Tesla avtopiloti kamikadzelik qilib, salondagi ikki kishini ham yondirib o‘ldirdi

  •   DiMaX
  •  918
  •  19.04.2021 17:12

Tesla avtopiloti kamikadzelik qilib, salondagi ikki kishini ham yondirib o‘ldirdi

Biz avvalroq Tesla Model 3 elektrokari o‘z-o‘zidan tezligini oshirib, haydovchini ham portlatib yuborgani haqida yozgan edik. O‘tgan shanba – 17 aprel kuni Xyustonda (AQSh) shunga o‘xshash yana bir avtohalokat yuz bergan.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

2019 yilgi Tesla Model S elektromobili avtopilot rejimida harakatlanib ketayotib, daraxtga borib urilgan. Portlashdan yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirgach, uning ichida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgani aniqlangan. Ularning biri old qatordagi yo‘lovchi o‘rindig‘ida, ikkinchisi esa salonning orqa qismidagi divanda ketayotgan ekan. Ya’ni, elektrokar rulida hech kim bo‘lmagan – u Tesla avtopiloti boshqaruvi ostida bo‘lgan.

Tesla ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan; aytish kerakki, keyingi paytlarda mazkur kompaniya elektromobillarida bu kabi holatlar ko‘proq uchramoqda. Hozir ishlab chiqaruvchi o‘z mashinalarida yarim avtomatik boshqaruv tizimini qo‘llamoqda. Shu bilan birga, to‘liq avtomatik haydash tizimini ko‘p sonli mijozlar uchun joriy etuvchi yangilangan dasturiy ta’minotni tarqatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ilon Mask yanvar oyida, bu yil kompaniya avtomobillari mustaqil tarzda hattoki haydovchi boshqarganidan ham xavfsizroq yura oladigan bo‘lishini aytib maqtangan edi. Lekin faktlar buning aksini ko‘rsatmoqda.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!