TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (2-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (2-qism)

Xiaomi Redmi Note 9 Pro tavsifiga bag‘ishlangan turkum maqolalarimizning ikkinchi soniga xush kelibsiz. Birinchi sonda smartfon bilan tanishib, uning texnik jihatlari va qadoq tarkibini ko‘rib chiqqan edik. Endi esa ushbu maqolada smartfonning dizayni va qurilmaviy sifatiga to‘xtalib o‘tamiz.

Har ikki tomondan shisha bilan qoplangan smartfonlar dizayn borasida bir xil bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi faqat old kamera tirqishi va orqa tomonda kamera moduli tuzilmasini o‘zgartirishi mumkin; dizaynning qolgan jihatlari bunday smartfonlar o‘rtasida bir xil. Hozirgi smartfonlarning yomon tomonlaridan biri mana shu jihatdir, ammo taqdirga tan berishdan boshqa nima ham qila olar edik. Bizning qahramonimiz Redmi Note 9 Pro ham dizayni borasidagi hozirgi trendlarga amal qilgan.

Redmi Note 9 Pro an’anaviy shisha sendvichli qurilma bo‘lib, olda kamerasi aylanasimon tirqishga ega, orqadagi to‘rtta kamera esa to‘rtburchak modul ichiga joylangan. Ushbu smartfonda Xiaomi gradiant stildan foydalanishdan bosh tortib, qurilma korpusini faqat bitta rangga bo‘yagan. Ranglar qatoriga tropik yashil, muzlik oq va interstellar kulrang kabilar kiradi.

Old tomon to‘lig‘icha ekran bilan qoplangan, deyarli to‘lig‘icha. 6.67 dyuym diagonalli IPS LCD ekranning pastki tomonida anchayin sezilarli qora hoshiya bor. Bu jihatni inobatga olmasak, 20:9 tomonlar nisbatiga ega yorqin ekrandan zavq bilan foydalanish mumkin. Yuqori tomonda, ekran markazida 16 megapiksellik selfi kamera joylashgan. Xiaomi o‘zining Redmi Note 9 Pro smartfoni simmetrik dizayni bilan ancha maqtangan. Ochig‘i, bu simmetriya bizga ham yoqdi.

Displeyni Corning kompaniyasining Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. Smartfonning qaysi rangini tanlamang, ekran ostidagi hoshiya qora rangda bo‘ladi. Yana yuqoriga chiqsak, old kamera tepasida juda ingichka, lekin uzun tirqish joylashgani ko‘rinadi. Bu yerda old karnay va bildirishnomalar uchun juda kichik (oq) LED chiroq joylashgan.

Biz tavsifimizda ishlatgan smartfon rangi Interstellar Gray (interstellar kulrang), lekin ko‘rish mumkinki, bu rang ko‘kka o‘xshaydi. Devaysning orqa va yon tomonlari bir xil rangda bo‘ladi.

Orqa paneldagi to‘rt kamerali modul biroz bo‘rtib chiqqan, modul ustiga qoplangan shisha ham Gorilla Glass 5. Kameralar qatoriga 8 megapiksellik ultrakeng burchakli va 64MP asosiy (yuqorigi qator), 5MP makro va 2MP sath linzalar (quyi qator) kiradi. Kameralardan pastda esa LED chirog‘i bor.

Orqa kamerasi sabab tekis yuzaga qo‘yib yon tomonlarini bossangiz, Redmi Note 9 Pro anchayin tebranadi. Ammo hozirgi ko‘pgina smartfonlarda xuddi shu muammo borligini inobatga olsak, Xiaomi'ni ayblashga haqqimiz yo‘q.

Plastikdan ishlangan yon tomonlar esa yaltiramaydigan («matovoye») qilib ishlangani sabab qurilma qo‘ldan sirpanib ketmaydi va o‘ziga dog‘ olmaydi. Smartfonning tepa tomonida infraqizil blaster joylashtirilgan bo‘lsa, pastda karnay, 3.5 mm audio tirqish, mikrofon va USB-C porti mavjud.

Chap yon tomonda uch tirqishlik uya bor bo‘lib, u yerga ikkita SIM karta va microSD xotira kartasi solinadi. O‘ng tomonga esa ovoz nazorati va quvvat tugmachalari qo‘yilgan. Quvvat tugmasiga barmoq izi skaneri ham o‘rnatilgan. Ushbu skaner har doim ishlab turadi va barmoq izini o‘ta tez o‘qiy oladi.

Redmi Note 9 Pro kichik smartfon emas, ammo ingichka qilib ishlangani uchun cho‘ntagingizga yaxshi o‘rnashadi. Qurilmaning korpus sifati yaxshi, P2i suv o‘tkazmaydigan qoplamasi esa yomg‘ir yoki suv sachrashidan (e’tibor bering, suv emas, suv sachrashi) smartfonni himoyalaydi (Redmi Note 9 Pro IP68 nominaliga ega emas — suv va changdan himoyalanmagan).

Devaysning yon tomonlari plastikdan ishlangani bois uni qo‘lda ushlashda muammo bo‘lmaydi va g‘ilof taqishga hojat yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, qadoq tarkibida silikon himoya g‘ilofi mavjud.

O‘QING: Poco M2 Pro taqdim qilindi, lekin u original smartfon emas!

Xulosa

9.2балл

Дисплей

Аккумулятор

Камера

Самарадорлик

Нарх

Qaerdan sotib olish mumkin?

Radius 2 447 000 сўм (64GB) Sotib olish
Mediapark 2 421 000 сўм (64GB) Sotib olish
Olcha 2 686 000 сўм (64GB) Sotib olish
Asaxiy 2 499 000 сўм Sotib olish
Openshop 3 705 000 сўм (64GB; 6 ойга бўлиб тўлаш) Sotib olish

 Afzalligi

  • Gorilla Glass'га эга чиройли корпус
  • Сув сачрашидан ҳимоя
  • Катта ва ёрқин LCD экран
  • HDR10
  • Юқори даражадаги аккумулятор автономлиги
  • Тезкор қувватлас
  • Тоифаси доирасида максимал самарадорлик
  • Тоифаси доирасида яхши фото ва видео сифати
  • Энг сўнгги Android ва MIUI
  • NFC

 Kamchiligi

  • Арзонроқ нарх учун realme 90Hz дисплейли смартфон таклиф қилади
  • Селфи камера тирқиши атрофидаги экран ёруғлиги бир текис эмас