Tesla «damini olsin!» – Mercedes-Benz rekordchi elektromobilni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  6930
  •  09.10.2020 14:04

Tesla «damini olsin!» – Mercedes-Benz rekordchi elektromobilni e’lon qildi

Elektrokarlar olamida Tesla yetakchisi va keng ommalashgani bo‘lsa-da, ayrimlar ba’zan unikidan ham yaxshi modellar chiqarishadi. Masalan, yaqinda Lucid Air elektromobili Ilon Mask kompaniyasining barcha rekordlarini bir pul qilgan edi.

O‘QING: Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

Endi esa Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining yangi – Vision EQXX rusumli elektrokarining tizerini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur mashina akkumulyatorining bitta to‘la quvvati bilan 1200 kilometrdan ortiq yo‘l bosa oladi.

Aniqrog‘i – Mercedes-Benz rasmiy da’vosiga ko‘ra, Vision EQXX konsept-kari avtonomligi Pekindan to Shanxaygacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga yetadi. Bu ikki shahar orasidagi masofa esa 1205 kilometrga teng. Aytish kerakki, bunaqa ko‘rsatkich hattoki ichki yonuv dvigateliga hamda katta yonilg‘i bakiga ega bo‘lgan avtomobillarda ham yo‘q!

O‘QING: Hokimning o‘g‘li 150 km/soat tezlikda avtomobil haydab, TikTok’da jarimalari bilan maqtandi (video)

Mercedes-Benz ushbu elektromobilining texnik xususiyatlarini hamda unda qo‘llanayotgan texnologiyalarni oshkor qilmagan. Ma’lum bo‘lgani shuki, kompaniya bunda batareyaning tok sig‘imini oshirish yo‘lini emas, balki quvvat tejash texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan elektrokar yurish zaxirasini oshirmoqda.

Kompaniyaning tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limi boshlig‘i Markus Shafer bu haqda shunday degan:

«Biz shu paytgacha dunyoga ma’lum bo‘lgan eng uzoqqa yura oluvchi va eng samarali elektromobil yaratishdek ekstraordinar vazifani o‘z zimmamizga olish uchun muhandislarimiz guruhini yig‘dik».

Rekordchi bo‘lishi kutilayotgan Vision EQXX elektrokaridan tashqari, Mercedes-Benz yaqin orada EQ seriyasida birdaniga oltita modelda yangi avtomobil taqdim etmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, ularning bitta quvvat bilan yuirsh masofasi 700 kilometrgacha boradi.

O‘QING: Tesla eng arzon va to‘liq avtonom elektromobilini e’lon qildi!