Tesla aksiyalari qimmatlashib, Ilon Mask ilk bor milliarderlar TOP-o‘ntaligiga kirdi!

  •   DiMaX
  •  913
  •  17.07.2020 16:37

Tesla aksiyalari qimmatlashib, Ilon Mask ilk bor milliarderlar TOP-o‘ntaligiga kirdi!

Taniqli tadbirkor Ilon Mask yaqinda boylar reytingida Uorren Baffetni ortda qoldirgan edi. Bu esa asosan uning Tesla kompaniyasi kapitallashuvining o‘sishi bilan bog‘liq.

O‘QING: Tesla’da maoshsiz ishlab kelayotgan Ilon Mask undan ilk bor mukofot oldi

Real vaqt rejimida yangilanib turuvchi Forbes reytingiga ko‘ra, kecha – 16 iyul kuni Ilon Mask tarixda ilk bor sayyoraning eng boy o‘nta kishisi qatoriga kirgan. Tesla hamda SpaceX asoschisining sarmoyasi o‘shanda 70,8 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, ayni damda (17 iyul, soat 16:30) sal kamaygan – 69,1 milliard dollar bilan 9-o‘rin:

Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, bunda Tesla aksiyalarining narxi oshib borayotgani katta rol o‘ynamoqda. May oyidan to iyulning o‘rtasigacha bu kompaniya aksiyalari narxi ikki baravarga ko‘tarilgan. Ilon Mask esa mazkur tashkilot aksiyalarining beshdan bir qismiga egalik qiladi.

O‘QING: Butun Yer yuziga internet tarqatuvchi Starlink saytidagi arizangizda endi manzilingizni ham ko‘rsata olasiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!