi model esa 67 vattda quvvatlanadi.

Qadoq tarkibi

Mi 11 Ultra qora qutida sotiladi. Qurilma qadog‘idan 67 vatt quvvatlash adaptori, USB-A ga USB-C kabeli,  3.5 mm audio jek uchun adaptor hamda smartfonni himoyalash uchun shaffof silikon g‘ilof ham o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (1-qism)

Dizayn

Smartfon kamera moduli juda katta bo‘lganligi uchun u qo‘lingizda bo‘lganida qurilmaning yuqori qismi og‘ir ekanligini sezishingiz mumkin. Haqiqatan ham, orqa paneldagi bo‘ritib chiqib turgan kamera e’tiboringizni o‘ziga tortmay qolmaydi.

Foto: GSMArena

Smartfon orqa panelining katta qismini egallab olgan ushbu kamera modulida 3 ta kamera joylashgan. Kameralarga qo‘shimcha sifatida uchtalik LED chiroq, avtofokus uchun lazer va kichik displey ham moduldan o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

Kamera modulining katta bo‘lishiga ulkan sensorli kameralardan tashqari, u yerda joylashgan kichik 1.1 dyuymli displey ham sabab bo‘lgan. Qurilma qalinligi sezilarli darajada. Ulkan kamera sensorlari bunga asosiy sababchidir.

O‘QING: Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Korpusdan bo‘rtib chiqib turgan kamera modulining qalinligi 3.7 mm ni tashkil qiladi.

Foto: GSMArena

Shunga o‘xshash kuchli kamera modullarini biz avval boshqa smartfonlarda ham ko‘rgan edik. Misol uchun, Mi 10 Ultra. Ushbu qurilmaning to‘rt kamerasi vertikal holatda joylashgan. Yaxshi tomoni shundaki, Mi 10 Ultra'ning kamera moduli Mi 11 Ultra'nikidek juda ham bo‘rtib chiqmagan.

Foto: GSMArena

Shuningdek, Samsung ham bu yil Galaxy S21 Ultra'ning kamera moduli dizaynini ishlab chiqishda yaxshi ish olib borgan.

Foto: GSMArena

Mi 11 Ultra'ning kamera moduli va orqa paneli keramika bilan qoplangan bo‘lsa-da, qurilma IP68 standartiga ega. Smartfonning ikki xil: qora va oq rangdagi talqini mavjud.

Mi 11 Ultra barmoq izlarini o‘zida ushlab qoladi. Biroq shisha qoplamali smartfonlarchalik ko‘p emas. Shuningdek, oq rangdagi Mi 11 Ultra'da qorasiga nisbatan barmoq izlari qolganligi unchalik bilinmaydi.

Smartfonning Xiaomi logotipi ostida qo‘shimcha ma’lumotlar yozilgani biroz xunukroq ko‘rinadi. Azaldan Xiaomi o‘z smartfonlariga chiqindi konteyneri logotipini tushiradi.

Foto: GSMArena

Old tomondan Mi 11 Ultra modeli Mi 11'ga o‘xshab ketadi. Ikkala smartfon ham Gorilla Glass Victus bilan qoplangan 6.71 dyuymli AMOLED displeyga ega. Displey yon tomonlari qayrilgan.

Foto: GSMArena

Mi 11 Ultra optik barmoq izi skaneriga ega. U ekranning bosh barmoq uchun qulay bo‘lgan joyida joylashgan. Shuning uchun, smartfonni barmoq izi skaneri bilan blokdan chiqarish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Foto: GSMArena

Smartfonning romlari alyuminiydan ishlangan va aks qaytaruvchi qoplamga ega. Rom juda ingichka va undagi bo‘rtib chiqqan burchaklar qurilmani zarbalarda himoya qiladi.

Фото: GSMArena
Foto: GSMArena

Devaysning pastki romida USB-C va SIM karta sloti hamda asosiy mikrofon  karnay joylashgn.

Фото: GSMArena
Foto: GSMArena

Yuqori rom qismida ikkinchi mikrofon va karnay, shuningdek, infraqizil port joylashgan.

Foto: GSMArena

Mi 11 Ultra o‘lchamlari 164.3x74.6x8.4 mm bo‘lsa, og‘irligi 234 grammni tashkil qiladi. iPhone 12 Pro Max va Galaxy S21 Ultra bilan taqqoslaganda, Mi 11 Ultra ulardan 7-8 grammga og‘irroq bo‘lsa, Oppo Find X3 Pro'dan 40 grammga og‘irroq.

O‘QING: Xiaomi Mi 11'ning texnik jihatlari bilan tanishamiz