TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (1-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (1-qism)

Redmi Note lineykasi Xiaomi smartfon biznesining asosiy tayanchlaridan bo‘lib kelgan va ushbu oila vakillari o‘zining narxiga loyiqligi bilan ajralib turgan. Note'larning hozir to‘qqizinchi avlodi mavjud va bu qurilmalar har galgidek kishini o‘ziga torta oladi.

O‘zidan oldingi Redmi Note'lar kabi Redmi Note 9 Pro ham kuchli o‘rta toifa smartfonlaridandir. Smartfonga katta ekran, Qualcomm'ning o‘yinbo‘p chipi, nafis dizaynli kamera moduli, katta sig‘imli akkumulyator va eng so‘nggi Android va MIUI o‘rnatilgan.

O‘rta toifa smartfonida bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha jihat Note 9 Pro'da jamlangan. Displey, hatto, HDR10'ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, devaysning texnik jihatlari kishini quvontiradi.

Keling, quyida Redmi Note 9 Pro'ning texnik jihatlari bilan batafsil tanishib chiqamiz:

> Korpus: Plastik rom, old va orqa panelda Gorilla Glass 5 shishasi, suv o‘tkazmas, 165.8x76.7x8.8 mm, 209 g.
> Displey: 6.67" IPS LCD, 1080 x 2400 piksel rezolyusiya, 20:9 forma faktori, 395 piksel/dyuym zichlik, HDR10.
> Orqa kameralar: •Asosiy: 64MP, f/1.9 apertura, 1/2.72" datchik hajmi, 0.8µm piksel hajmi, PDAF. •Ultrakeng: 8MP, f/2.2, 1/4", 1.12µm piksel. •Makro: 5MP, f/2.4, 1.12µm, AF. •Sath kamerasi: 2MP; 2160p@30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek. video yozuv, elektron tasvir stabilizatsiyasi.
> Old kamera: 16MP, f/2.5 apertura, 1.0µm piksel. 1080p/30 kadr/sek. video yozuv.
> OT: Android 10; MIUI 11.
> Chip: Snapdragon 720G (8nm): sakkiz yadroli (2x2.3 GHz Kryo 465 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 465 Silver), Adreno 618 GPU.
> Xotira: 6GB RAM; 64/128GB UFS 2.1 xotira; maxsus microSD uyasi.
> Akkumulyator: 5,020mAs; 30 vatt tezkor quvvatlash.
> Aloqa: LTE-A; USB-C; Wi-Fi a/b/g/n/ac; qo‘sh palosali GPS; Bluetooth 5.0; FM radio; infraqizil nur taratkich.
> Boshqa: yon tomonda barmoq izi skaneri; 3.5 mm audio jek.

Qadoq tarkibi

Redmi Note 9 Pro qadog‘i tarkibida 30 vattlik quvvatlagich, USB-C kabel va shaffof silikon g‘ilof bor.

Smartfonlarning ba’zilarida zavodda oldindan o‘rnatilgan juda yupqa ekran himoyasi bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

Xulosa

9.2балл

Дисплей

Аккумулятор

Камера

Самарадорлик

Нарх

Qaerdan sotib olish mumkin?

Radius 2 447 000 сўм (64GB) Sotib olish
Mediapark 2 421 000 сўм (64GB) Sotib olish
Olcha 2 686 000 сўм (64GB) Sotib olish
Asaxiy 2 499 000 сўм Sotib olish
Openshop 3 705 000 сўм (64GB; 6 ойга бўлиб тўлаш) Sotib olish

 Afzalligi

  • Gorilla Glass'га эга чиройли корпус
  • Сув сачрашидан ҳимоя
  • Катта ва ёрқин LCD экран
  • HDR10
  • Юқори даражадаги аккумулятор автономлиги
  • Тезкор қувватлас
  • Тоифаси доирасида максимал самарадорлик
  • Тоифаси доирасида яхши фото ва видео сифати
  • Энг сўнгги Android ва MIUI
  • NFC

 Kamchiligi

  • Арзонроқ нарх учун realme 90Hz дисплейли смартфон таклиф қилади
  • Селфи камера тирқиши атрофидаги экран ёруғлиги бир текис эмас
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!