«Teshik» ekranli Galaxy A8s savdoga chiqdi – narxi bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  10345
  •  21.12.2018 12:31

«Teshik» ekranli Galaxy A8s savdoga chiqdi – narxi bilan tanishing!

Samsung kompaniyasi displeyi «tirqish»li Galaxy A8s smartfonini o‘n kun avval namoyish etgandi. Ammo taqdimot marosimida janubiy koreyaliklar bu modelning narxini aytishmagandi.

O‘QING: Nihoyat, Infinity-O displeyli ilk smartfon – Galaxy A8s ham taqdim qilindi: uch modulli kamera va Snapdragon 710 chipli!

Bugun – 2018 yilning 21 dekabr kuni ushbu smartfonning Xitoydagi narxi e’lon qilindi. Bugina emas, mashhur jd.com internet-saytida Samsung Galaxy A8s uchun oldindan buyurtma ola boshladi.

Narxlariga kelsak, tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik Galaxy A8s uchun 435 dollar so‘ralmoqda. Buyurtmachilarga xaridlarni yetkazib berish 31 dekabrdan boshlanadi. Mazkur smartfon ko‘k, qora va kumushrang korpuslarda taklif etiladi.

Keyinroq Samsung Galaxy A8s’ning 8/128 GB xotirali versiyasi ham chiqadi, lekin uning narxi hozircha noma’lum. Bugungi kungacha dunyo bozoriga taqdim etilgan Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!