TeraTavsif: Xiaomi Mi Note 10 Lite (3-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Mi Note 10 Lite (3-qism)

Xiaomi Mi Note 10 Lite'ga bag‘ishlangan tavsifimiz davom etadi. TeraTavsifning oldingi qismlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin, quyida esa smartfon displeyi, akkumulyator avtonomligi va karnay ustida o‘tkazilgan sinovlar natijalariga e’tibor qaratamiz.

Yaxshi sifatli AMOLED displey
Mi Note 10 Lite va Note 10 bir xil ekranga ega. Qurilmalarga 6,47 dyuym FullHD+ AMOLED panel qo‘yilgan. Tomonlar nisbati 19.5:9. Piksel zichligi 398 piksel/dyuymga teng. Qayrilma hoshiyalar va «U» shaklidagi tirqish ham Mi Note10'dan ko‘chirilgan.

Ekran yorug‘ligi ustida o‘tkazilgan sinovlarda qahramonimiz o‘z raqiblari bilan deyarli bir xil darajadagi yaxshi natijani ko‘rsatdi. Lite ekrani yorug‘ligi «Ruchnoy» rejimda 424 nitga, Moslashuvchan rejimda esa deyarli 600 nitga teng bo‘ladi. Bu, albatta, flagmanlarga xos ko‘rsatkich emas, lekin qabul qilsa bo‘ladigan natija.

Displey sinovi 100% yorug‘lik
Qora, kadeta/m² Oq, kadeta/m² Kontrast nisbati
Xiaomi Mi Note 10 Lite 0 424
Xiaomi Mi Note 10 Lite (maks. avto.) 0 596
Xiaomi Mi 10 5G 0 522
Xiaomi Mi 10 5G (maks. avto.) 0 854
Xiaomi Mi Note 10 0 427
Xiaomi Mi Note 10 (maks. avto.) 0 597
Sony Xperia 10 II 0 379
Sony Xperia 10 II (maks. avto.) 0 520
Xiaomi Redmi K30 0.399 550 1378:1
Xiaomi Redmi K30 (maks. avto.) 0.527 714 1355:1
Samsung Galaxy A71 0 398
Samsung Galaxy A71 (maks. avto.) 0 515
Honor 9X Pro 0.392 517 1319:1
Huawei P40 Lite 0.425 461 1085:1
Huawei P40 Lite (maks. avto.) 0.501 515 1028:1
realme 6 Pro 0.318 421 1324:1
Motorola Moto G8 Power 0.341 500 1466:1
Motorola Moto G8 Power (maks. avto.) 0.53 741 1398:1
Xiaomi Redmi Not 9 Pro 0.355 456 1285:1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro (maks. avto.) 0.487 616 1265:1

Ranglarning ko‘rsatilishini uch xil usuldan birida amalga oshirish mumkin. Avtomatik rejim kompaniya tomonidan oldindan sozlangan bo‘ladi. To‘yingan va Standart rejimlar ham bor.

Avtomatik rejimda ranglar atrof yorug‘ligi va siz ekranda tomosha qilayotgan kontentga qarab moslashadi (lekin bu moslashish unchalik ham sezilmaydi). Bu rejim yoqilganda anchayin sovuq oq ranglar hosil qilinadi va deltaE ko‘rsatkichi 10 ga teng ekani qayd qilindi. DCI-P3 sinovida esa o‘rtacha — 4.1 natija olindi.

To‘yingan rejimi ranglar palitrasini kengaytirib, to‘yinganlik darajasini oshiradi. Biroq DCI-P3 sinovi natijalariga ko‘ra, bu rejimda ham ranglar o‘rtasidagi deltaE farqi Avtomatik rejimdagi bilan bir xil. Standart rejimda esa sRGB palitrasidagi ranglar eng to‘g‘ri aks ettiriladi. Bu rejim bilan o‘rtacha 1.5 deltaE darajasini qayd etdik.

Mi Note 10 Lite ekrani HDR10'ni qo‘llab-quvvatlaydi. YouTube'da HDR'li videolarni tomosha qilish mumkin.

Akkumulyator avtonomligi
Mi Note 10 Lite 5,260 mA/soat sig‘imga ega akkumulyatorda ishlaydi; uning «aka»si ham ayni sig‘imga ega. Hozirda ko‘p smartfonlar 5,000 mAs sig‘imga ega emas. Masalan, Galaxy A71 4,500 mAs, realme 6 Pro esa 4,300 mAs sig‘imga ega. O‘tkazilgan akkumulyator sinovlarida qahramonimiz a’lo natija qayd etdi. Qurilma bilan 21 soat davomida to‘xtamasdan video tomosha qilish mumkin. Wi-Fi bilan internetdan foydalanilganda 12 soat 45 daqiqalik avtonomlik qayd qilindi. Ovozli qo‘ng‘iroqlarda esa «yengil» qahramonimiz 36:31 soatlik natijani ko‘rsatdi. Shunday qilib, Xiaomi Mi Note 10 Lite smartfoni 117 soat avtonomlikka ega ekan. Qiyos uchun, Galaxy A71 102 soat, realme 6 Pro esa 107 soatlik ko‘rsatkichga ega.

Qadoqdagi 30 vattlik quvvatlagich smartfonni 1 soat 14 daqiqada to‘liq zaryadlaydi. Akkumulyator ancha katta ekanini inobatga olsak, bu yaxshi natija. Yarim soatda 53% zaryad yig‘iladi.
Mi Note 10 Lite ham, Mi Note 10 ham simsiz quvvatlanish xususiyatiga ega emas.

Karnay (dinamik) sinovi
Qahramonimizga pastki tomonga bitta karnay qo‘yilgan. Bu ham Mi Note 10'dagi bilan bir xil dinamik.

Ovoz balandligi sinovlarida bizning model O‘rtacha natija qayd etdi. Dinamik unchalik baland ovoz chiqara olmas ekan. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Xperia 10 II va Galaxy A71'lar ham xuddi shunday ko‘rsatkichga ega.

Ovoz sifati borasida Mi Note 10 Lite anchayin yaxshi. Vokallar tiniq chiqadi. Xperia 10 II bu borada umuman yaxshi emas, Galaxy A71 bo‘lsa bassga ega emasdek go‘yo. Umuman olganda, Xiaomi bu qurilmasiga bitta va yaxshi karnay qo‘ygan: «bitta bo‘lsin — yaxshi bo‘lsin», degan ekan-da.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (3-qism)

Xulosa

NOTEBOOKCHECK

8.8балл

Xiaomi Mi Note 10 Lite yuqori toifaga mansub «aka»si Mi Note 10 bilan deyarli bir xil darajada kuchli va bir xil texnik jihatlarga egaligi bois qurilma nomidagi «Lite» so‘zi foydalanuvchiga smartfon haqida ma'lumot berishdan ko‘ra ko‘proq chalg‘itadi. Xiaomi faqatgina kamera moduliga o‘zgartirishlar kiritgan, biroq 108MP o‘rniga qo‘yilgan 64MP kamera ham maqtovga loyiq. Mi Note 10 Lite anchayin arzon; bu borada «Lite» jumlasi smartfonga mos keladi.

DIZAYN

DISPLEY

KAMERA

FUNKSIYAVIYLIK

FOYDALANISHGA QULAYLIGI

ALOQA

SAMARADORLIK

AKKUMULYATOR

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy 3 150 000 сўм Sotib olish
Radius 3 380 000 сўм Sotib olish
Mediapark 3 485 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Katta va yorug‘ AMOLED ekran
  • HDR10
  • A'lo darajadagi akkumulyator avtonomligi
  • Tezkor quvvatlash
  • Yaxshi yorug‘likda sifatli tasvirlar
  • A'lo darajadagi video stabilizatsiyasi
  • Foydalanishga qulay MIUI interfeysi
  • Apdeytlarning tez-tez kelishi
  • 3.5 mm audio jek
  • FM radio
  • Infraqizil blaster

 Kamchiligi

  • Telefoto kamera mavjud emas
  • Past yorug‘likda kamera sifati ko‘ngildagidek emas
  • Selfilar sifati a'lo darajada emas
  • microSD karta sloti yo‘q
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.