«Teshik» romsiz ekranga va uch modulli kameraga ega Lenovo Z5s taqdimoti keyinga surildi – kompaniya «kattalarga yo‘l berdi»

  •   DiMaX
  •  833
  •  07.12.2018 17:54

«Teshik» romsiz ekranga va uch modulli kameraga ega Lenovo Z5s taqdimoti keyinga surildi – kompaniya «kattalarga yo‘l berdi»

Lenovo kompaniyasi displeyida old kamera uchun «tirqish» ochilgan Z5s smartfonini 6 dekabrda taqdim etishi aytilgan edi. Ammo bu sana yetib kelgach, qurilmaning boshqa kun namoyish etilishi ma’lum qilindi.

O‘QING: Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4’dan ham avval: «teshik» displeyli Lenovo Z5S’ni «jonli» video va rasmda ko‘ring!

Umuman olganda, dastlab Samsung o‘zining Galaxy A8s modelida old kamera uchun ekranda «tirqish» ochayotganini e’lon qilgandi. Ammo «tirqish»li displeyga ega ilk smartfonni taqdim etayotganini birinchi bo‘lib Huawei rasman e’lon qilgan, tag‘in boshqalardan «bir qadam oldinda» ekanini aytib maqtangan ham edi. Shunday bo‘lsa-da, janubiy koreyalik kompaniya «otni qamchilab» qoldi...

Nima bo‘lganda ham, Lenovo Z5S modelining 18 dekabrda rasman namoyish etilishini kompaniya rasmiy tizerlar orqali e’lon qildi:

Har ikkala reklama tizerida ham smartfonning asosiy kamerasi uch modulli ekanligiga urg‘u berilgan. Ularning joylashuvi borasida esa Huawei P20 Pro flagmanidan nusxa olib qo‘yaverishgan. Bundan tashqari, Lenovo Z5S orqa panelining gradiyent tusga ega ekanini ham payqash mumkin.

O‘QING: Nihoyat, «teshik» ekranli ilk smartfon taqdimot sanasini rasman aytishdi!

Smartfonning old panelidagi e’tiborni tortuvchi asosiy detali – selfi-kamera uchun ekranning o‘zida «teshik» ochilganidir. Ammo koreyalik va xitoylik gigantlarning Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4 modellaridan farqli ravishda, Lenovo Z5S displeyidagi «tirqish» burchakda emas, balki qoq o‘rtada joylashadi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu uchala modeldan birortasi ham O‘zbekiston bozoriga rasman yetib kelishini kutmay qo‘yaveramiz – ular «Osmon osti saltanati»ga mo‘ljallangan. Lekin Terashop.uz internet-do‘konimizdan Samsung kompaniyasining ayrim smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish, Huawei’ning bir qator «aqlli» telefonlarini 890 000 so‘mdan boshlangan baholarda xarid qilish mumkin. Bulardan tashqari, eng xaridorgir brendlardan bo‘lmish «xitoycha Apple» telefonlari ham savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.