Terminal va bankomatlarda endi UZCARD va HUMO kartalari bir xilda o‘tadigan bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  425
  •  14.04.2021 09:18

Terminal va bankomatlarda endi UZCARD va HUMO kartalari bir xilda o‘tadigan bo‘ladi!

HUMO va UZCARD kartalari o‘zaro integratsiyalanib, ushbu karta egalari ikkala to‘lov tizimining bankomatlari va terminallaridan foydalanishlari mumkin bo‘lishi haqida xabar bergan edik. To‘lov tizimlari hamkorlik shartnomasini imzoladilar, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: IIV va UZCARD ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

2021 yil oxiriga qadar terminallar ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Hujjat O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishga hissa qo‘shadigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

UZCARD va HUMO o‘rtasidagi hamkorlik moliyaviy xizmatlarni fuqarolar uchun qulayroq va arzonroq qilish, shuningdek, mamlakatning chekka hududlarida ham aholining moliyaviy savodxonligini rivojlantirish va yaxshilashga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, kompaniyalarni yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga, to‘lov biznesini rivojlantirishga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga undaydi. Bundan tashqari, bu halol raqobatni rivojlantirishga va moliyaviy texnologiyalar bozorida yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishiga yordam beradi, — deya izoh berdi UZCARD bosh direktori Farrux Ziyayev.

Shuningdek, to‘lov tizimlarining kooperatsiyasi bozor talablariga tezroq javob berishga va innovatsion yechimlarni yanada samarali amalga oshirishga imkon beradi.

O‘QING: SMS-xabar yoki @HUMOcardbot orqali xabar olishni o‘zingiz tanlaysiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!