Tesla Apple qila olmagan ishni qildi!

Tesla Apple qila olmagan ishni qildi!

Apple kompaniyasi 2017-yilda AirPower nomli o'zining simsiz zaryadlash platformasini taqdim qilgan edi. U bir vaqtning o'zida uchta qurilmani zaryad qilish uchun mo'ljallangan bo'lgan. Afsuski, 2018-yilda chiqarilishi kerak bo'lgan qurilma 2019-yilga kelib, hali bozorga chiqmasdan bekor qilingan. Biroq, bugunga kelib Tesla xuddi shunday g'oyaga asoslangan simsiz zaryadlash paltforamasini taqdim qildi.

Ilon Maskning Tesla kompaniyasi bir vaqtning o'zida uchtagacha qurilmalarni (har biri uchun) 15 Vt tezlikda zaryadlay oladigan Simsiz Zaryadlash Platformasini sotuvga chiqardi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, qurilmaning burchakli dizayni va metall stili - korpus aslida alyuminiydan yasalgan - Cybertruck'dan ilhomlanib yaratilgan. Uning qurilmalar zaryadlash uchun qo'yiladigan yuzaki qismi esa zamshga o'xshash alkantara materialidan tayyorlangan.

Aytish kerakki, Tesla simsiz zaryadlash platformasi FreePower texnologiyasiga asoslangan, ya'ni siz Qi simsiz zaryaladlanishni qo'llab-quvvatlaydigan qurilmalaringizni platformaning istalgan joyiga qo'yish bilan zaryadlay olasiz yoxud qurilmalarni zaryadlash uchun aniq joyga qo'yish talab qilinmaydi.

Tesla Simsiz Zaryadlash Platformasi uchun allaqachon buyurtma berish boshlangan. Zaryadlovchi quti ichida uni tekis yoki qiya yotgan holda ushlash imkonini beradigan magnit tirgak bilan USB-C kabel va 65 vattlik quvvat adapteri bilan keladi. Uning narxi 300 dollar bo'lib, uni yetkazib berish 2023-yilning fevral oyidan boshlanadi.

O'QING: Galaxy S23 seriyasining ilk taxminiy taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!