«Terminator»dagi robotning bosh suyagi qo‘shilgan Xbox One X chiqdi, uni siz ham tekinga olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  1069
  •  05.11.2019 09:47

«Terminator»dagi robotning bosh suyagi qo‘shilgan Xbox One X chiqdi, uni siz ham tekinga olishingiz mumkin!

Microsoft korporatsiyasi o‘zining Xbox One X o‘yin konsolining «Terminator: Qora qismat» filmi premerasiga bag‘ishlangan versiyasini namoyish qildi. Mazkur gadjetni Paramount Pictures bilan hamkorlikda ishlab chiqishgan.

O‘QING: Redmi eng ommabop smartfonining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshladi!

«Terminator: Qora qismat» mavzusidagi Xbox One X cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan va sotuvga qo‘yilmaydi. Yangi konsol o‘ziga xos dizaynga ega: uning yuqori qopqog‘ida filmdagi Rev-9 kiborgining bosh suyagi relefli tarzda tushirilgan. Pristavka yoqilganida robotning qizil ko‘zi ham yonib turadi. Konsolning boshqaruv kontrollerlari ham shu uslubda ishlangan.

Konsol boshqa jihatlariga ko‘ra qolgan Xbox One X modellaridan farq qilmaydi.

O‘QING: Xuddi Terminatordagidek: xitoylik olimlar suyuq robot yaratishdi

Uni Twitter’dagi yutuqli o‘yinda qatnashibgina qo‘lga kiritish mumkin.

Uni yutib olish uchun 15 noyabrgacha ushbu postni layklash, retvit qilish va izohlash kerak. Izohlarda #DarkFateXGears5Sweepstakes heshtegini qo‘llagan holda, odamlar yoki mashinalar uchun ovoz berishingizni yozishingiz talab etiladi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli o‘yin pristavkalarini 2 870 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.