TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (3-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (3-qism)

Xiaomi Redmi Note 9 Pro smartfonining tavsifi davom etadi. Ilgariroq smartfonning texnik jihatlari, qadoq tarkibi hamda dizayn va qurilmaviy sifatiga to‘xtalib o‘tgan edik. Endi navbat laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi va zaryadlash hamda karnay sifatiga keldi.

Displey
Ilgari ham aytilganidek, Redmi Note 9 Pro 6.67" IPS LCD displeyga ega. Ekranning yuqori tomonida aylanasimon kamera tiriqishi mavjud. Ekran rezolyusiyasi 1080p'ga teng bo‘lib, bu 2,400x1,800 pikselni tashkil qiladi. Piksel zichligi dyuymga 395 piksel. Tomonlar nisbati esa 20:9. Gorilla Glass 5 shishasi ekranni himoyalab turadi. Aylanasimon tirqish atrofidagi hudud yorug‘ligi bir tekis emas, bu yorqin fonda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu kamchilik smartfonni ishlatayotganingizda e’tiboringizni ko‘p o‘ziga tortadi. Ayni muammo LCD panellarning OLED panellariga nisbatan katta kamchiligidir.

Smartfon displeyi HDR10'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa YouTube'dan 1080p kattalikdagi HDR videolarni tomosha qilsangiz bo‘ladi, deganidir. Ammo HDR10'ning faqat Wuidevine L3 DRM darajasi, ya’ni eng quyi ko‘rinishi qo‘llab-quvvatlanadi va Netflix kabi striming xizmatlaridan foydalansangiz, faqat standart tiniqlikdagi kontentni tomosha qilish imkoni mavjud bo‘ladi xolos.

Xiaomi o‘zining Redmi Note 9 Pro smartfoni ekrani 1500:1 kontrast nisbatiga ega bo‘lishini aytgan edi, ammo sinovlar jarayonida asl natija bunday biroz kam — 1300:1 nisbat bo‘lib chiqdi. Ekranning maksimal yorug‘lik darajasi 460 nit atrofida bo‘lsa, to‘q ranglar darajasi qoniqarli darajada to‘yingan — 0.35. Avtomatik yorug‘lik rejimi yoqilganida esa ekran yanada yorqinlashadi. Bunda yorqinlik darajasi, atrof yorug‘lik darajasi yuqori bo‘lsa, 616 nitgacha ko‘tarlishi mumkin.

Oq rangning sinovlar paytida qayd qilingan eng quyi yorug‘lik darajasi 1.2 nitga teng bo‘ldi. Bu esa qorong‘i paytda smartfondan matn o‘qish uchun eng maqbul ko‘rsatkichdir.

 
100% yorug‘lik
 
 
Displey sinovi Qora, kadeta/metr² Oq, kadeta/metr² Kontrast nisbati
Xiaomi Redmi Note 9 Pro 0.355 456 1285:1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro (Maks. avto.) 0.487 616 1265:1
Xiaomi Redmi Note 8 Pro 0.347 560 1326:1
Xiaomi Redmi Note 8 Pro (Maks. avto.) 0.486 640 1317:1
Xiaomi Redmi Note 8T 0.331 450 1360:1
Xiaomi Redmi Note 8T (Maks. avto.) 0.453 600 1325:1
Xiaomi Redmi Note 9S 0.303 421 1389:1
Xiaomi Redmi Note 9S (Maks. avto.) 0.42 575 1369:1
Samsung Galaxy A51 0 413
Samsung Galaxy A51 (Maks. avto.) 0 636
realme 6 0.343 451 1315:1
realme 6i 0.328 528 1610:1
realme 6 Pro 0.318 421 1324:1
Huawei P40 Lite 0.425 461 1085:1
Huawei P40 Lite (Maks. avto.) 0.501 515 1028:1

Redmi Note 9 Pro smartfoni ekrani uch xil Kontrast sozlamalariga ega. Avtomatik kontrast yoqilganida ekran sRGB ranglar palitrasini to‘g‘ri ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Sinovlarda kuzatilgan deltaE darajasi o‘rtacha 6.1 bo‘ldi. Faqatgina mana shu rejimda rangning to‘yinganlik darajasini (standart, iliq, och) tanlash imkoni bor. Yuqorida aytilgan deltaE 6.1 ko‘rsatkichi standart daraja yoqilganda qayd qilingan. Iliq darajani tanlash ko‘k rangni sezilarli darajada kamaytiradi hamda deltaE darajasi 4.9 ga tushadi.

Standart Kontrast paramteri yoqilganda sRGB ranglar palitrasi o‘ta aniq darajada namoyish qilinadi va ushbu parmater bilan sinovlarda kuzatilgan deltaE ranglarning to‘g‘ri ko‘rsatilish darajasi 2.2 bo‘ldi.

Akkumulyator avtonomligi va zaryadlash

Redmi Note 9 Pro'ga quvvatni 5,020 mA/soat sig‘imga ega litiy ionli akkumulyatori ta’minlab turadi. Akkumulyator 30 vattda tezkor quvvat oladi va qadoq tarkibiga 30 vattlik quvvatlagich kiritilgan. Smartfon 0% dan 80% quvvat olishi olishi uchun 30 daqiqa kifoya.

O‘tkazilgan akkumulyator sinovlarida qurilma juda yuqori — 123 soat avtonomlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Smartfon akkumulyatori ovozli qo‘ng‘iroq, video tomoshasi va veb-brauzinglarda o‘z kuchini ko‘rsatdi.

Karnay
Redmi Note 9 Pro karnayi (kalonkasi) ning o‘ziga xos ajralib turuvchi jihatini ko‘rmadik. Karnay smartfonning pastki tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib, asosan, balandroq o‘rta tonlarga moslab sozlangan. Yettita musiqa bilan o‘tkazilgan sinovlarda karnay balandligi o‘rtacha darajada ekanligi aniqlandi. Quyi chastotali tovushlar borasida muammo bo‘lsa-da, vokallar ancha tiniq eshitiladi.

O‘QING: Qarshi oling: Redmi 9 Prime ham namoyish qilindi! Lekin...

Xulosa

9.2балл

Дисплей

Аккумулятор

Камера

Самарадорлик

Нарх

Qaerdan sotib olish mumkin?

Radius 2 447 000 сўм (64GB) Sotib olish
Mediapark 2 421 000 сўм (64GB) Sotib olish
Olcha 2 686 000 сўм (64GB) Sotib olish
Asaxiy 2 499 000 сўм Sotib olish
Openshop 3 705 000 сўм (64GB; 6 ойга бўлиб тўлаш) Sotib olish

 Afzalligi

  • Gorilla Glass'га эга чиройли корпус
  • Сув сачрашидан ҳимоя
  • Катта ва ёрқин LCD экран
  • HDR10
  • Юқори даражадаги аккумулятор автономлиги
  • Тезкор қувватлас
  • Тоифаси доирасида максимал самарадорлик
  • Тоифаси доирасида яхши фото ва видео сифати
  • Энг сўнгги Android ва MIUI
  • NFC

 Kamchiligi

  • Арзонроқ нарх учун realme 90Hz дисплейли смартфон таклиф қилади
  • Селфи камера тирқиши атрофидаги экран ёруғлиги бир текис эмас
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.