Tesla atigi yarim soniya uchun $2000 so‘rayapti!

  •   DiMaX
  •  1376
  •  28.09.2020 17:55

Tesla atigi yarim soniya uchun $2000 so‘rayapti!

Ko‘pincha Tesla kompaniyasini «avtomobilsozlik olamidagi Apple» deb atashadi va bu bejiz emas. Ularning biznesga yondashuvi ko‘p jihatdan o‘zaro o‘xshab ketadi va elektrokar ishlab chiqaruvchi buni yana bir bor isbotladi.

O‘QING: Qarshi oling: Cyberphone – elektromobil bilan iPhone chatishmasi! (+video)

Ilon Mask kompaniyasining Tesla Model Y Dual Motor AWD rusumli elektrokari turgan joyidan tezligini 100 km/soatga yetkazish uchun 4,8 soniyagina vaqt sarflaydi. Tesla shu kunlarda bu mashina uchun Acceleration Boost nomli yangi opsiyaga ega proshivka chiqardi. Uni o‘rnatib olgach, mazkur ko‘rsatkichni 4,3 soniyaga tushirishga erishiladi.

Lekin shunisi borki, mana shu kichik tezlanish uchun Tesla ko‘p ham emas, oz ham emas – ikki ming AQSh dollari miqdorida to‘lov belgilagan! Ishtahasi chakki emas-a?

Aslida esa vaziyat yanada qiziq: Tesla Model Y Dual Motor AWD modelida shu imkoniyatlar o‘zi avvaldan mavjud. Biroq ishlab chiqaruvchi ularni dasturiy ta’minot darajasida cheklab qo‘ygan. Ikki ming dollarlik yangi opsiya esa shu cheklovni olib tashlashdan iborat, xolos.

O‘QING: Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!