TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (4-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (4-qism)

Xiaomi Redmi Note 9 Pro tavsifiga bag‘ishlangan maqolalarimiz davom etadi. Ilgariroq, qurilmaning texnik jihatlari va qadoq tarkibi, dizayni va qurilmaviy sifati hamda laboratoriya sinovlari haqida to‘xtalib o‘tgan edik. Endi navbat smartfon samaradorligi va dasturiy ta’minotiga keldi.

Smartfon qadoqdanoq MIUI 11'ning eng so‘nggi versiyasida ishlaydi. Ushbu qobiq dasturi Android 10 operatsion tizimi asosiga qurilgan.

Ekran qulfi yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri bilan ochiladi. Skaner joylashuvi qulay va ishlashi ham tez. Aniqlik darajasi a’lo darajada. Bu borada muammoga duch kelmaysiz.

Redmi Note 9 Pro Qora rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Rejim yoqilishi bilan barcha tizim ranglari oqdan qoraga o‘zgaradi. MIUI 11 takomillashtirilgani bois Qora fon endi yanada ko‘proq ilovalarda mavjud bo‘ladi. Ilovalar ikonkasi va rangi ham Qora fonga mos qilib qayta ishlangan.

MIUI 11 tabiat bildirishnomalari deb ataluvchi tizimga ham ega bo‘lib, bildirishnoma va budulniklar kunning ma’lum bir qismiga qarab boshqacha tovushda chalinadi.

MIUI 11'da ilovlar menyusi mavjud emas. Barcha dasturlar shunchaki Uy ekranida joylashgan, lekin ularni jildlarga birlashtirib qo‘yishingiz mumkin. MIUI'ning ba’zi versiyalarida ilovalar menyusini yoqib qo‘yish funksiyasi bor, lekin biz ishlatgan global ROMda bunday imkoniyat mavjud emas ekan.

Quyida Redmi Note 9 Pro'ning standart Uy ekrani ko‘rinishlari bilan tanishishingiz mumkin. Yuqori o‘ng tomonda ob-havo ma’lumoti vidjeti joylashgan, chap tomonda esa soat vidjeti bor.

Xiaomi MIUI 11'da minimallikka urg‘u bergan. Buni, ayniqsa, Sozlamalar ilovasida ko‘rish mumkin.

Yaqinda ochilgan ilovalar oynasi esa o‘zgarmagan. Ochilgan ilovalarning barchasi ikkita ustun shaklida ko‘rsatiladi. Istalgan ilova ustiga bosib tursangiz, bo‘lingan ekran oynasini faollashtirish mumkin bo‘ladi. Ilovani o‘ng yoki chapga surish bilan uni yopasiz.

Agar turli mavzularni yoqtirsangiz, Redmi Note 9 Pro'da ulardan birini tanlash imkoni borligidan xursand bo‘lasiz.

Smartfonda Xavfsizlik ilovasi ham mavjud. Ushbu dastur bilan smartfonni viruslarga qarshi skaner qilish, qora ro‘yxatni boshqarish, mobil internetni taqiqlash yoki chegaralash, akkumulyator quvvat sarfini konfiguratsiyalash hamda tezkor xotirani keshdan tozalash mumkin. Ilova orqali, shuningdek, o‘rnatilgan dasturlarga berilgan ruxsatlarni nazorat qilish hamda tanlangan ilovalar uchun quvvat sarfini belgilash mumkin bo‘ladi. Shunda, faqat tanlangan ilovalar uchun quvvat sarfi chegaralanadi.

MIUI qobig‘i tarkibida yana Xiaomi'ning Galereya, Musiqa va Video pleyer ilovalari ham bor. Ba’zi mintaqalarda musiqa va video ilovalariga pullik striming xizmatlardan foydalanish funksiyasi ham kiritilgan bo‘ladi. FM radio ilovasi ham bor.

Fayllarni ko‘rish uchun yangi ilova ham bor bo‘lib, dastur barcha ommabop fayl formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va hujjatlarni smartfonda ko‘rish amaliyotini osonlashtiradi.

Yangicha Qaydlar ilovasi ham dasturiy ta’minot tarkibiga qo‘shilgan va ilovada Vazifalar funksiyasi ham bor.

Ba’zi bozorlarda, Xiaomi'ning avvaldan o‘rnatilgan ilovalarida reklamalar ko‘rsatiladi. Bu kompaniya smartfonlari narxi nisbatan arzon ekanligiga kompensatsiya sifatida amalga oshiriladi. Biz Redmi Note 9 Pro'ning global versiyani ishlatib ko‘rdik va bunda reklamalar umuman chiqmadi.

Samaradorlik va benchmarklar

Redmi Note 9 Pro xuddi Redmi Note 9S va realme 6 Pro'lar kabi Snapdragon 720G chipida ishlaydi. Ushbu chip sakkiz yadroli CPU'ga ega. CPU konfiguratsiyasi quyidagicha: 2+6 — 2x2.3GHz Kryo 465 Gold (Cortex-A76 asosidagi) yadrolar va 6x1.8GHz Kryo 465 Silver (Cortex-A55 asosidagi) yadrolar. Grafik protsessori esa Adreno 618 bo‘lib, Snapdragon 730'ga ham xuddi shu GPU qo‘yilgan.

Redmi Note 9 Pro 6 GB tezkor xotiraga ega. Doimiy xotira sig‘imi esa 64 GB yoki 128 GB bo‘ladi. Snapdraagon 720G chipi 8 nanometrlik jarayon asosiga qurilgan bo‘lib, bu hozirda mavjud eng samarador jarayonlardandir.

Bir necha benchmark sinovlaridan o‘tkazib ko‘rilganida CPU o‘zining yuqori darajada kuchli ekanligini ko‘rsatdi. Kirin 810 chipi biroz kuchliroq, lekin hozirda u Google paketiga ega bo‘lmagan faqat bir necha smartfonga qo‘yilgan xolos. AnTuTu testida Redmi Note 9 Pro realme 6 bilan bir xil darajada ekani ma’lum bo‘ldi. Huawei'ning Kirin 810 chipi esa biroz kuchliroq ekanini isbotladi.

Arzon narxini inobatga olsak, Redmi Note 9 Pro narxiga arzirli qurilma. Qator testlarda bu ayon bo‘ldi. Hattoki o‘yin amaliyoti ham smartfonda silliq kechadi.

O‘QING: Poco M2 Pro taqdim qilindi, lekin u original smartfon emas! 

Xulosa

9.2балл

Дисплей

Аккумулятор

Камера

Самарадорлик

Нарх

Qaerdan sotib olish mumkin?

Radius 2 447 000 сўм (64GB) Sotib olish
Mediapark 2 421 000 сўм (64GB) Sotib olish
Olcha 2 686 000 сўм (64GB) Sotib olish
Asaxiy 2 499 000 сўм Sotib olish
Openshop 3 705 000 сўм (64GB; 6 ойга бўлиб тўлаш) Sotib olish

 Afzalligi

  • Gorilla Glass'га эга чиройли корпус
  • Сув сачрашидан ҳимоя
  • Катта ва ёрқин LCD экран
  • HDR10
  • Юқори даражадаги аккумулятор автономлиги
  • Тезкор қувватлас
  • Тоифаси доирасида максимал самарадорлик
  • Тоифаси доирасида яхши фото ва видео сифати
  • Энг сўнгги Android ва MIUI
  • NFC

 Kamchiligi

  • Арзонроқ нарх учун realme 90Hz дисплейли смартфон таклиф қилади
  • Селфи камера тирқиши атрофидаги экран ёруғлиги бир текис эмас
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!