Tesla birdaniga ikkita yangi modelda hamyonbop avtomobil chiqaradi

  •   DiMaX
  •  931
  •  29.09.2020 16:09

Tesla birdaniga ikkita yangi modelda hamyonbop avtomobil chiqaradi

Amerikaning Tesla Motors shirkati ikkita nisbatan byudjet modellarni ishlab chiqadi, ulardan biri Xitoy bozori uchun, ikkinchisi esa maxsus Yevropa uchun yaratiladi. Bu haqda Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

O‘QING: Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

ARKinvest innovatsion kompaniyasi bosh ijrochi direktori Keti Vudning aytishicha, Tesla'ning ba’zi aksiyadorlari Mask Model 3 elektromobilining narxini 25000 dollarga tushirmoqchi ekanligiga ishonmoqda. Shuning uchun, ushbu yangilik e’lon qilingandan so‘ng, Tesla aksiyalari keskin pasayishni boshladi. Biroq, Ilon Mask o‘zini noto‘g‘ri tushunganlarini bildirdi.

«Biz Model 3 narxini 25 ming dollarga tushirmayapmiz. Men kelajakdagi Model 3’dan kichikroq bo‘ladigan avtomobil haqida gapiryapman», – deb javob berdi Mask.

Ishlab chiqauvchining ta’kidlashicha, Berlin va Shanxay fabrikalari ikki xil turdagi elektr transport vositalarini ishlab chiqaradi. Ya’ni, Tesla Cybertruck va Roadster-2’dan tashqari, birdaniga ikkita yangi yo‘lovchi avtouloviga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Tesla rahbari yaqin uch yil ichida kompaniya qiymati 25 ming dollardan oshmaydigan arzon elektromobilni chiqarishini aytgandi. Batareyalar narxining sezilarli pasayishi tufayli bu imkoni bor.

Avvalroq Mask sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Xitoydan olib kiradigan ehtiyot qismlarga nisbatan 25 foiz bojlarni bekor qilishni talab qilgandi.

O‘QING: Tesla atigi yarim soniya uchun $2000 so‘rayapti!