Tesla bir yillik elektrokar savdosidan ko‘ra bir oyda bitkoinda ko‘proq daromad oldi!

  •   DiMaX
  •  772
  •  22.02.2021 09:51

Tesla bir yillik elektrokar savdosidan ko‘ra bir oyda bitkoinda ko‘proq daromad oldi!

Ilon Mask tashkil etgan elektromobil kompaniyasi shu yilning 31 yanvar kuni bitkoin uchun naq bir yarim milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgan edi. Shuningdek, u kelajakda o‘z elektrokarlariga kriptovalyuta bilan to‘lov qilish imkoniyatini ham yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini e’lon qilgan, natijada bitkoin narxi yana rekord darajaga ko‘tarilgan.

O‘QING: Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)

Oradan bir oy ham o‘tmasdan, Tesla kompaniyasi bitkoinga tikkan pullari ortidan katta daromad ko‘rdi. The Times nashri hisob-kitoblariga qaraganda, o‘sha yangilikdan buyon mazkur kriptovalyuta kursi 13 foizga ko‘tarilib, narxi 44 700 dollardan oshib ketgan. Hozir esa kurs allaqachon 57 ming dollardan ham o‘tib, 58 minglik ko‘rsatkichga qarab ketyapti – bunaqasi hali bo‘lgan emas!

Shunday qilib, agar Tesla hozir ham o‘sha paytda o‘zi aytganidek bir yarim milliard dollargik bitkoinga ega bo‘lsa, bu kriptopulning qiymatiga allaqachon yana 930 million dollar qo‘shilib ulgurdi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, butun boshli 2020 yil mobaynida bu kompaniyaning elektrokar sotishdan topgan daromadi «atigi» 721 million dollarni tashkil etadi.

To‘g‘ri, bu daromad hozircha «faqat qog‘ozda», chunki kompaniya o‘z bitkoinlarini sotganicha yo‘q. Lekin baribir, kriptovalyuta kursi o‘sha – yanvarning oxiridagi ko‘rsatkichga tushmasa kerak va Tesla o‘z bitkoinlarini qachon sotsa ham, bundan faqat yutadi.

O‘QING: Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!